Academic Research in Educational Sciences volume 3


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 488,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix05.06.2022
ölçüsü488,18 Kb.
#60695
1   2   3   4   5   6   7   8
kompetensiyaviy-yondashuvga-asoslangan-ta-limning-asosiy-jihatlari

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
 
Respublikamizda xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1072 www.ares.uz 
yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus 
amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o’rta ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga 
asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan o’quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim 
sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari 
yaratildi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor 
yo’nalishi 
bo’yicha 
Harakatlar 
strategiyasida 
ijtimoiy 
sohani 
rivojlantirishning ustuvor yo’nalishida umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, 
talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish vazifalari belgilib 
berilgan. Bu ta’lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta’minlash, ularni o’zlashtirib 
borishning maqbul yechimlarini topish va joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi[1]. 
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarni o’zlashtirilgan 
axborotlarni o’quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida 
qo’llay olishga tayyorlashi bilan harakterlanadi. 
Maktab ta’limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish fanlardan 
elektron ta’lim resurslarini takomillashtirish, o’quvchilarning elektron manbalar bilan 
faol muloqotini ta’minlash, mustaqil ta’limini amalga oshirish va o’z-o’zini baholash, 
zaruriy ma’lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal 
etishda undan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Shu nuqtai nazardan ta’lim sifati ko’rsatkichlaridan biri kompetentlilik 
hisoblanadi. U faqatgina bilim va ko’nikmalar yig’indisi bo’libgina qolmay, 
o’quvchilarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va aniq vaziyatlarda tajribada 
qo’llay olishi bilan tavsiflanadi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’qitishning asosiy mohiyati kasbga 
yo’naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar 
tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy hayoti davomida, 
shuningdek, kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo’llay olish kompetensiyalarini 
shakllantirishga yo’naltirish sanaladi. O’quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini 
egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, 
eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi uchun zaruriy tayanch 
kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim[2]. 
O’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: 
tayanch 
kompetensiyalar; 
umumiy 
(predmetli) 
kompetensiyalar; 
xususiy 
kompetensiyalar.



Yüklə 488,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin