Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1072 www.ares.uz
yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga
olgan beshta tashabbus
amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o’rta ta’limning
kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan o’quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim
sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari
yaratildi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta
ustuvor
yo’nalishi
bo’yicha
Harakatlar
strategiyasida
ijtimoiy
sohani
rivojlantirishning ustuvor yo’nalishida umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish,
talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish
vazifalari belgilib
berilgan. Bu ta’lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta’minlash, ularni o’zlashtirib
borishning maqbul yechimlarini topish va joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi[1].
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarni o’zlashtirilgan
axborotlarni o’quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida
qo’llay olishga tayyorlashi bilan harakterlanadi.
Maktab ta’limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish fanlardan
elektron ta’lim resurslarini takomillashtirish, o’quvchilarning elektron manbalar bilan
faol muloqotini ta’minlash, mustaqil ta’limini amalga oshirish va o’z-o’zini baholash,
zaruriy ma’lumotni operativ izlab topish va yuzaga
kelayotgan muammolarni hal
etishda undan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Shu nuqtai nazardan ta’lim sifati ko’rsatkichlaridan biri kompetentlilik
hisoblanadi. U faqatgina bilim va ko’nikmalar yig’indisi bo’libgina qolmay,
o’quvchilarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va
aniq vaziyatlarda tajribada
qo’llay olishi bilan tavsiflanadi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’qitishning asosiy mohiyati kasbga
yo’naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar
tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy hayoti davomida,
shuningdek, kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo’llay olish kompetensiyalarini
shakllantirishga yo’naltirish sanaladi. O’quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy,
ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy
munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini
egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,
eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi uchun zaruriy tayanch
kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim[2].
O’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi:
tayanch
kompetensiyalar;
umumiy
(predmetli)
kompetensiyalar;
xususiy
kompetensiyalar.