Academic Research in Educational Sciences Volume 3



Yüklə 273,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix12.01.2023
ölçüsü273,46 Kb.
#79014
1   2   3   4
adabiy-tilning-boyishida-dialektizmlarning-o-rni

 
TADQIQOT VA MUHOKAMALAR 
Abdurauf Fitratning oʻzbek tilshunosligida muhim oʻrin tutgan xizmatlaridan 
biri uning til taraqqiyoti haqidagi qarashlaridir. Olim “Adabiyot qoidalari” nomli 
adabiyotshunoslikka bagʻishlangan asarida oʻzbek tili lugʻat boyligining taraqqiyoti 
masalasiga toʻxtalib oʻtib, shunday yozadi: “Uch yoʻl bilan tilimizga yangi soʻzlar 
kirgizishni talab etmasak, tilimizni boyishdan toʻxtatgan boʻlamiz. Bular, yangidan 
yasaymiz (uchgʻich), yotlardan olarmiz (elektrik), unutilib ketgan eski soʻzlarni 
yangidan kirgizarmiz (qurultoy)”. Olimning nazarida, milliy tilni 
rivojlantirishning asosiy omillaridan biri har bir tilning oʻz ichki 
imkoniyatlaridan kelib chiqib soʻz yasashdir. Fitratning bu 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-521-524 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
523
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
sohadagi qarashlari bugungi tilshunoslik qarashlari bilan aynan mos keladi. Hozirgi 
oʻzbek tilida ham lugʻat boyligini oshirishning samarali yoʻllaridan biri oʻzbek 
tilining oʻz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib soʻz yasash hisoblanadi. Fitratning 
oʻzi misol qilib keltirgan uchgʻich soʻzi ana shu asosda hosil qilingandir: uch (oʻzak, 
oʻzbekcha soʻz) + -gʻich (qoʻshimcha, oʻzbekcha qoʻshimcha), ularning birikishidan 
hosil boʻlgan hosila – uchgʻich. Tilning ichki imkoniyatidan kelib chiqib yasalgan 
bunday soʻzlar tilni boyitadi, shu bilan birga, uning sofligini, tozaligini taʼminlaydi. 
Fitrat tildagi yangi bir hodisani tilning oʻz ichki imkoniyati orqali ifodalash 
imkoni boʻlmasa, u holda boshqa til atamalarini qabul qilish kerakligini ham uqtiradi. 
Bunday olinma soʻzlar oʻzbek tili qonuniyatlariga toʻgʻri kelishi kerak. Shuning 
uchun ham olim “Tilimiz” sarlavhali maqolasida jonkuyarlik bilan shunday yozgan 
edi: “Hozirgi soʻzlarimizdagi arabcha, forsiychalardan bir nechasi uchun turkcha 
topilmaydur, desangiz toʻgʻridir. Biz ham unlarni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni 
olurmiz, lekin oʻzimizniki qilurmiz. Turkchalashtirurmiz”. 
Bu bilan olim olinma soʻzlarni oʻzbek tilining fonetik, morfologik, sintaktik 
qonuniyatlariga moslashtirishni ilgari suradi. Olinma soʻzlarning ayrimlarini til 
qonun-qoidalariga moslashtirish imkoni mavjudligi uchun ham Fitrat shunday 
xulosaga kelgan edi. U “qavoidi sarfiya“ birikmasini aynan shu tarzda olgan edi. Bu 
birikmaning birinchi soʻzi “qavoid” – qoida soʻzining koʻpligi boʻlsa, “sarfiya” esa 
morfologiyaga toʻgʻri keladi, soʻz birikmasi tarkibidagi birliklar arab tilining ichki 
qonuniyatlari asosida birikkan. Olim bu birikmani sarf qoidalari tarzida oladi va 
tilimizning milliy xususiyatlarini saqlashga, uning ichki qonuniyatlariga amal 
qilishga harakat qiladi. 
Tillarni taraqqiy qildirishning uchinchi yoʻli eski soʻzlarni “qayta tiriltirish”, 
yaʼni isteʼmolga kirgizishdir. Fitrat bu oʻrinda arxaik tarixda ishlatilgan soʻzlarni 
isteʼmolga kiritishni nazarda tutadi. Bu omil taraqqiyot taʼsirida unutilib ketgan 
soʻzlar bilan tilning boyishini taʼminlasa, ikkinchi tomondan nutqni osonlashtiradi va 
yot soʻz qabul qilishga ehtiyoj qoldirmaydi. Istiqlolga erishganimizdan soʻng qozi, 
hokim, tuman, viloyat singari qanchadan-qancha eskirgan kalom sifatida sobiq 
shoʻrolar davrida isteʼmoldan chiqarilgan soʻzlarga qayta hayot bagʻishlandi va 
bugungi kunda ular tilimizning keng isteʼmol qatlamiga kirib ulgurdi. 
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida shevadan soʻz olish ham tilning ichki imkoniyati 
deb qaraladi. Abdurauf Fitratning bu masalaga munosabati qanday edi? Olim 
“Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Sarf, Nahv” nomli 
oʻzbek tili darsligining soʻz boshisida bu haqda toʻxtalgan va 
oʻzbek shevalariga oʻz munosabatini quyidagicha bildirgan edi: 



Yüklə 273,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin