Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-521-524 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 522 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal davrlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda boʻlmagan. Adabiy til bilan
milliy til oʻrtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi boʻlgan xalq millat boʻlib
shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasini oʻtaydi,lekin har qanday
Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi.Adabiy til bilan shevalar oʻrtasidagi
munosabat alohida muammoni tashkil etadi.
Shevalar tarixan qanchalik barqaror boʻlsa, Adabiy til uchun shevalarning
vakillarini lingvistik nuqtai nazardan umumlashtirish shunchalik murakkab-lashadi.
Hozirgi kunda koʻpgina mamlakatlar (masalan Italiya, Indoneziya va boshqalar)da
shevalar Adabiy til bilan teng suratda qoʻllanmoqda.Adabiy til tushunchasi odatda til
uslublari tushunchasi bilan bogʻlanadi. Ammo bu bogʻlanish bir tomonlama.Chunki
til uslubiyatlarining oʻzi Adabiy til koʻrinishlari hisoblanadi.Ular tarixan
shakllangan,muayyan belgilar majmuidan iborat boʻladi.Mazkur belgilarning bir
qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mumkin.Lekin, bu takroriy belgilarning
ma’lum shaklda birikishi va vazifasining oʻziga xosligi bir uslubning ikkinchi
uslubdan farqini belgilaydi.Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989)
oʻzbek Adabiy til rivojini ta’minlovchi muhim voqea boʻldi. Oʻzbek Adabiy tili turli
xalqlar
Adabiy
tili
rivojlanish
tajribasi
asosida
yanada
takomillashib
bormoqda.Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil toʻldi. Oʻtgan davr
ichida oʻzbek adabiy tilini shakllantirish,uning maqomini yanada oshirish yoʻlida
xayrli va eʼtiborga molik ishlar qilindi. Davlatimizning rasmiy hujjatlari ona tilida
rasmiylashtiriladigan boʻldi. Oʻzbek tili ilmiy til sifatida ilm-fanning deyarli barcha
tarmoqlarida foydalaniladigan, ilmiy tadqiqotlar shu tilda bajariladigan va himoya
qilinadigan darajaga koʻtarildi. Oʻzbek tili shakllanishi haqida gap ketganda XX asr
boshlarida tilimiz taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan professor Abdurauf Fitratning
ilmiy faoliyati haqida toʻxtalib oʻtish oʻrinli.