Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-521-524
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
521
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
ADABIY TILNING BOYISHIDA DIALEKTIZMLARNING O’RNI
A. M. Shofqorov
Chirchiq davlat pedagogikq instituti dotsenti
Sh. T. Mòminova
Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola, o’zbek adabiy tilining paydo bo’lishi, adabiy til me’yorlari
hamda uning boyishida dialektizmlarning ahamiyati haqida yozildi.
Kalit so’zlar: dialekt, adabiy, Fitrat, fors, turk, sheva, og’zaki, topilma
KIRISH
Adabiy til – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-
tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga
xizmat qiluvchi
shakli. “Qayta ishlangan” tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda,
turli xalqlarda
adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham adabiy til turli davrda turlicha
boʻlgan (masalan qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Ba’zi
davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan.
Masalan
fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar
uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi
Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqalar adabiy til boʻlgan.Adabiy tilning ikki –
ogʻzaki hamda yozma koʻrinishi mavjud.
METODOLOGIYA
Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos
shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl oladi.
Rivojlangan Adabiy tilsiz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu
ma’noda Adabiy til jamiyatning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til
deganda ba’zan uni turli koʻrinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan,
yozma
Adabiy til va ogʻzaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy tilni ayni bir
deb boʻlmaydi.Adabiy til oʻz mezonlarini egallagan shu tilda soʻzlashuvchilar
barchasi uchun birdek. U ham yozma, ham ogʻzaki shakllarda amalda qoʻllanadi.
Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me’yorlariga
boʻysunsada,koʻplab xususiylik hamda umume’tirof
etmagan
jihatlarni oʻzida mujassamlashtiradi. Turli xalqlarda hamma