Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 4 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-503-508 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 506 April, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Ushbu tadqiqot ishida biz quyidagi: yoqilg'i samaradorligi, dinamiklik
(o'rtacha maksimal tezlik), mahsuldorlik va buzilmasik kabi xususiyatlarni
o'rganamiz. Ushbu xususiyatlarni monitoring qilish asosida transport vositalari bilan
ekspluatatsion va texnik tadbirlarni o‘zaro amalga oshirish maqsadga muvofiqligini
baholash tizimini ishlab chiqiladi.
Avtoulovning ayrim agregatlari va tarkibiy qismlariga texnik xizmat
ko'rsatish (TXK) davriyligini rejalashtirishning hozirgi barcha ma'lum usullarini 3
guruhga bo'lish mumkin
1) oddiy – obyektning tashqi ko'rinishini o'zgartirish orqali (analoglik va
taqqoslash usuli);
2) statistik – buzilmay ishlash ehtimolligi ruxsat etilgan darajasiga ko'ra
(texnik-iqtisodiy, iqtisodiy va ehtimollik va statistik sinov usuli);
3) obyektning texnik parametrlari o'zgarishlarining ruxsat etilgan qiymati
bo'yicha.
TXK davriyligini aniqlashning mavjud usullarini tahlil qilish shuni
ko‘rsatadiki, ularning barchasi ish vaqtiga ko'ra ya‘ni o'rtacha-hisobiy texnik
xizmat ko'rsatish va ta'mirlash uslubini amalga oshirish uchun mo'ljallangan.
XULOSA Tahlillar natijasiga ko'ra, kelajakda rivojlanishni talab qiladigan eng
istiqbolli usul bu statistik-sinov usulidir. Ushbu usul yordamida kompyuterda har
bir transport vositasi uchun TXK ning optimal davriyligini alohida rejalashtirish
mumkin.
Bundan
tashqari,
statistik–sinov
usuli,
shuningdek,
avtotransport
vositalarining samarasiz ishlashini oldini olish uchun transport vositasining ayrim
elementlari texnik holatini tashxislashning texnik xizmat ko'rsatish va joriy
ta'mirlashning (TXK va JT) maqbul davriyligini aniqlashga imkon beradi.