Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-174-180 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 177 www.ares.uz Hozirgi kunda soya o’simligining erta pishar, o’rta pishar, kech pishar navlari
mavjud. Erta pishar navlari 90-100 kun, o’rta pishar navlari 110-120 va kech pishar
130-140 kun ichida pishib yetiladi. O’simlikning vegetatsiya davri o’sish va
rivojlanish, unib chiqish, shonalash, g’ujlanish, gullash, pishish, kabilarni o’z ichiga
oladi. Soya o’smligining doni bo’rtishi va unib chiqish uchun quruq vazniga nisbatan
130-160 % suv talab qiladi. Don bo’rtgandan keyin 2-3 kun ichida murtaklar
rivojlanadi. So’ya o’simligining urug’palla barglari urug’ ekilgandan 7-8 kun o’tib
yer yuziga chiqadi. Dastlabki bir hafta mobaynida murtak ildizchasi va urug’palla
poyachasi urug’ hisobidan oziqlanib o’sadi. Soya o’simligi boshlang’ich vegetatsiya
davrida sekin rivojlanadi. Unib chiqqan soya 20-25 kun mobaynida 15-20 sm gacha
o’sadi. Soyaning uch qo’shaloq bargi o’simlik unib chiqqandan 5-7 kundan so’ng
hosil bo’ladi. Keyingilari 4-6 kunda paydo bo’ladi [12].
Soyaning gullash fazasi naviga, turli iqlim sharoitiga va ekish muddatiga qarab,
to’liq unib chiqqandan keyin 35-40 kunda boshlanadi. Gullash birinchi bo’lib,
poyasining pastki asosiy shoxlaridan boshlanadi va yuqoriga qarab ochilib boradi.
Meva tugishi ham shu tartibda ro’y beradi. Gullashidan to dukkaklari yetilib
pishguncha 40-60 kun o’tadi. Doni esa 15-20 kunda to’liq pishib yetiladi. Donli
ekinlar orasida soya suvga nisbatan talabchan o’simlik hisoblanadi. Soyadan yuqori
hosil olish uchun uning namga bo’lgan talabini to’liq qondirish kerak. Bir gektar
yerga ekilgan soya vegetatsiya davrida 3200 m
3
dan 5500 m
3
gacha suv sarflaydi
[13]. Soyaning transperatsiya koeffitsenti yetishtirilgan sharoitiga qarab 400 dan 600
gacha o’zgarib turadi. Donli ekinlar ichida faqatgina soya yuqori nam sharoitda ham
o’sa oladi. Gullashi, dukkak hosil qilishi, dukkaklarni to’lishish fazalarida butun