Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 5 | 2023
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
sa
513
May, 2023
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
DASTURNING SIKLIK BO'LIMLARINI OPTIMALLASHTIRISH
Sh. I. Xodiyev, O. B. Farmonov
O‟zbekiston Milliy universiteti
ANNOTATSIYA
Transformatsiyalar orqali optimallashtirish algoritmlari va ularni amalga
oshirish usullari sohasidagi ma'lum ishlanmalar ko'rib chiqildi. Sikl bo‟limlarini
transformatsiya yo‟li bilan optimallashtirish uchun bazi
algoritmlardan foydalanib
Python
dasturlash
tilida
skilni
optimallashtirish
dasturi
tuzildi.
Skilni
optimallashtirishda Python dasturlash tilining kerakli
kutubxonalaridan foydalanildi.
Kalit so’zlar:
Transformatsiya, optimallashtirish, Python,
protsessor
arxitekturasi, kod/shakl.
KIRISH
Zamonaviy kompyuterlarning ortib borayotgan quvvati nafaqat dasturning
tezroq
bajarilishiga, balki yangi imkoniyatlarga ham olib keladi. Bundan tashqari,
protsessor arxitekturasidagi o'zgarishlar avtomatik
optimallashtirishning yangi
usullarini yaratish va mavjud usullarni qayta ishlashni talab qiladi
Optimallashtirishni transformatsiya metodlari bilan amalga oshirsa bo‟ladi.
Transformatsiyalar - bu dasturning funksionalligini(biror ish bajara olishligini)
o'zgartirmasdan uning yo‟lini(ishlash usulini) o'zgartiradigan operatsiyalar(amallar).
Ular dasturlarning ishlashini yaxshilash uchun dasturiy ta'minotni optimallashtirishda
keng qo'llaniladi. Transformatsiyalar manba kodi (source
code-dasturchilar
tomonidan yozilgan ya‟ni inson o‟qiy oladigan kod), oraliq shakllar(intermediate
presentations) (mashina o‟qiy oladigan kod/shakl) va mashina kodi (ikkilik
kod,komputerning protsessori orqali amalga oshiriladigan) kabi turli xil dastur
shakllarida qo'llanilishi mumkin. Transformatsiya yo‟li
bilan optimallashtirishdan
maqsad dasturlarning to'g'riligini saqlab, ularning ishlashini yaxshilashdir.
Transformatsiya yo‟li bilan optimallashtirish computer science (kompyuter
fanlari) va software engineering ( dasturiy ta'minot muhandisligi) ning muhim
bosqichiga aylandi. Ushbu maqolada transformatsiyalarni optimallashtirish
algoritmlari ko‟rib chiqildi. Asosan sikl optimallashtirishga doir turli xil
transformatsiyalarni va ularning qo'llanilishi tasvirlab berildi.
Maqoladi sikl bo‟limlarini transformatsiya yo‟li
bilan
optimallashtirish uchun bazi algoritmlardan foydalanib Python
dasturlash tilida skilni optimallashtirish ko‟rib chiqildi. Skilni