Academic Research in Educational Sciences Volume 4



Yüklə 81,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix07.01.2024
ölçüsü81,63 Kb.
#211020
1   2   3   4   5   6   7   8   9
642c80b08c807781685144

 
 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 3 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
524
 
March, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugungi kunda har kuni 2,5 (1018) kvintillion bayt ma‟lumot yaratilmoqda va 
bu ko‟rsatgich 2022 yilda har bir inson uchun kuniga 2,1 MB ma‟lumot 
yaratilganligini bildiradi.[1] Bu turdagi katta hajmli ma‟lumotlar bilan ishlashda 
yangidan-yangi algoritm va texnologiyalar ishlab chiqishni talab qilmoqda. 2018 
yilda jami to„plangan ma‟lumot miqdori 912 eksabaytni tashkil etdi, deb xabar beradi 
TrendFocus[2]. 2013-2015 yillarda oralig„ida to„plangan ma‟lumotlar hajmi shundan 
oldingi butun insoniyatning o„tmish tarixiga qaraganda ko„proq ma‟lumotlar 
yig„ilganini takidlashgan. 2025 yilga kelib, barcha ma‟lumotlar 163 zettabayt (ZB) ga 
teng bo„lishi mumkinligi ta‟kidlangan.
Katta ma‟lumotlar - bu xar xil turdagi va avtonom ma‟lumot manbalaridan 
kelib chiqadigan keng miqyosli, hajmli va ko„p formatli ma‟lumot oqimlarining 
yig„indisidir[2,3]. Katta hajmli ma‟lumotlarning asosiy xarakteristikasi bo„lib, u keng 
miqyosli ma‟lumotlar markazlarida va saqlash zonalari tarmoqlarida saqlash joylarini 
egallash bilan tavsiflanadi. Katta ma‟lumotlarning katta o„lchamlari nafaqat 
ma‟lumotlarning turli xil bo„lishiga olib keladi, balki natijada ma‟lumotlar to„plamida 
xilma-xil o„lchovlar paydo bo„ladi[4]. Katta miqdordagi ma‟lumotlarni tahlil qilish 
inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo„lgan qonuniyatlarni aniqlashda yordam 
beradi[5]. Big data atamasi ilk bora Nature jurnalining 2008 yildagi sonida duch 
kelish mumkin. Jurnal muharriri Klifford Linch dunyodagi ma‟lumotlar hajmining 
intensiv ortib borishiga bag‟ishlangan maqolasida bu haqda to‟xtalgan. 
Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga 
big data deb aytish mumkin. Katta hajmli ma‟lumotlarni tushintirishda “Meta 
Group”(eski Facebook) kompniyasi tomonidan ishlab chiqilgan xususiyatlar 
muhimdir. 

Yüklə 81,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin