Maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning davlat ta‘lim standartlariga ko‗ra maktabgacha ta‘lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma‘naviy me‘yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‗zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon7 hisoblanadi. Mana shu jarayonda maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qabul turli davlatlarda turlicha ekan. (1-jadval)
Maktabgachata’limtashkilotigaqabulyoshi
O‗zbekiston
Germaniya
Yaponiya
Italiya
Xitoy
1 yosh
4 oylik
3 yosh
3 yosh
3 yosh
O‗zbekiston Respublikasi ―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to‗g‗risida‖gi qonunning 34-moddasiga binaoan bolalar yoshlariga qarab guruhlarga ajratilgan. Jumladan, ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha), kichik guruh (uch yoshdan to‗rt yoshgacha), o‗rta guruh (to‗rt yoshdan besh yoshgacha), katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha), maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha).
Germaniyada esa bolalarga ―nafaqa chiqqan bobo, buvilar nabiralarga qarashi kerak‖- degan tushuncha mavjud emas. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini 4 oylikdan boshlab bog‗chaga berishga majburdirlar. Ko‗pgina nemis oilalari farzandlarini ancha erta bog‗chaga beradilar. Germaniyada maktabgacha ta‘limning 6 xil turi mavjud bo‗lib, ular bir-biridan tubdan farq qiladi va rang-barangligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi.
Yaponiya, Italiya va Xitoy davlatida bolalar asosan 3 yoshdan bog‗chaga qabul qilinadi. Faqatgina juda majbur bo‗lgan oilalar farzandlarini bolalarga qarash markazlariga berishlari mumkin. Masalan, Yaponiyada bolalar yaslisiga (bolaga qarash markazi) bolani uch oyligidan berish mumkin, lekin bunday holat yaponlar orasida keng tarqalgan emas, chunki bunday yoshda bolani yasliga joylashtirish uchun onada juda jiddiy sabab bo‗lishi kerak. Shuningdek bunday ayol jamiyat tomonidan yaxshi ona deb baholanmaydi. Atrofdagilarning fikri esa yaponlar uchun ―eng asosiy‖ deb hisoblanadi. Yaponiyada bolalar yaslisiga faqat ota-onasi ishlaydigan bolalar qabul qilinadi. Buning uchun munitsipalitetga ota-ona ish joyidan ma‘lumotnoma va oilada
boshqa bolaga qarab turuvchi oila a‘zosi yo‗qligi haqida hujjatlar taqdim etilishi kerak bo‗ladi.8
Mamlakatimizda esa bolalar bog‗chaga bir yoshdan qabul qilinadi. Farzandi uch yoshga to‗lmagan onalarga mehnat qonunchiligida imtiyozlar belgilangan. Davlatimiz maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qamrov masalasini oshirish hamda maktabgacha tayyorlovni to‘liq amalga oshirish maqsadida yangi tahrirdagi qonun hujjatlariga tegishli normalar kiritildi. Jumladan, O‗zbeksiton Respublikasi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonunga muvofiq maktabgacha ta‘lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‗lgan bolalarni boshlang‗ich ta‘limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.9, 8-modda Endilikda respublikamizdagi 6 yoshdan-7 yoshgacha bo‗lgan barcha ta‘lim olishga layoqati bo‗lgan bolalar davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 1 yillik maktabgacha tayyorlov guruhida boshlang‗ich sinflarga tayyorlanadi va ularga sertifikat beriladi.
Bu jarayon rivojlangan mamlakatlarda esa ancha ilgari boshlanadi. Masalan, Italiyada bolalar 3 yoshdan-6 yoshgacha maktabga tayyorlanadilar. Bu jarayon davlat bog‗chalarida va xususiy katolik bog‗chalarida amalga oshiriladi. Buyuk Britaniyada esa 1988 yilda «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonuni kuchga kirgan. Unda nafaqat ta‘lim standartlari, balki bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida ruhiy rivojlanish darajasiga bazaviy baho berish ham belgilangan. Angliya, Shotlandiya va Uelsda majburiy ta‘lim 5 yoshdan, Shimoliy Irlandiyada esa 4 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun ham majburiy ta‘limda o‗qitishni boshlash muddati Yevropada eng erta deb hisoblanadi. (2-jadval)