Academic Research in Educational Sciences volume



Yüklə 46,57 Kb.
səhifə5/6
tarix19.05.2023
ölçüsü46,57 Kb.
#117302
1   2   3   4   5   6
maktabgacha-ta-lim-va-tarbiyaning-xorij-davlatlardagi-ilg-or-tajribalari

Maktabgachatayyorlovguruhlari

O‗zbekiston

Angliya,
Shotlandiya, Uels

Shimoliy Irlandiyada

Italiya

Singapur

6-7 yosh

5-6 yosh

4-6 yosh

3-6 yosh

3-6 yosh

Singapurda ham maktabgacha ta‘lim ta‘limning boshlang‗ich bo‗g‗ini hisoblanadi. Bog‗chaga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi. Ikki-uch yil davomida ularga ona tili va ingliz tili, o‗qish, sanash, kuylash, rasm chizish, raqs tushish kabilar o‗rgatiladi. Singapurda davlatga qarashli bog‗chalar yo‗q. Maktabgacha ta‘lim muassasalarining barchasi xususiy bo‗lib, ayrimlarigina diniy tashkilot yoki jamg‗armalar tomonidan boshqariladi.


MUHOKAMA


Uzluksiz ta‘lim tizimida xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalarini o‗rganar ekanmiz, har bir davlat o‗ziga xos bo‗lgan xususiyatlariga ega ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu xosliklar qaysidir jihatdan o‗sha mamlakatlarning rivojlanishiga, taraqqiy etishiga ham xizmat qilganligini ko‗rishimiz mumkin. Bunga hattoki tarixning ham o‗zi guvohdir. Masalan, yaponlardagi bolalar bog‗chalarida ta‘lim dasturlari ham inobatga olingan, yozish va o‗qishdan tashqari bolalarga qo‗shiq aytish o‗rgatiladi, sport musobaqalari o‗tkazilib, muntazam sayrlarga chiqib turiladi. Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni o‗tkazilishidan maqsad - bolada xamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qo‗shiq aytilsa, xor (jamoada) aytilishi kerak, yakkaxon qo‗shiqchi qo‗llanilmaydi, musobaqa o‗tkazilayotganda yoki hamma yoki guruh g‗oliblikka erishiladi, mutlaqo yakka g‗olib bo‗lmaydi. Bu yapon jamiyatini modernizatsiya qilishda qo‗lni qo‗lga berishga yo‗naltiradi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun yapon sidqi dildan xizmat qiladi.
Dunyo bozorini egallagan Xitoy ham bu natijaga ta‘limni isloh qiltish bilan erishdi. Xitoy xalqi butun dunyoga o'zining mehnatsevarligi bilan mashhur. Ikkinchi jahon urishidan so'ng qisqa muddat ichida Xitoy mahsulotlari dunyo bozorini to‗ldirganligi buning yaqqol isbotidir. Xitoyliklar juda ham intizomli va sportsevar xalq. Albatta, farzand tarbiyasida ham bu o‗z aksini topgan. Agarda Yevropa mamlakatlarida bola tarbiyasiga asosan ota-ona mas‘ul bo‗lsa, Xitoyda bu narsa davlat zimmasidadir.
Uch oydan boshlab chaqaloq bog‗chaga topshiriladi. Bir yarim yoshdan boshlab kichik xitoyliklar raqsga tushish, ashula aytish, rasm chizish, sanash va harflarni tanishga o‗rgatila boshlanadi. Bog‗chalarda tarbiya bilan birgalikda jismoniy rivojlanishga katta e‘tibor beriladi. Bolaning qiziqishlari inobatga olinib, uning iqtidorini namoyish qilishga harakat qilinadi. Boshlang‗ich sinfdanoq intizomli bo‗lish, injiqlik qilmaslik va yaxshi o‗qish talab etiladi. Itoatkorlik va «men»ni yuzaga chiqarmaslik xitoy tarbiyasining asosidir.
Xitoylik bolalarda bolaligidanoq uchta asosiy fazilat: mehnat qobiliyati, intizom va kattalarga hurmat shakllantiriladi. Ularga yoshligidanoq, nima bo‗lishidan qat‘i nazar, ular eng yaxshi bo‗lishi kerakligi o‗rgatiladi. Ehtimol shuning uchun xitoyliklar fan, madaniyat va san‘atning barcha sohalarida yetakchi o‗rinlarni egallab kelmoqdalar. 10, 60-bet
Buyuk Britaniyadagi maktabgacha ta‘lim o‗quv rejasida nafaqat umumiy ta‘lim jarayoniga urg‗u beriladi, balki boladagi o‗qish va hisoblash kabi ko‗nikmalarga alohida ahamiyat beriladi. Bunda 4-5 yoshdagi bolalar

rivojlanishning olti yo‗nalishidagi aniq ko‗nikma va bilimlari belgilandi: shaxsiyatlik; ijtimoiy-emotsional; kommunikativ; xabardorlik; matematik; jismonan; ijodiy. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‗p o‗ynashlari kerak, lekin adabiyot va matematikani bilish doirasidagi talablar shunchali yuqoriki, o‗yin uchun vaqt qolmaydi.





Yüklə 46,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin