Mavzu: ishlab chiqarish harajatlari va foydasi
Chizmada ko’rsatilganidek, amaliyotda nazariy quvvat ko’rsatkichidan foydalanishning real imkoniyati yo’q. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining tashkil qilishning dastlabki bosqichidayoq mana shu ko’rsatkichlar mohiyatiga jiddiy e’tibor qaratilishi talab qilinadi. Xususan, faoliyatning texnik-iqtisodiy assoslanishida (TEO loyihasi) barcha asosiy vositalar aktiv qismi uchun miqdorlar, ana shu ko’rsatkichlar ichidan o’rtacha (normal) quvvat doirasida ishlab chiqishilishi maqsadga muvofiqdir. Shunga muvofiq, xo’jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda ayrim olingan texnologik jihozlarning normal quvvat bilan ishlashi hisobga olinishi lozim. Ishlab chiqarish hajmi bilan xarajatlar o’rtasida (o’zgaruvchan xarajatlar) o’zaro to’g’ri chiziqli bog’lanish mavjud (chizmaga qarang). Mahsulot birligiShu bilan birgalikda bir qancha xarajatlar ishlab chiqarish quvvati bilan "to’g’ri chiziqli bog’lanishda" bo’lmaydi (to’g’ri chiziqsiz bog’lanish). Agar hamma o’zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish quvvati bilan to’g’ri chiziqli bog’lanishda bo’lganda edi, ularni tahlil qilish, rejalashtirish va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanish mumkin bo’lar edi. To’g’ri chiziqsiz bog’langan xarajatlarni rejalashtirish qiyin lekin ularni ham boshqaruv qarorlarini qabul qilishda hisobga olish zarur. “Chiziqli aproksimatsiya” (yoki “relevant darajasi usuli”) usulidan foydalanish xuddi ana shunday chiziqsiz bog’langan xarajatlarni chiziqsiz bog’lashga moslashishini ta’minlaydi (chizmaga qarang). Relevant darajasi usuli – bu ishbilarmonlik faolligini aniqlash usulidir. Bu usulda chiziqsiz bog’langan xarajatlar shartli ravishda chiziqli bog’lanishga moslashtiriladi: Ishlab chiqarish hajmining relevant darajasi oralig’ida doimiy xarajatlar o’zgarishsiz qoladi. Lekin, nisbatan uzoqroq muddat olinadigan bo’lsa, doimiy xarajatlar ham o’zgaradi (jihozlar, mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish omillarining o’zgarishi). Boshqarish maqsadlari uchun odatda ma’lum vaqt oralig’i olinadi. Faraz qilinadiki, mana shu vaqt oralig’ida doimiy xarajatlar o’zgarishsiz qoladi. Doimiy xarajatlar o’zgaradigan bo’lsa relevant darajasining yangi chizig’i paydo bo’ladi (chizmaga qarang). Yüklə 347,56 Kb. Dostları ilə paylaş: |