=
- Xo’jalik yurituvchi subyekt bolalar paypoqchalari ishlab chiqaradi. Bir juft paypoqning o’zgaruvchan xarajatlari – 50 so’m, doimiy xarajatlarning umumiy summasi, hisobot davrida – 20 ming so’m. Bir dona mahsulotning sotilish bahosi – 90 so’m.
Bu yerda sotish hajmini aniqlash uchun quyidagi tenglik kelib chiqadi:
90 x X = 50 x X + 20000
40 x X = 20000 X=500 dona
yoki, pul birligida
Grafikdan yaqqol ko’rinib turibdiki, xo’jalik yurituvchi subyekt 500 donagacha bolalar paypoqchalarini ishlab chiqsa, uning daromadi bilan xarajatlari miqdori teng bo’lib, foyda olish imkoniyati nolga teng (kritik nuqta) bo’ladi. Besh yuz birinchi juft paypoqchadan boshlab xo’jalik yurituvchi subyekt foyda ola boshlaydi. Ishlab chiqarish hajmi 500 donadan pastga tushsa xo’jalik yurituvchi subyekt so’zsiz zarar ko’ra boshlaydi.
Har qanday xo’jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish ana shu xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyat turlari bo’yicha xuddi mana shu ma’lumotni aniqlab olishdan boshlanishi lozim.