Chet tili o'qitishda o’yin turlaridan samarali foydalanish farg’ona viloyati Bag'dod tumani 53-maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Dehqonova Muhiba Yusufjon qizi Annotatsiya
CHET TILI O'QITISHDA O’YIN TURLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH Farg’ona viloyati Bag'dod tumani 53-maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Dehqonova Muhiba Yusufjon qizi Annotatsiya. Maqolada ingliz tili fanini o’qitishdagi samarali o’yin turlari va texnologiyalar haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar. ta’lim, dastur, innovatsiya, fikrlash, qiyoslash, taqqoslash, metod, texnologiya.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan Yangi O'zbekiston uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyatlari yaratildi.
Bugungi kunda ta’limda, xususan, chet tillarni o‘rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. Xorijiy til ta’limiga innovatsion pedagogik texnologiyalarning tadbiqi — shaxsni jamiyatning talabiga ko’ra yo’naltirish, ta’limni shu talablar asosida tashkil etish ta’lim tamoyillari, metodlari aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama yetuk kadr qilib shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to’liq namoyon etishi va rivojlantirishi uchun qulay shart — sharoitlar yaratishdan iborat.
Chet tilini o'qitishda innovatsion o'qitishning mohiyati shundan iboratki, o'quv jarayoni deyarli barcha talabalar kognitiv jarayonga jalb qilingan, ular o'zlari bilgan va fikrlaydigan narsalarni tushunish va aks ettirish qobiliyatiga ega.
Innovatsion texnologiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Dialogli aloqa
O'z-o'zidan tajribali bilim va ko'nikmalarni egallash
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
Muammoni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish
Pedagogik innovatsion texnologiyalarning yana bir o’ziga xos xususiyati o’quvchi faoliyatining ustuvorligida, ta’lim jarayonida talaba yoki o’quvchinining asosiy figura ekanligidadir. Ta’lim jarayonida bilish, leksik, grammatik, talaffuz tushunchalarni to’g’ri shakllantirish, o’quvchi ongida bilimlar sistemasini, o’z — o’zini nazorat qilish ko’nikmasini to’g’ri tarkib toptirish innovatsion pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismidir.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonidagi eng samarali, o’qituvchi pedagoglar ko’zlagan maqsadlarga erishishning kafolatlangan o’qitish uslublari, o’quvchi talabalarda mustaqil fikrlash, erkin qaror chiqarish ko’nikmasini shakllantiradigan, ularni muammolarini yechishlari, turli vaziyatlardan qiynalmasdan chiqib ketishlari uchun zamin hozirlashga qodir bunday o’qitish uslublari pedagogik texnologiyaning eng ilg’or xususiyatidir. Bugun mamlakatimizda yurtboshimiz tashabbuslari bilan mamalakatimizda til o’rganishga katta e’tibor berilmoqda. Yuqoridagilarga nazar soladigan bo’lsak yurtimiz taraqqiyotda tilning nechog’lik ahamiyatli ekanligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Ingliz tili darslarida o’quvchilarga leksikani o’rgatishda quyidagi interfaol uslublarni qo’llashni tavsiya etish mumkin: