O’yin— mashq. Bu o’yin guruhda ham yoki jamoada birlikda qo’llanilishi mumkin. Ya’ni har bir o’quvchining o’z bilimi va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon beradi. Bu o’yinda darsni mustahkamlash yoki o’quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida ham foydalanish mumkin. Masalan: “Adashgan so’zni toping”. Bir necha o’rganilgan so’zlar qo’yilib orasida bitta o’rganilmagan so’z ham aralashtirib qo’yiladi. O’quvchilar o’rganilgan so’zlarni ongida tiklab, o’rganilmagan so’zni topib o’qituvchiga ko’rsatadilar.Bu usul o`tilgan so`zlarni mustahkamlashda qo`l keladi.
Ijodiy izlanish o’yini. Bunda o’qituvchi hikoyadagi noto’g’ri gapni topish yoki hikoya mazmuniga mos bo’lmagan gaplarni topishni aytadi. O’quvchilar izlanadilar va bunday gapni topib, nega ortiqchaligini isbotlaydilar. Bunday o’yinlar ko’p vaqtni olmaydi, maxsus jihozlarni talab etmaydi, lekin yaxshi natija beradi.
O’yin— musobaqa.Bunda turli qatorlararo musobaqalar tashkil etilishi mumkin. Shungdek, viktorinalar, turli konkurslar, olimpiadalar kiradi. Bunday o’yinlarni darsda va sinfdan tashqarida ham o’tkazish mumkin.
Mazmunli— rolli o’yinlar. Bu o’yin o’quvchilar darsda o’qituvchi belgilangan maqsadga muvofiq hikoyalar yoki ertaklardagi qahramonlar rolini o’ynaydilar yoki davra stoli tashkil etib turli rollarni bajaradilar. Masalan: muxbir, tarixchi, qishloq xo’jaligi xodimi va boshqalar. Bunday o’yinlar o’quvchilarda bilimga qiziqish uyg’otadi, ularni jodiy izlanishga undaydi, azshuningdek kasblar bilan tanishuvlarda yordam beradi.
“Bo’lishi mumkin emas”. Bu uslubni o’tkazishda o’qituvchi ma’lum matnni o’qiydi. O’quvchilar bo’lishi mumkin bo’lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim. Hazil mutoiba bilan o’tadigan bu usul o’quvchilardan ziyraklik, sinchkovlik va kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birgalikda, ulardan atrofida sodir bo’layotgan voqea — hodisalarga befarq bo’lmaslikni ham talab qiladi. Undan tashqari ularning darsdan tashqari bo’lgan ilmiy adabiyotlarga va ilmiy — ommabop filmlarga qiziqishini orttiradi va hikoya tinglash ko’nikmasini shakillantirishga yordam beradi.
Bu uslublar bir necha marta o’tkazilgach, keyinchalik o’quvchilarda shunday hikoyachalar tuzishni ham kamol toptirish mumkin. O’quvchilarning interaktivligiga yo‘naltirilgan darsning maqsadi esa, ularga imkon qadar ko‘p faol imkoniyatlarga ega bo‘lish, chet tilida erkin muloqot qilishga qo‘yib berishdan iboratdir.
Yuqorida aytilganlarning shuni xulosalash mumkinki, zamonaviy jamiyatning o'zgaruvchan voqeliklari va uning faol rivojlanishi sharoitida ingliz tilini o'qitishda innovatsion usullaridan foydalanishni talab etayotganiga dalil bo’lib xizmat qiladi. Chet tillarini o’qitishni jadallashtirish maqsadida dars jarayonida turli oyinlardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI Матмуротова Z. Chet tillarni o`rgatish samaradorligini oshirish usullari. Toshkent-2006.
Saidaliev S: chet tili o‘qitish metodikasidan ocherklar. Toshkent-2004
Jamol J. Chet tili o‘qitish metodikasi. “O’qituvchi” nashriyoti. Toshkent 1996
Zaripova R: Chet til o‘qitish metodikasidan qo‘llanma. “O’qituvchi” nashriyoti. Toshkent 1996