16-MA’RUZA
Transformatorlarning kuchlanishini yuklama ostida rostlash.
Reja:
Transformatorlarda kuchlanishni yuklama ostida rostlash.
Tok chegaralovchi qarshilikka ega bo’lgan kuchlanishni yuklama ostida rostlash
qurilmasi.
Transformatorlarda kuchlanishni rostlash shahobchalarini joylashishi.
Kalit so’zlar: Shahobcha, elektrik, cho’lg’am, oarliq, rostlash, koeffitsient,
tok, kuchlanish, aktiv, reaktiv, kuchlanish, isrof.
Yuklanish ostida rostlash (RPN) traisformator chulg’amining shohobchasini
zanjirni uzmay qayta ulash imkonini beradi. RPN
qurilmasi transformatorning
quvvati va kuchlanishiga qarab kuchlanishni turli oraliqda rostlashni ko’zda tutadi
(har bir pog’onasi 1,5% dan bo’lgan ±10% dan to ±16% gacha) [2 -10].
Pog’onani boshqarish VN tomonda olib boriladi, chunki bu hol tokning miqdori
kichik bo’lgani sababli qayta ulash qurilmasini soddalashtiradi. Boshqarish
diapazonining shoxobchalar sonini ko’paytirmasdan turib
uni kengaytirish uchun
dag’al va aniq boshqarish pog’onalari qo’llaniladi (29-rasm). Agar kayta ulagich P II
holatda tursa, saqlagich I esa shoxobcha 6 da bo’lsa, eng katta transformatsiyalanish
koeffitsienti hosil bo’ladi. Kayta ulagich 1 holatda, saqlagich esa shoxobcha 1 da
bo’lsa eng kichik transformatsiyalanish koeffitsienti olinadi.
29- rasm. Transformatorlarning RPN qurilmasi:
a-rostlash pog’onalarining ulanish sxemasi; A-asosiy chulg’am; vs-dag’al
rostlash poђonasi; de-tekis rostlash pog’onalari; P-kayta ulag’ich; I- saqlagich.
Boshqariluvchi chulg’amning bir shoxobchasidan ikkinchisiga o’tishi yuklama
tokini uzmay va shu chulg’am o’ramlarinig qisqa tutashtirmay amalga oshiriladi.
Bunga reaktorli yoki rezistorli maxsus qayta ulash qurilmasida erishiladi. Rezistorli
sxema (30-rasm) reaktorli sxemaga qaraganda qator afzalliklarga ega bo’lib, hozirda
keng qo’llanilmoqda. 30-rasmda chulg’amning boshqariluvchi
qismi bilan qayta
ulash qurilmasi ko’rsatilgan. Kontaktorlar bilan saqlagichlarning ishlash tartibi 3
jadvalda ko’rsatilgan.
Boshlang’ich holat 0 da transformator shoxobcha 5 da ishlaydi va yuklanish toki
kontaktor K1 orqali o’tadi.Faraz qilaylik, boshqariluvchi chulg’amdagi o’ramlar
sonini kamaytirish lozim bo’lsin, ya’ni shoxobcha 4 ga o’tish kerak. Bu holatda RPN
elementlarining ishlash tartibi quyidagicha bo’ladi: toksizlantirilgan saqlagich I2
holat 4 ga o’tkaziladi, so’ngra K1 uziladi va yuklama toki qisqa vaqt ichida R1 va K2
orqali o’tadi; uchinchi jarayonda KZ tutashtiriladi, bunda
yuklama tokining yarmisi
R1 va K2 orqali va qolgan qismi R2 va K3 orqali o’tadi, bundan tashqari,
boshqariluvchi chulg’am 5-4 ning o’ramlari R1 va R2 orqali ulanadi va ular
orqali
miqdor jihatidan chegaralangan sirkulyasiyalanuvchi tok o’tadi; keyingi jarayonlarda
K2 ajratiladi va K4 ulanadi, bunda yuklama toki boshqariluvchi chulg’am orqali
shoxobcha 4, saqlagich I2, kontaktorlar K4 dan chiqqich O ga o’tadi.
30-rasm. Tok chegaralovchi qarshilikka ega bo’lgan RPN qurilmasining qayta
ulanish ketma- ketligi va sxemasi
Hozirgi RPN qurilmalarida tokni kommutatsiyalash uchun vakuumli yoy
so’ndiruvchi kameralar qo’llanilmoqda. Shu sababli
transformator moyi yoy
so’ndiruvchi muhit sifatida qo’llanilmaydi va ishlash jarayonida uni almashtirishga
hojat qolmaydi. Bunday qayta ulovchi RNTA 235/1000 V qurilmalar intensiv rejimda
uzib-ulab ishlaydigan o’zgartiruvchi transformatorlarda qo’llaniladi. Tiristorli qayta
ulagichlarni qo’llash bilan RPN larni yana ham takomillashtirish
mumkin. Tiristorlar yuklama toki nol orqali o’tish
momentida ishlab ketadi va
ikkilamchi chulg’amlarni kerakli tartibda ketma-ket ulaydi.
Kontakt va saqlagichlar vaziyati
Jarayon
№
K1
K2
I1
K3
K4
I2
0
+
+
5
-
-
6
1
+
+
5
-
-
4
2
-
+
5
-
-
4
3
-
+
5
+
-
4
4
-
-
5
+
-
4
5
-
-
5
+
+
4
Sinov savollari
Transformatorlarda kuchlanishni yuklama ostida rostlash qurilmasini tushuntirib
bering.
Tok chegaralovchi qarshilikka ega bo’lgan kuchlanishni yuklama ostida rostlash
qurilmasini tushuntirib bering.
Transformatorlarda kuchlanishni rostlash shahobchalarini joylashishi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Allaev Q.R., Siddiqov I.X., Hakimov M.H., Ibragimov R.I., Siddiqov O.I.,
Shamsutdinov H.F. «Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi».-O’quv qo’llanma,
T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2014. 304 b.
Рожкова Л.Д. Карнеева Л.К. Чиркова Т.В. «Электрооборудование
электрических станций и подстанций» 4-издания –М.: Издательский центр
«Академия», 2007.
Steven W. Blume, Electric power system basics, 2007.