Academic research in modern science international scientific-online conference 158 aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE



Yüklə 444,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.06.2023
ölçüsü444,97 Kb.
#133682
1   2   3   4
ARIMS01158-161

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
159 
to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab,qiyosiy tahlil 
qilish imkonini beradi.Aholi guruhlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi 
dinamikasini 
taqqoslash 
iste’molchi 
byudjeti 
asosida 
amalga 
oshiriladi.Iste’molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud:o’rtacha oila 
byudjeti,yuqori darajada ta’minlangan byudjet,minimal darajada moddiy 
ta’minlanganlar byudjeti,nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti 
shular jumlasidandir. 
Turmush darajasi kishilarning turmush tarsi bilan uzviy bog’liq.Turmush tarsi-bu 
kishilar(jamiyat,ijtimoiy qatlam,shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi 
hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy 
kategoriya.Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab 
oladi,ya’ni: 
-mehnat ,uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari
-turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakillari; 
-siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish; 
-moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakillari
-kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari. 
Yalpi ichki mahsulotning taqsimlanish va qayta taqsimlanishi natijasida aholi 
daromadlari shakllanadi.Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig’ida(masalan,bir 
yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini 
anglatadi.Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining 
muhim ko’rsatkichi hisoblanib,shu bilan birga alohida shaxslarning dam 
olishi,bilim olishi,sog’lig’ini saqlashi,eng zarur ehtiyojlarini qondirishi 
imkoniyatlarini belgilab beradi.Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx 
dinamikasi,iste’mol bozorining tovarlar bilan to’yinganlik darajasi kabilar muhim 
o’rin tutadi.Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy 
ulushini ish haqi tashkil etadi.Daromadlarning bu turi istiqbolda ham pul 
daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o’zining yetakchi rolini saqlab 
qoladi.Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo’yicha 
to’lovlar sezilarli ta’sir ko’rsatadi.Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga 
oshiriladi va turli xil nafaqalar to’lanadi. 
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha 
daromadlar darajasi bir-biridan keskin farqlanadi.Bu turli mamlakatlar 
aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.Shu 
bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari 
o’rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi.Mamlakatning iqtisodiy 



Yüklə 444,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin