ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference
159
to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab,qiyosiy tahlil
qilish imkonini beradi.Aholi guruhlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi
dinamikasini
taqqoslash
iste’molchi
byudjeti
asosida
amalga
oshiriladi.Iste’molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud:o’rtacha oila
byudjeti,yuqori darajada ta’minlangan byudjet,minimal darajada moddiy
ta’minlanganlar byudjeti,nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti
shular jumlasidandir.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarsi bilan uzviy bog’liq.Turmush tarsi-bu
kishilar(jamiyat,ijtimoiy qatlam,shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi
hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy
kategoriya.Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab
oladi,ya’ni:
-mehnat ,uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
-turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakillari;
-siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
-moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakillari;
-kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
Yalpi ichki mahsulotning taqsimlanish va qayta taqsimlanishi natijasida aholi
daromadlari shakllanadi.Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig’ida(masalan,bir
yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini
anglatadi.Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining
muhim ko’rsatkichi hisoblanib,shu bilan birga alohida shaxslarning dam
olishi,bilim olishi,sog’lig’ini saqlashi,eng zarur ehtiyojlarini qondirishi
imkoniyatlarini belgilab beradi.Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir
ko’rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx
dinamikasi,iste’mol bozorining tovarlar bilan to’yinganlik darajasi kabilar muhim
o’rin tutadi.Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy
ulushini ish haqi tashkil etadi.Daromadlarning bu turi istiqbolda ham pul
daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o’zining yetakchi rolini saqlab
qoladi.Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo’yicha
to’lovlar sezilarli ta’sir ko’rsatadi.Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga
oshiriladi va turli xil nafaqalar to’lanadi.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha
daromadlar darajasi bir-biridan keskin farqlanadi.Bu turli mamlakatlar
aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.Shu
bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari
o’rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi.Mamlakatning iqtisodiy