ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
BANK INFRATUZULMASINING NAZARIY ASOSLARI
Dauletbayev Mansur
Bank-moliya Akademiyasi
Ms “Iqtisodiyotni monetary tartibga solish”
yo’nalishi tinglovchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7609238
O'zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi va faoliyat ko'rsatishi,
moliya-kredit institutlarini xalqaro miqyosga ko'tarilishi ko'p hollarda banklarni
moliyaviy boshqaruv
muammolarini hal etishga, ya'ni bank kapitali va
mablag'larini, umuman olganda bank xizmatlarini
kompleks boshqaruviga
bog'liqdir.
Bank infratuzilmasini rivojlantirish borasida Rossiyalik olim O.I.Lavrushin o'z
ilmiy ishlarida bank infratuzilmasini tarkiblashga alohida e'tibor bergan. Shunisi
e'tiborliki, uning qarashlari shu davr mobaynida hech ham o'zgarmagan. U bank
infratuzilmasini ikkita qismga (ichki va tashqi bank infratuzilmasiga) ajratishni
taklif etadi, O'zbekistonlik iqtisodchi-olim A.V. Kotov esa aksincha “bank
infratuzilmasi deb, bank faoliyatini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni
yaratib beruvchi va bank xizmatlarini yaratish va ularni iste'molchilarga
yetkazib berishga ko'maklashuvchi institutlar yig'indisi” deb ta'riflagan.[1]
Shunday qilib, bank infratuzilmasi turli xildagi korxonalarni, ya'ni, banklarning
samarali faoliyatini ta'minlaydigan agentliklar va xizmat ko'rsatuvchi tuzilmalar
majmuasini o'z ichiga oladi.
Bank infratuzilmasi – bank tizimining uzluksiz va
samarali faoliyat yuritishi
uchun zarur sharoitlarni ta'minlovchi va mijozlarga bank xizmatlarini
yetkazishga xizmat qiluvchi institut va elementlar majmuasidir.
Bank infratuzilmasiga turli korxonalar, shuningdek, bank faoliyatini ta'minlovchi
agentlik va xizmatlar majmuasi kiradi. Bank personalining
normal faoliyati
uchun bank ichki infratuzilmasini rivojlantirish talab etiladi, uning elementlariga
quyidagilar kiradi:
1) kredit muassasasining nufuzi va ular bajaradigan operatsiyalar ro'yxatini
belgilovchi qonunchilik;
2) bankning o'z
manfaatlari kabi, uning hissadorlari,
mijozlarining ham
himoyasi va qonunchilik hujjati bajarilishini ta'minlovchi operatsiyalarni amalga
oshirishga oid ichki qoidalar;
3) zamonaviy kommunikatsiya tizimlari bazasida bank faoliyatini boshqarish,
ma'lumotlarni komp'yuterda
qayta ishlash, tahliliy asos, hisobotni tuzish;
4) bank boshqaruvi apparatining tuzilishi. Iqtisodiy institut sifatida bank
bankning maqsadi va uning amaliy yo'nalishlariga
javob beruvchi qator