Academic research in modern science international scientific-online conference 95 bank infratuzulmasining nazariy asoslari


ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132605
1   2   3
ARIMS0422

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
96 
bo'linmalarga ega bo'lishi lozim, aynan shu maqsadlarda bankda sektorlar, 
bo'limlar hamda tegishli bo'ysunuvga ega boshqaruv tashkil etiladi. [1] 
Mamlakatda bank infratuzilmasining rivojlanishi bank tizimida amalga 
oshirilayotgan islohotlar bilan uzviy bog'liqdir. O'zbekiston bank tizimi 
rivojlanishida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning 
amaliyotda qo'llanilishini bosqichma-bochqich amalga oshirish asosiy 
vazifalardan biri etib belgilandi 
2019-yil 5- noyabrdagi O'RQ-580-son O'zbekiston Respublikasining «Banklar va 
bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni, 2019-yil 19-sentyabrdagi «To'lovlar va 
to'lov tizimlari to'g'risida»gi O'RQ-578-son Qonunida bank faoliyatini tubdan 
isloh etishda bank infratuzilmasini yanada rivojlantirish, to'lov tizimi 
infratuzilmalari bilan ta'minlash, to'lovlarning zamonaviy shakllarini joriy etish 
asosiy maqsad qilib belgilandi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda bank tizimidagi mavjud islohotlar natijasida 
keskin va samarali o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Biroq yuqoridagi 
tahlillarimizning isboti sifatida hali-hanuz tijorat banklari orasida innovatsion 
yangiliklarni keng qamrovli jalb qilib ulgurmagan banklar ham mavjud. Shiddatli 
iqtisodiy o'zgarishlar davrida har sohada bo'lganidek, bank tizimida ham 
yangicha yondashuvlar mijozlar talabiga aylanmoqda. 
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari 
bank xizmatlarini tahlil ma'lumotlariga ko'ra, moliyaviy xizmatlarda bank 
xizmatlarining ulushi 90% dan yuqori bo'lib, qolgan qismini sug'urta, kredit, 
lizing, mikrokredit, mikrolizing, fond bozori, qimmatli qog'ozlar bo'yicha 
xizmatlar va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlar tashkil etadi.[3] 
Hozirgi kunda 33 ta bank, jumladan davlat ulushi mavjud bo'lgan 12 ta bank 
iste'molchilarga xizmat ko'rsatib kelmoqda. Iqtisodiyotga ajratilgan 
kreditlarning 85 % i davlat ulushi mavjud bo'lgan banklarning hissasiga to'g'ri 
keladi. Oxirgi 5 yil mobaynida bank sohasi sezilarli darajada kengaydi va 
rivojlandi. Tijorat banklari tomonidan mijozlarga xizmat ko'rsatuvchi bank 
filiallari soni 876 taga, mini-banklar soni esa 4177 taga yetdi. 
Bank infratuzilmasini rivojlantirish sohasida quyidagi islohotlar amalga 
oshirildi: 
- Moliya vazirligi tarkibida davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni 
muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi; 
- “Markaziy bank to'g'risida”gi va “Banklar va banklar faoliyati to'g'risida”gi 
qonunlarga o'zgartirishlar kiritildi; 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin