13 mavzu 1. Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog’onali bank tizimi bo’lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog’ini o’z ichiga oladi.
Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi:
- Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish
- bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o’tkazilishi bilan mos kelishi
- bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo’li bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar.
Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini quyidagi ikki davrga bo’lish mumkin:
1.O’zbekiston mustakillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi.
2.Ikkinchi davr– bu O’zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo’lgan davrdagi bank tizimi
2. O’zbekistonda bank tizimi ikki pog’onali bo’lib,
banklar tizimining birinchi pog’onasi - bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
ikkinchi pog’onasi - tijorat banklari, ularning shq’balari, chet el banklari sho’’balari hisoblanadi.
3. O’zbekiston Respublikasining bank tizimi rivojlanish bosqichlari. Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga utkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
4. Markaziy bankning asosiy vazifalari milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir