ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
50
ishlab chiqarish va asosiy kapitalga investitsiyalar nisbati, eksport va import
tovarlar tarkibining o’zgarishini ko’rsatish mumkin.
O’zbekiston sanoatida ishlab chiqarish tarkibining takomillashuvi
xo’jalikning energiya xomashyo tarmoqlari rivojlanishi hisobiga emas, balki
mashinasozlik va metallsozlik sohasi ulushining keskin o’sishi barobarida
kechdi. Bu iqtisodiy sektorlarining modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish
jarayonlaridagi ijobiy holatlar hisoblanadi. Ammo shuni ham ta’kidlash joizki,
o’tgan davr mobaynida qayta ishlash tarmoqlarida yengil sanoat ulushining
pasayishi kuzatildi. Bu holat mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarish tarkibini
takomillashtirishda hali barqaror ijobiy natijalarga erisha olganimizni, iqtisodiy
o’sishda xomashyo yo’nalishining barham topmaganligini bildiradi. Biz, albatta,
“kechikkan modernizatsiya”, “quvib boruvchi modernizatsiya” modellari
yo’lidan bormasligimiz kerak. Bu modellar, odatda, sobiq mustamlaka va
yarimmustamlaka, qoloq mamlakatlar tomonidan qo’llaniladi, ular o’z ichki
imkoniyatlari hisobiga modernizatsiyalashni amalga oshirishga qodir emas.
Bunday sharoitda modernizatsiyalashning Yevropa va AQSHda qaror topgan
endogen tipini milliy zaminga o’zlashtirib ko’chirish samaraliroq, tajamliroq va
maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbekiston uchun esa modernizatsiyaning endo-egzogen qo’shma tipi,
ya’ni modernizatsiyalashning o’ziga tegishli, ichki imkoniyatlarga tayanib, shu
bilan birga rivojlangan mamlakatlar tajriba va yordamidan foydalanib amalga
oshirish samaraliroq bo’ladi.
Mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik sur’atlari
asosiy kapitalga investitsiyalar kiritishdan yuqoriroq. Ammo keyingi yillarda,
ayniqsa, global moliyaviy inqirozgacha bo’lgan davrda investitsiyalarning o’sish
sur’atlari sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdan ikki martadan ziyodroq
yuqori. Hatto inqiroz davom etayotgan 2010-yilda ham, investitsiyalar sanoat
mahsulotlariga qaraganda ko’proq o’sgan.
Shunday qilib respublika milliy iqtisodiyotini shakillantirish va
rivojlantirish modernizatsiya rivoji bilan chambarchas bog’liq.
Dostları ilə paylaş: