Jadvallar yaratish
Tablitsi - MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy obekti bo’lib, u ikki o’lchovli jadval shakliga ega.
Jadvallar yaratishning ikki xil usuli mavjud bo’lib, birinchisi – Rejim tablitsi (jadval rejimi) deb ataladi. Bu usulda ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri kiritish orqali jadval yaratiladi. Shelknite dlya dobavleniya degan yozuvni sichqoncha bilan tanlansa, Rasm 3 dagi ko’rinish hosil bo’ladi. Shu maydonga qaysi turdagi ma’lumot kiritiladigan bo’lsa shu tur nomini tanlash kerak. So’ngra shu maydonga nom kiritilishi so’raladi. Navbatdagi maydonlar xam shu kabi yaratilib, ularga bevosita ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Bu usulda barcha yaratiladigan maydonlar xossalarini tanlash yoki o’zgartirish imkoniyati cheklangan.
Rasm 3. MS Access 2010damaydon turini tanlash
Jadval yaratishning ikkinchi usuli – Konstruktor deb ataladi. Jadval rejimidan konstruktor rejimiga o’tish uchun Fayl vkladkasi tagida joylashgan Rejimidan konstruktor tanlanadi. Agar jadval yangi yaratilayotgan bo’lsa, u holda Rasm 4 dagi kabi jadvalni saqlab qoyish uchun uning nomini kiritish oynasi ochiladi.
Rasm 4. MS Access 2010dajadvalni saqlash va nomini o’zgartirish
Shu oynada Tablitsa1 o’rniga yangi nom kiritib OK tugmasini bosiladi.Bu erda Imya polya deb atalgan ustunning xar bir qatoriga jadvalda ishlatiladigan maydon nomlari kiritiladi va Tip dannix nomli ustunda esa shu maydonlarga mos ma’lumot turlari tanlanadi. Masalan: maydonga Familiya degan nom kiritildi va uning qabul qiladigan qiymatlari, ya’ni turi sifatida Tekstoviy (matnli) tanlandi.
MS Access
MS Access ning ish oynasi haqida ma’lumot.
Bu dastur MS Office lardan biri bo’lib, uning yuklanishi ilgari tanishilgan usullar kabi bajariladi. Access dasturida tez-tez uchraydigan tushunchalarning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz.
Oynaning birinchi sarlavha satrida amaliy dasturning nomi Microsoft Access deb yozilgan, 2-satrida esa quyidagi:
Файл, Правка, Вид, Вставка, Сервис, Окно, Справка
menyu satrlari joylashgan.
Uchunchi (to’rtinchi,...) satrlarda asboblar paneli (ko’p hollarda «Вид» menyusining Standart paneli) piktogrammalari joylashgan.
Asboblar panelining tagidagi qism ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda 1-rasmdagi muloqat oynasi hosil bo’ladi. Bu oyna yordamida biz yangi MB ni (Новая база данных ...) tashkil qilishimiz yoki mavjud MB (На моем компьютере ...) ni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.
MS Access oynasi asosan 7 ta ob’ektdan iborat (2-rasm):
1.«Таблицы» (Jadval)—MB ning asosiy ob’ekti. Unda ma’lumotlar saqlanadi.
2.«Запросы» (So’rov)—bu ob’ekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajarishga muljallangan.
3.«Формы» (ko’rinish)—bu ob’ekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko’rib chiqish imkonini beradi. Shakl to’zilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo’lishi mumkin. Demak, ko’rinish (forma)–ekran ob’ekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
4.«Отчет» (Hisobot)—bu ob’ekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda qog’ozga chop etiladi.
5.«Макросы» (Makros)—makrobuyruqlardan iborat ob’ekt. Murakkab va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
6.«Модули» (Modul)—Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oluvchi va nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi.
Bundan tashqari,
7.«Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’ekt ham mavjud. Bu ob’ekt HTML kodida bajarilgan, Web — sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’ektdir.
Dostları ilə paylaş: |