ACCESS dasturlash muhiti
Access 2002 dasturlash muhiti VBA protseduralarini sozlash dasturlarini yozish uchun kerak bo‘ladigan hamma vositalarga ega. Bu muhit eng muhim komponentasi Visual Basic Editor(VBE) kodi redaktori hisoblanadi. U programma kodini kiritishni yengillashtiradigan ko‘p imkoniyatlarga ega. Bundan tashqari dasturlash muhiti yana ko‘pgina dialog oynalariga ega. Ularda ham yaratishda, xamda kodni sozlashda qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rinadi.
Kodni tahrirlash oynasi
Tahrirlash oynasini ochish uchun Accessning ixtiyoriy modulini ochish yetarli. Odatda tahrirlash oynasida uchta panel ishlatiladi.
Project (Loyiha paneli) tahrirlovchining tepa chap burchagida joylashgan bo‘ladi. Unda ilovalar modullarining ierarxik daraxti aks etadi. Agar bu oyna noaktiv bo‘lsa, View, Project Explorer komandasini bajaring yoki + tugmalari kombinatsiyasini bosing.
Properties (Xossalar paneli), loyiha panelining tagida joylashgan. U loyihaga kiruvchi xar xil ob’уektlar xossasini o‘zgartirish va ko‘rish imkonini beradi. U loyihalar panelida aks etadi. Xossalar ro‘yxati ham alfavit tartibda, ham kategoriyalar bo‘yicha aks etishi mumkin.
Code( Kod tahriri paneli). Bu oyna ekranning katta qismini egallaydi va "ko‘pdokumentli" hisoblanadi, ya’ni bir vaqtda shu turdagi bir nechta oynani xar xil modul uchun ochish imkonini beradi. U yuqori intellektual protsessor bo‘lib, VBA kodi yozilishini ancha yengillashtiradi.
Ilova loyihasi modullardan tashkil topgan. Ular 3 kategoriyaga bo‘linadi:
Microsoft Acces Class Object(Access sinflari moduli)- forma va hisobotlarning hamma modullarini o‘z ichiga oladi;
Modules(Modullar)-standart moduli;
Class Modules(Sinflar moduli) - foydalanuvchilar moduli sinflari, agar ular ilovalarda qatnashsa.
Loyiha oynasidagi ob’уektlar ro‘yxati ierarxik bo‘lib, loyiha modullaridan tashqari, u tashqi bibliotekadagi ob’уektlarga va bu biblioteka modullari ro‘yxatiga ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Loyiha paneli yuqori qismida uchta tugma joylashgan:
|