Adabiy merosni milliy mafkura asosida o‘rganish Milliy iftixor va xalqchillik



Yüklə 58,5 Kb.
tarix20.06.2022
ölçüsü58,5 Kb.
#61929
O\'zbek mumtoz adabiyotida doston janrlarning o\'rni va taraqqiyoti




Eshkildiyeva Mavluda
Xudoyorovna
O'zbek mumtoz adabiyotida doston janrlarning o'rni va taraqqiyoti
Reja:



  1. Adabiy merosni milliy mafkura asosida o‘rganish

  2. Milliy iftixor va xalqchillik


ADABIY MEROSNI MILLIY MAFKURA ASOSIDA O‘RGANISH
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida milliy ma’naviyatni yuksaltirish omillari va mezonlari haqida shunday deyiladi: «Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi»2 . Darhaqiqat, ko‘rsatib o‘tilgan omillarsiz milliy ma’naviyatning yuksalishi emas, shakllanishi haqida ham gap bo‘lishi mumkin emas. Ma’naviy meros, madaniy boyliklar va ko‘hna tarixiy yodgorliklar haqida so‘zlaganda ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tarixiy va adabiy mavzudagi nodir qo‘lyozma asarlar ustuvor ahamiyat kasb etishini ham unutmaslik lozim. Haqiqatan, mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida maydonga kelishi bu yerda yashayotgan xalqlar moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘z taraqqiyotlari uchun xizmat qildirish, ularning manfaatlarini himoya qilishdek mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib faoliyat yuritish siyosatini boshlab berdi. Bu siyosat zamon va makon, mavzu va ko‘lam, shakl va mazmun, aqida va dunyoqarashlar nuqtai nazaridan nihoyatda xilma-xil, keng qamrovli madaniy merosning tarkibiy qismi bo‘lgan adabiy-badiiy merosga bo‘lgan munosabatlarning ham tamomila yangi, mustaqillik va taraqqiyot talablariga mos tamoyillarini belgilab bermoqda. Muallif qaysi davrda yashamasin yoki kim bo‘lmasin, asar qaysi davrda yaratilmasin yoxud qay holatda bo‘lmasin, meros bugunning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qila olsa, uni tiklash, o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish adabiyot tarixi va manbashunoslik fanlarining dolzarb vazifasiga aylanadi. 2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. – B. 29 – 30. 16 Adabiy merosning bugungi ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qila olishini aniqlovchi mezonlar haqida bizda eng zarur metodologik dasturilamallar yaratilgan. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida belgilab berilgan mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda ma’naviyma’rifiy sohalarni takomillashtirish, mafkuraviy bo‘shliqqa barham berish, barkamol avlodni tarbiyalash to‘g‘risidagi konsepsiyalar, tarix, ilm-fan, madaniyat va san’at namoyandalari bilan uchrashuvlardagi aniq ko‘rsatmalar, shuningdek, hukumat qarorlari hamda huquqiy yo‘riqnomalar bunday asoslarni ishlab chiqishning zamini vazifasini o‘taydi. Manbani tahlil etishda mazkur metodologik dasturilamallar va boshqa ilmiyfalsafiy, nazariy hamda uslubiy bilimlar asosida quyidagi tamoyillarga amal qilinishini maqsadga muvofiq: Birinchidan, asarning madaniy siyosatga muvofiqligi va dunyoviy xarakterga egaligi. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning barcha sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi kuch, tabaqa yoki guruh paydo bo‘lgan ekan, bu tarixiy ehtiyoj, zarurat samarasidir. Tarix kishilik jamiyatining har bir bosqichida hokimiyat idoralari xalq ruhiga ta’sir o‘tkazuvchi vositalarni, xususan adabiyot va san’atni qattiq nazorat ostida saqlab kelganligidan istalgancha guvohlik beradi. Insonning go‘zallikka, orzu-havaslarga, axloqiy barkamollikka intilishi ijodkor yashab turgan muhit ta’sirida turlicha shakl va mazmun kasb etishi bunday nazoratning asosiy sababidir. Jamiyatning eng taraqqiy topgan davrida ham, tanazzulga yuz tutgan tahlikali kezlarda ham nodir adabiy asarlar yaratilishi va xalq mulkiga aylanib, asrlar bo‘yi unga xizmat qilishi ijodkorning salohiyati hamda davr so‘zini aytish vazifasi, mas’uliyatini his etish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Mashhur mutafakkirlar davr so‘zini aytish, davr bahosini berish mas’uliyati zimmasiga tushgan ijodkorlar edi. Faylasuflarning ta’kidlashlaricha, «madaniyatga ta’sir ko‘rsatuvchi uchta asosiy subyektiv omil mavjud: 1. Rasmiy davlat siyosati. 2. Xalqning anglashilgan 17 ehtiyojlari (madaniyatning yaratuvchisi, saqlovchisi va iste’molchisi sifatida). 3. Ijodkorning ijtimoiy pozitsiyasi va dunyoqarashi. Bu omillar o‘zaro bog‘liq, ularning birortasi umummadaniy rivojlanishda boshqalaridan ajralgan holda hal qiluvchi o‘rin tuta olmaydi»3 . Adabiyot madaniyatning mafkuraga eng yaqin sohasi bo‘lganligi uchun ayrim davrlarda unda mafkuraning ta’siri kuchayganligi kuzatiladi. Shunga qaramay, ijodkor xalq vakili sifatida uning «anglashilgan ehtiyojlari» ta’sirini rasmiy davlat siyosatidan past darajaga qo‘ya olmaydi. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, «ijodkor rasmiy davlat siyosatini korreksiya qiladi, ya’ni unga ma’lum darajada tuzatish kiritadi»4 . SHo‘ro davrida o‘tmishdagi hukmdorlarga va dinga aloqador har qanday ijodkor asarlari «feodal-klerikal» yoki «saroy adabiyoti» tamg‘asi bilan o‘rganish doirasidan chiqarib tashlangan edi. Bunday sharoitda saroyga aloqador har qanday yuksak badiiy saviyadagi asarlar ham e’tibordan chetda qolib ketishi mumkin edi. O‘zbekistonning hozirgi madaniy siyosati sho‘rolarning zo‘ravonlikka asoslangan, ateizm andozalariga solingan mafkurasiga qarama-qarshi o‘laroq umuminsoniy qadriyatlarga, fikrlar xilma-xilligiga tayanadi. Bu siyosat o‘zbek xalqining (bu yerda yashayotgan boshqa xalqlarning ham) o‘tmishda yaratilgan barcha asarlarini o‘rganish imkoniyatlarini yaratdi. Lekin bu har qanday adabiy manbani har kim o‘z bilganicha tadqiq etaverishiga, parokandalikka yo‘l beriladi, degani emas. Har bir manbani tadqiq etishda O‘zbekistonning milliy mafkurasiga xizmat qilishi bilan bog‘liq bir qator shartlar e’tiborga olinishi zarur. Bu shartlar, bizning fikrimizcha, quyidagilardan iborat: - xalqning azaldan ardoqlab kelingan qadriyatlari ulug‘lanishi, ularga asoslanilishi; - aholining milliy-tarixiy tafakkuri va turmush tarzidan kelib chiqilishi; - hurfikrlilik, diniy bag‘rikenglikka munosabatning to‘g‘riligi;
- ma’naviy va axloqiy tamoyillarga amal qilinishi;
3 Erkayev A. Ma’naviyat – millat nishoni. – T.:
«Ma’naviyat», 1999. – B. 174. 4 Erkayev A. O‘sha asar. – B. 175 18 - taraqqiyotga, jumladan ma’rifiy taraqqiyotga, yangi fikrlar tug‘ilishiga, yangi jamiyat qurilishiga xizmat qilishi;
- badiiy saviyaning yuksaklik darajasi; - keltirilgan ma’lumotlarning asosli va haqqoniy ekanligi; - muallif ijtimoiy pozitsiyasida biryoqlamalikka yo‘l qo‘yilmaganligi;
- urush, zo‘ravonlik, bosqinchilik; diniy, irqiy, sinfiy va tabaqaviy kamsitish kabi illatlarga yon berilmasligi.
Ikkinchidan, asarning adabiy merosga munosabatni belgilovchi mezonlarga muvofiqligi. Ma’lumki, real gumanizmning talabi jamiyatda amalga oshiriladigan har qanday tadbirning oqibat-natijasi inson shaxsini yuksaltirishga, uning hurfikrlilik darajasini oshirishga, ruhiy-ma’naviy dunyosini boyitishga, ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishidan iborat. Aks holda ular jamiyatning ma’naviy inqiroziga sabab bo‘lishi mumkin. Ijodkorning hukmron tabaqa buyurtmasiga asosan yaratayotgan asari ana shu real gumanizm g‘oyalariga ters bo‘lishi mumkin emas. Adabiy merosni tadqiq etishda ham uning o‘z davri ma’naviy hayotida o‘ynagan rolini ustuvor masala sifatida diqqat markazida tutish maqsadga muvofiqdir. Chunki u rivojlanuvchan hodisa bo‘lib, biz tushunib yetgan narsalar pirovard natija emas, buyuk mumtoz merosning bir qirrasi, xolos. Muayyan bir obidaga turli davrlardagi nuqtai nazarlar turlicha bo‘lishi tabiiydir. Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlash joiz. Bu adabiy merosga bo‘lgan munosabatning eng nozik masalasi – har qanday «madaniy merosga bo‘ysunmasdan uni egallab olish» tamoyili bilan yondashish masalasidir. Adabiy asar o‘z badiiy ta’sirchanligi bilan o‘quvchiga ma’lum g‘oyaviy mazmunni muayyan talqinda yetkazish maqsadini amalga oshiradi. O‘tmish merosimizning ma’naviy ideallarimizni boyitishga xizmat qiluvchi g‘oyaviy-axloqiy, badiiyestetik jihatlarini o‘zlashtirish jarayonida o‘sha davrning ayrim ijtimoiy-siyosiy aqidalariga to‘g‘ri baho berish ham zarur. 19 Yuqoridagilardan kelib chiqilib, adabiy manbaga baho berish va o‘rganishda quyidagi besh mezonga tayanilishi maqsadga muvofiq: 1. Vatanparvarlik. 2. Milliy iftixor va xalqchillik. 3. Insonparvarlik. 4. Taraqqiyparvarlik. 5. Badiiy-estetik qimmatga egalik, badiiy mukammallik. Bu mezonlar, bizningcha, adabiy merosimizning har bir namunasiga taalluqliligi bilan umumiylik kasb etadi. Biroq ularga tor g‘oyaviy chegaralanishlarsiz yondashish maqsadga muvofiqdir. Vatan millat tomonidan yaratilgan eng buyuk obidadir. Uning tarixi ham, buguni ham, kelajagi ham unga egalik qiluvchi millatning sha’ni, g‘ururi va nomusidir. Qadimiy adabiy manbalar ana shu sha’n, g‘urur va nomusni himoya qilishda ahamiyatli ekaniga ko‘ra vatanparvarlik mezoniga muvofiqdir. Ularda O‘zbekiston nomi qayd etilmasa-da, hozirda bu yurtda yashayotgan xalqlar ajdodlari tomonidan yaratilib, ularning bugungi avlodlari manfaatlariga xizmat qiladigan har qanday ijod namunalarida vatanparvarlik namunalarini topish va talqinda unga e’tibor qaratish alohida ahamiyatga ega. Milliy iftixor va xalqchillik mezoni milliy qadriyatlardan faxrlanish va g‘urur tuyg‘ularini rivojlantirishga, shuningdek, milliy qadriyatlarning qiyofasini saqlab qolishga, ularni yanada sayqal toptirishga, bu orqali xalqni jipslashtiruvchi, milliy hamjihatlikni ta’minlovchi, ma’naviy umumiylikni, turmush tarzidagi mushtaraklikni, intilish, xohish-irodani aks ettiruvchi va mustahkamlovchi an’analar, badiiy obrazlar, vositalar hamda axloqiy g‘oyalarga amal qilinishini anglatadi. Insonparvarlik mezonida manbaning inson ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qay darajada muvofiqligini aniqlash, jumladan, unda yuksak fazilatlarning tarannum etilishi va komil shaxsiyatni shakllantirishga, tarbiyalashga xizmat qiluvchi g‘oyalarning aks etishi tushuniladi. 20 Adabiy asar taraqqiyparvarlik mezonida tahlil qilinib, o‘z bahosini olishi lozim. Bunda tadqiqotchi talqinining ahamiyati katta. Agar adabiy manba kelajakka qaratilmagan, o‘tmishni ideallashtirgan bo‘lsa va uni boshqacha talqin qilishning iloji ham bo‘lmasa, adabiyot tarixiga doir tadqiqotlarda uning nomigina sanoqda qolishi mumkin, xolos. Uning ommaviy o‘qilishi yoki o‘rganilishi imkonsiz bo‘lib qoladi. Lekin shuni unutmaslik lozimki, taraqqiyparvarlik faqat moddiy o‘lchamlardagina mavjud emas. Axloqiy komillikka xizmat qilishi ham tarqqiyparvarlikdir. Manbaning badiiy-estetik tarbiyada qimmatga egaligi, ya’ni badiiy mukammallik darajasi uni o‘rganishda eng muhim xususiyatlaridan biri sanaladi. O‘zbek adabiyoti manbalarining qadimiyligi va ko‘pligi jihatidan jahondagi har qanday qadimiy adabiyot bilan bellasha oladi. Tabiiyki, bunday qadimiy va boy adabiyot manbalarining hammasini ham yuksak badiiy darajada yaratilgan deb, bo‘lmaydi. Bir qator asarlar borki, ularning ayrimlari ma’lum guruh va tabaqalar manfaatini himoya qiluvchi g‘oyalarga bag‘ishlanib, ibtidoiy badiiyat unsurlarigagina ega bo‘lsa, ayrimlari taqlid darajasidan o‘ta olmagan. Adabiyot tarixi fanida ular muayyan davr badiiy darajasiga baho berish, adabiy jarayon va harakatlar tadrijini aniqlash maqsadidagina, ya’ni fanning ma’lum masalalasiga oydinlik kiritish uchun o‘rganilishi mumkin. Uchinchidan, asarning adabiy manba sifatidagi darajasi yuqoriligi va muallif ijodini kompleks o‘rganishda ahamiyat kasb etishi. Asarning yuqorida keltirilgan mezonlarga muvofiq talqinlar uchun asoslarga egaligi uning adabiy manba sifatidagi darajasi yuqoriligini ta’minlaydi. Bunday asarlar adabiyotshunoslik qonuniyatlari asosida yangi nazariy xulosalar olish uchun asos bo‘la oladi va ularni badiiy adabiyotni yanada rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi tadqiqotlar doirasiga tortish mumkin. Shuni ham ta’kidlash lozimki, bunday asarlar muallif ijodini kompleks o‘rganishda va uning ijodiy jarayonga ta’sirini aniqlashda ham alohida ahamiyatga 21 ega. Pirovardida manbaning ilmiy tadqiqotlar taraqqiyotiga xizmat qilish darajasi ham belgilanadi. O‘zbek adabiyoti tarixi ming-minglab jildlardagi adabiy va badiiy asrlarga ega. Ular turli davrlarda, turli xatlarda, har xil saviya va darajadagi ijodkorlar tomonidan yaratilgan. Ularning hammasini ham bugungi tamoyillarga asosan o‘rganish imkonsiz. Lekin bu manbalar orasida badiiy ijodning nodir namunalari, durdona asarlar ham borki, ular xalqimiz tarixining barcha zamonlarida ardoqlanib, o‘rganilib keladi. Ular bugungi talab va tamoyillarga ham to‘la-to‘kis javob beradi. Asrlar sinovidan o‘tgan, milliy taraqqiyotimizga xizmat qiluvchi bunday asarlar majmui “mumtoz adabiyot” deb yuritiladi. Ularning mualliflari esa, mumtoz ijodkorlar sifatida e’tirof etiladi. Shunga ko‘ra, “Adabiyot tarixi” fani “Mumtoz adabiyot tarixi” deb ham yuritiladi.
Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin