O‘zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Leksik - semantik me’yor.
2. Talaffuz – (orfoepik) me’yor.
3. Yozuv (grafika) me’yori.
4. Fonetik me’yor.
5. Aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash) me’yor.
6. Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor.
7. So‘z yasalish me’yorlari.
8. Imloviy me’yor.
9. Uslubiy me’yor
10. Punktuatsion me’yor.
Adabiy me’yorning og‘zaki va yozma ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, og‘zaki adabiy me’yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago‘y xalq shoir - baxshilari katta hissa qo‘shsalar, yozma adabiy me’yorning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib qoldiriladigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman olganda, adabiy til me’yorini o‘rganish yangi hodisa emas. Til me’yori va adabiy me’yor muammo sifatida nutq madaniyati ilmiy soha deb tan olingunga qadar ham o‘rganib kelingan. Adabiy til me’yori, uning shakllanish, rivojlanish, stabillashuv qonuniyatlari nutq madaniyati sohasining tekshirish obyekti hisoblanadi.
Og’zaki nutq turlari Siyosiy-ijtimoiy nutq:
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq.
3. Siyosiy sharh.
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi.
5. Miting nutqi.
6. Rasmiy-diplomatik nutq.
7. Ilmiy-ommabop nutq.
2. Akademik nutq:
1. O'quv yurtlari ma'ruzalari.
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar).
3. Ilmiy sharh.
4. Ilmiy axborot.
3. Sud nutqi:
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.
3. Oqlovchi (advokat) nutqi.
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi.
5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi.
4. Ijtimoiy-maishiy nutq: 1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
2. Ta'ziya (motam nutqi).
3. Tabrik nutqi (tost).
1-topshiriq. “Milliy urf-odatlar” mavzusida insho yozing.
2-topshiriq.Gaplarni o‘qing. Rus tiliga tarjima qiling. So‘zlarning bog‘lanishiga e’tibor bering. 1. Salima ukasini bolalar bog‘chasiga olib ketdi. 2. Men kitobni bir kechada o‘qib chiqdim. 3. O‘zbekistonda chiroyli joylar ko‘p. 4. Shahrimizga har kuni minglab sayyohlar kelishadi. 5. Tongda boshlangan qor kechga borib ham tinmadi.