O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
«BO‘STON»dan
Ayb qidirmaslik haqida
Birov ilmdon-u bo‘lsa tadbirkor,
Nogoh toyib ketsa oyog‘i yakbor.
Kichik bir xatoga gapirma qo‘pol,
Ulug‘lar demishlar: «Yaxshilikni ol!»
Birga o‘sadi-ku tikan birla gul,
Ey odil, tikanmas, gulni dasta qil.
Tab’i aybjo‘ylik bo‘lsa agar bas,
Tovus oyog‘idan boshqasin ko‘rmas.
Tozalik axtargil, ey o‘zi xira,
Ne ko‘rsatar ko‘zgu gar yuzi xira!
Barcha aybin yuzga solma, ey g‘addor,
Sening ham aybingni ko‘rsatuvchi bor.
Gunohkorga darra, cho‘p buyurgani
O‘zini gunohsiz bilurmi, qani?
Yomonlik yoqmasa, o‘zing qilmagil,
Keyin boshqalarga «qilmagil», degil.
Yaxshi-yu yomoni o‘zining moli,
Har kim o‘z foyda-yu ziyon hammoli.
Sa’diy she’rin ko‘rib ichi qoralar,
Nafrat bilan so‘kib, uni qoralar.
Yuzlab nuktasiga solishmas quloq,
Bir aybni topsalar, ta’na besanoq.
Bir illati bordir xudpisand so‘zin,
Hasad ko‘r qilgandir haqiqat ko‘zin.
Har ko‘z-u qosh yaxshi, demagil, do‘stim,
Pista mag‘zini ye, tashlagil po‘stin.
Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i
Yoshlik davronimdan esimda qolgan:
Hayitda chiqardim men otam bilan.
O‘yinga berilib yugurdim, shoshdim,
Otamdan olomon ichra adashdim.
Baqirdim, ovozim har yoqni buzdi,
Otam yetib kelib, qulog‘im cho‘zdi.
Ey ko‘zi o‘ynoqi, sho‘xi beqaror,
Barimni mahkam tut, dedim necha bor.
Bilmaysan yosh bola bo‘lgandan keyin —
Tanho yo‘l yurmoqlik dunyoda qiyin.
Sa’diydek dunyoni kezib ter boshoq,
Ma’rifat xirmonin yig‘arsan shu choq.
Dehqon hayajonda: o‘sarmi nihol,
Ko‘chatidan meva berarmi iqbol?
Ba’zi xomtamalar sochmay urug‘, don,
Ko‘tarmoqchi bo‘lar dehqonday xirmon.
Hikoyat
Eshitdim adolatli bir podsho,
Kiyarkan astar-u avra bo‘z qabo.
Biri debdi: «Shohim, to‘ning juda jo‘n,
Xitoyi shohidan tiktir yaxshi to‘n!»
Debdi: «Bul kiyimda tanga osoyish,
Bundan ortig‘idir zeb-u oroyish...
Mening boshimda ham yuz-yuzlab havas,
Lekin g‘azna tanho meniki emas.
Qo‘shunlar haqidir boylig-u gavhar,
Shoh ziynati uchun emas siym-u zar.
Gar askar bo‘lmasa shohidan rizo,
Vatan chegarasi qolur xavf aro.
Dehqon eshagini talab ketsa yov,
Nechuk soliq olar Sulton beayov.
G‘animlar talasa, shohi olsa boj,
Ne iqbol ko‘radi unday taxt-u toj.
Dostları ilə paylaş: |