O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu: Bir hakim o‘g‘ullariga mundoq pand berur edikim: «Ey jon farzandlarim, hunar o‘rganinglar, negakim, mulk va molg‘a e’timod yo‘qdurur. Siym va zar xatar mahallidadur — yo o‘g‘ri barchasini birdan olur va yo hakim oz-oz olib yo‘q etar. Ammo hunar chashmayi ravon va davlati bepoyondurkim, agar hunarmand odam davlatdin tushsa, hech g‘am va alami yo‘qdur. Nedinkim, hunar aning zotida ulug‘ davlatdur va har yergakim borsa, sohibi qadr bo‘lur va majlisning yuqorisida o‘lturur va hunarsiz kishi gadoylik qilur va har joygakim borsa, beqadr va bee’tibor bo‘lur».
Bayt:
Ota merosini gar istasang, o‘rgan ota ilmin,
Ki qolgan mol otadin sahl muddatda tamom o‘lg‘ay.
DARYO KO‘RMAGAN QUL HIKOYATI Bir podshoh bir ajamiy g‘ulom bila kemaga mindi. G‘ulom hargiz daryoni ko‘rmamish erdi va kemaning haybat va mehnat in bilmamish erdi. Vahm bila ko‘p yig‘lab, zorlig‘ qilib, a’zo va andom ig‘a larza va beqarorlig‘ yetishti. Har nechakim mulotafat ko‘rguzub, tadorik in qilur erdilar, aslo orom topmas erdi. Bu jihatdin, podshohning ayshi tiyra bo‘lur erdi. Hech chorasin topmas erdilar, ammo hamul kecha ichida bir hakim bor erdi. Podshohga dedi: «Agar ruxsat bersangiz, man bir ish etib, ani xomush qilurman». Podshoh dedi: «Agar mundoq qilsang, bizning haqimizda nihoyatsiz karam qilmish bo‘lg‘aysan». Ondin so‘ng hakim buyurdi, to g‘ulomni sochidan tutub, daryog‘a tashladilar. Uch navbat cho‘mg‘ondin so‘ng tortib, kemaning oldig‘a yovuq kelturdilar. G‘ulom jon havlidin ikki qo‘li bilan kemadagi kishilarning qo‘lig‘a yopushib, zo‘r bila o‘zini kema ichiga olib, bir go‘shada o‘lturub, orom tutdi. Podshohg‘a bu hol taajjub ko‘runub, so‘rdikim: «Munda ne hikmat bor erdi?» Hakim dedi: «G‘ulom burundin g‘arq bo‘lmoq mehnatin ko‘rmamish erdi, lojaram, kema ichining salomatligi qadrin bilmas erdi, emdi bildi, andoqkim, ofiyat qadrin bir musibatg‘a giriftor bo‘lg‘on kishi bilg‘usidur». Qit’a:
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’rof.