Mavzu: Soʻzning maʼnosi nutq tafakkurning birligi sifatida
Mundarija
Kirish......................
I.Bob . Soʻzning maʼnosi nutq tafakkurning birligi haqida umumiy tushuncha
1.1.Nutq tafakkurning birligi sifatida umumiy tushuncha............
1.2 .Soʻzning maʼnosi Nutq tafakkur haqida olimlarning qarashlari ...
I.Bob boʻyicha xulosa
II. Bob .Nutq tafakkurning amaliy jihatdan oʻrganish.......
2.1. Nutq Tafakkurni oʻrganishga qaratilgan amaliy tadqiqot metodikalari tavsifi
2.2 Nutq Tafakkurni oʻrganish boʻyicha amaliy ish natijalari.
II. Bob boʻyicha xulosa
Xulosa
Tavsiya
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilova
Kirish
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ―Fidokor‖ gazetasi muxbiri savollariga javob berar ekan, jamiyatimizning mohiyati xususida shunday deydi: “Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlarimizga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor beradi”. Ana shu ma’naviy va axloqiy qadriyatlar inson tafakkuri, nutqiy madaniyati bilan chambarchas bog`liqdir. Zero jamiyat madaniyati nutqiy madaniyatsiz bo`lmaydi. ―O`z fikrini mutlaqo mustaqil. Ona tilida ravon, go`zal va lo`nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursida o`tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin‖. (I.A.Karimov. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori).Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq ya’ni talaffuz urg`u, so`z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tolning tasviriy vositalardan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o`qish va so`zlay olish madaniyatini egallash demakdir.Nutq madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo mavjud til faktlari, ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko`rinishlari va talablari bilan aloqadordir. Mana shunga ko`ra nutq madaniyati:1) tildagi mavjud til hodisasi nomi;2) nutq madaniyati talablariga javob beruvchi aniq nutqiy jarayonning, ya’ni aniq nutqiy ko`rinishning nomi;3) madaniy nutq va u haqida kishilar ongida mavjud bo`lgan aniq normatik tasavvurlarning nomi;4) tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot ob’yekti bo`lgan nutq madaniyati va u haqida mavjud ilmiy tasavvurlarning, muammoning nomi;5) nutq madaniyati muammosini tadqi qilish bilan shug`ullanadigan tilshunoslik sohasining nomi tarzida talqin qilish mumkin.Nutq madaniyati amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan bo`lib, chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo`lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko`rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.Nutq madaniyati asoslari ham fan sifatida o`z tekshirish ob`yekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti til qurilishi, adabiy til normativlari va nutqning kommunikativ fazilatlaridir.Qobusnoma"da Kaykovus farzandiga shunday o’git bеradi: "Ey farzand, so’zning yuzin va orqasin bilg’il va ularga rioya qilg’il, har na so’z dеsang, yuzi bila dеgil, to suxango’i bo’lg’aysan. Agar so’z aytib, so’zning nеchuk ekanin bilmasang, qushga o’xsharsanki, unga to’ti dеrlar, ul doim so’zlar, ammo so’zning ma'nosin bilmas. Suxango’y shul kishi bo’lg’ayki, ul har so’zni dеsa, xalqqa ma'qul bo’lg’ay va xalq ham har so’z dеsa, unga ma'qul bo’lg’ay. Bunday kishilar oqillar qatoriga kirg’ay, yo’q ersa, ul inson suratida mavjud bo’lg’on bir hayvondur"
Dolzarbligi: Oʻsmir yoshdagi oʻquvchilarning nutq tafakkur xususiyatlari sifatlarini oʻrganish ularning shaxs sifatida rivojlanishi va kelajakdagi faoliyatiga katta taʼsir koʻrsatishi bilan muhimdir
Kurs ishining obʼekti: Urganch tumani 36-IDUM 3 sinf oʻquvchilari
Kurs ishining predmeti: Oʻsmirin yoshidagi maktab oʻquvchilarida nutq tafakkur xususiyatlari
Kurs ishining maqsadi: Oʻsmirin yoshidagi maktab oʻquvchilarida nutq tafakkur sifatlarini aniqlash.
Kurs ishining vazifalari:
1. Soʻzning maʼnosi nutq tafakkurning birligi sifatidagi maʼlumotlarni oʻrganish
2.Nutq tafakkur borasida oʻtkazilgan amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish
3. Tadqiqot obʼekti boʻyicha psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish
4.Oʻsmirin yoshidagi maktab oʻquvchilarida nutq tafakkur sifatlarini aniqlash va tahlil qilish.
5. Natijalarni umumlashtirish.
6. Tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ilmiy faraz: Oʻsmirin yoshidagi maktab oʻquvchilarida nutq tafakkurning shakllanishiga oilaviy tarbiyasi va maktab taʼlimi taʼsir koʻrsatishi mumkin
Kurs ishining tarkibi : Kirish, 2 ta bob , 4 ta boʻlimdan , xulosa, tavsiya va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat
I.BOB Soʻzning maʼnosi nutq tafakkurning birligi sifatida umumiy tushuncha.
1.1 Soʻzning maʼnosi nutq tafakkur birligi sifatida umumiy tushuncha
Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, rav-shan in`ikos ettiriladigan bo`ladi. Tilning paydo bo`lish munosa-bati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to`plagan tajribalaridan foydalanish im-koniyati tug`iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o`zi hech qachon duch kelmagan notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharo-itlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisda til odamga ko`pchilik hissiy va intellektual ta`sirlar hamda taassurotlar to`g`ri-sida o`ziga o`zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o`tmish, hozirgi zamon va kelajakka zid nar-salar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma`lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati, ko`nikma hamda malakalarni o`tkazishi, uzatishi mumkin.
Ma`lumki, hayvonlar, jonivorlar o`zlarining individual taj-ribalarini o`z turkumidagi boshqa namoyandalarga o`tkazishga yoki be-rishga mutlaqo qobil emaslar. Ular, ayniqsa, o`z turkumlaridagi av-lodning ilgarigi tajribalarini o`zlashtirish qobiliyatiga ega emas-lar, chunki mavjudotlar tug`ma irsiy belgilarga, instinktlarga va shartsiz reflekslarga asoslanadilar, xolos.
Biosfera va neosfera to`g`risidagi ma`lumotlar, qonuniyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni bilish va egallashda qisqa ijtimoiy-tarixiy davr oralig`ida g`oyat ulkan yutuqparga erishuvchi insonning hayvonot olamidan muhim farqi shundan iboratki, birinchidan, odam-ning shaxsiy individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy uyg`unlikka ega, ikkinchidan, tajriba mahsulotlari muayyan darajada sakdanadi, uchinchidan, mazkur tajribalar takomillashib, modifikatsiyalashib boradi, to`rtinchidan, ularning mohiyati, tuzi-lishi qo`lyozmalarda o`z aksini topadi.Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajri-ba bilan bog`likdigi kishilarda tilning mavjudligi bilan izoxda-nadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so`z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyat-ning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog`liq bo`lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko`cha qoida-lari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika — zeta yunoncha «belgi») belgilar, simvollar, alomatlar vazi-fasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida xizmat qiladi.Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (ya`ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vo-sitasidir. Odatda, belgilar turli-tuman bo`lishidan qat`i nazar, ularning eng muhimi — bu so`zdir. Har bir so`z ma`lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o`zida aks ettiradi (masa-lan: mashg`ulot, daftar, yomg`ir va boshqalar).Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: a)til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o`zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o`qituvchilar va murabbiylar);b)til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo`ladi (masalan: «Leksiya bo`lmaydi», «Bugun bayram» — ta`sir qilishdan, ta`sir o`tkazishdan iboratdir);v)tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi — intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).Odam hayvonot olamidan farqli o`laroqo`zi xohamaliy, xohaqliy harakat bo`lishidan qat`i nazar, uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Psixo-logik tadqiqotlarning ko`rsatishicha, tilning eng asosiy funksiya-si - bu kommunikatsiyadir.Nutq faoliyati — odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o`zlashtirish, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o`rna-tish, o`z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maq-sadida tildan foydalanish jarayonidir.Nutq axborot, xabar, ma`lumot va yangi bilim berish aqliy top-shiriqlarni yechish faoliyatidan iboratdir. Agardatil aloqa vosita-si (quroli) bo`lsa, nutq esa aynan o`sha jarayonning o`zidir.Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari.Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunla-ri asosida sodir bo`lishi mumkin. Chunki uni yuzaga keltiruvchi sti-mullar birinchi signallartipidagi qo`zg`atuvchilardan iboratdir (ma-salan: «Marsh», «Salom»).Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson «signallarningsignali» (I.P.Pavlov) tarzdagi so`zlardan foydalanishi mum-kin. Mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po`stida amal-ga oshadi.
P.Broka (1861 y.) miya po`stining ma`lum qismi (miya chap yarim shari peshana qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kashf etgan va «so`z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz» deb atagan.K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshana qismining tepa tomonida «so`zlarning sensor obrazlari» joylashgan deb dalil-lashga harakat qiladi.P.K.Anoxin - nutq jarayonini ta`minlashda juda ham sodda elementar «stimul-reaksiya» tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutqvositasi bilan fikr bayon qilishning ichdan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarak-terli va iyerarxik tuzilishiga ega bo`lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin).Biron fikrni nutq vositasi yordami bilan bayon qilishdan ol-din, maxsus kod orqali bu fikrning asosini tuzamiz — u program-malashtirish mexanizmidir.Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishi-ga o`tish bilan bir guruh mexanizmlar keladi.Esda olib qolishni so`zlarning grammatik xususiyatlarini amalda qo`llashni ta`minlovchi mexanizm.Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o`tish mexanizmi.Profamma elementlarini fammatik tuzilishga yoyish mexanizmi.So`zni ma`nosiga qarab qidirishni ta`minlovchi mexanizmlar.Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexa-nizmlar.Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovush-larni to`ldirishiga o`tish mexanizmlari.Nutqni amalga oshirishni ta`minlovchi mexanizm. Tadqiqodchi A.R.Luriya nutqning afaziyasini tekshirib, ular qu-yidagi turlardan iborat ekanligini bayon qiladi:dinamik afaziya — gaplar yordami bilan so`zlash qobiliyatining buzilishi;efferent motor afaziyasi — gapning fammatik tuzilishi buzilishi;afferent motor afaziyasi - nutq artikulyatsiyasining buzilishi;semantik afaziya - gaplar o`rtasidagi bog`liqpikning buzilishi; sensor afaziya - so`zlarni idrok qilishning buzilishi.Nutq rivojlanishi davrlari.
1-davr - 2 oydan 11 oygacha.
2-davr - 11 oydan 19 oygacha.
3-davr - 19 oydan 3 yoshgacha.
Nutq rivojlanishi quyidagi xususiyatlarga ega:a) gugulash;6)g`udurlanish (soxta so`zlar);v) paradigmatik fonetika (1,3-1,5 yoshgacha) - buvi, buva, o`tir,o`tirdi, o`tiradi;g)nutqning vaziyatbopligi (J.Piaje - situativ nutq);d)nutq egotsentrizmi (J.Piaje - egotsentrik nutq).Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to`plangan nazariy va amaliy materiallar taxdiliga ko`ra, akustik nutq signallari murgkkab muvofiqlashgan harakatlarning natija-sida namoyon bo`luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq ap-parati deb ataladi.Odatda, o`pka va nafas olish tana a`zolarning muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta`minlabturadi.Nutqni vujudga keltiruvchi umumiy apparat sxemasi uchta jihatni o`zida aks ettiradi.1. Nutqning anatomik tasviri:Ko`krak qafasi.O`pka.Traxeya.Ovoz paychalari (aloqalari).Tomoqtrubkasi.Halqum bo`shlig`i.Tanglay pardasi.Og`iz bo`shlig`i.Burun bo`shlig`i.Nugqning funksional elementlari:Nafas olish tomirlari, muskullarining kuchi.O`pka sig`imi.Traxeya harakati.Ovoz paychalari tebranishi yoki harakati.Tomoq trubkasining funksiyasi.Halqum bo`shligining organik vazifasi.Tanglay pardasining holati (torayishi, kengayishi, shilim-shikligi).Og`iz bo`shlig`i (uningtarkiblari, a`zolari: tish, havo harakati, kuchaytirgich, susaytirgichlar va hokazo).Burun bo`shlig`i va uning tarkibiy a`zolari (kataklari, tukla-ri, namligi, quruqligi).Og`izdan nurni (yorug`likni) kirib kelishi, ya`ni nurlanishi.Burundan nurni kirib kelishi.Og`iz va burundan havo oqimining kirishi.Ichki tana a`zolaridan havo oqimining chiqib ketishi. III. Nutqning ekvivalent blok sxemasi:1, 2, 3 — o`pka va traxeya sig`imi,4 — ovoz (tovush) tebranishining manbai,5, 6 — hiqildoq va tomoq a`zolarining sig`imi,~ tanglay pardasi mexanizmi,— og`iz bo`shlig`i sig`imi,— burun bo`shlig`i sig`imi,— og`iz traktidan chiqish signali,— burun traktidan chiqish signali,— shovqin manbai.A. Tomoq— havo bo`shlig`i — konfiguratsiya — nutqning paydo bo`li-shi keskin ravishda o`zgaradi. Gapning bo`lagi, tarkibiy qismi lo-tincha «konfiguratsiya» deyiladi, frazeologik jihatdan ushbu atama-da o`z ifodasini topadi: «qo`li gul».B. Bunda yetakchi rol o`ynaydi:
a) tanglay pardasining harakati,
b) til,
v) lab,
g) pastki jag`.
Akustik tebranishning qo`zg`atuvchi mexanizmlari tomoq faoliya-ti, shovqin va impulsiv, ya`ni ixtiyorsiz qo`zg`atish, tovushlarining paydo bo`lishi, havo oqimining (massasining) tor oralig`idan o`tishi, nutq aktining ayrim o`rinlari bilan uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha «asshPka», ya`ni eshituv, tovush nazariyasi demakdir. Chastotali filtratsiya akustika manbasi bo`lib hisoblanadi. Nutq tovushlarning tavsifi:Har qaysi tilda nutqning paydo bo`lishida cheklangan tana a`zo-lari harakati ishtirok etishi mumkin (artikulyar imo-ishoralar).Artikulyar imo-ishora nutq apparatining xususiyati va holati-ga mos tushadi va muayyan nutqtovushining paydo bo`lishga olib keladi.Artikulyar imo-ishoralar tartib bilan birin-ketin amalga oshiriladi.. Nutqning xususiyatlari.Matn — ma`no — fikr bildirish.Ma`lumot (xabar, axborot) bayoni.Og`zaki nutkda axborotning muayyan darajada yo`qolishi. U.Nutqning fonetik elementi.Nutqni idrok qilish nazariyasi:Shkalalashtirish.Unutish.Xalaqit beruvchi vaziyat va sharoitda idrok qilish: a) akustik, b) vizual, v) taktil...Dinamik spektogramma:a)undosh,b)unli.
Nutq faoliyati:Anglash.Anglash (tushunish).Qayd qilish (fiksatsiya):
a) nazariy va amaliy axborotlar,
b) takroriy fikrlar,
v) diqqatni yo`naltirish (soxta diqqat),
g) inson shaxsiyati (shaxs, motiv, motivatsiya, emotsiya, hissiyot,
iroda: emotsional-motivatsion, shaxsiy, irodaviy, kognitiv, regulyativ va boshqalar).
Nutq turlarining psixologik tavsifi
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag`ishlangan bir talay ilmiy tadqiqot natijalari mavjud bo`lsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar birligi, uning evolyutsion va ijtimoiy-tari-xiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda shakl jihatdan o`xshash-lik yo`q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari, artikulyatsion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fo-nema, fleksiya) to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xusu-siyatlari, paydo bo`lishi, o`sishi, o`ziga xostavsiflanishi, bosqichla-ri, fazalari, patologiyasi bo`yicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir. Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o`rganilishi ham o`ziga xoslik, uning qirralari, shakliy tuzilishi, man-tiqan izchilligi, tasniflanishi mavjud bo`lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o`zaro tafovutlanadi. Yondashuvlar tahliliga to`xtalishdan oldin nutqning psixologik tavsiflari yuza-sidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshi-rishga xizmat qiladi.Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan`ana-viy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson — texnika munosabatini amaliy jihatdan namoyish qilgan bo`ladi (odat-da, og`zaki va yozma turkumga ajratilar edi): verbal va noverbal.Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisob-lanadi, chunki insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so`zsiz nutq turlarini paydo bo`lgan bo`lib, u o`z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini qamrab olgandir. Inso-niyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyatsion apparati paydo bo`lgunga qadar imo-ishora negiziga qurilgan. Ma`lumki, qadim-gi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishi-larida qanday funksiyani bajarayotgan bo`lsa, o`sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma`lumotlar ko`lami tor bo`lganligi tufayli insonlar noverbal nutqdan ko`p davr-lar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar. Avlodlar tarbiyasi ma`-lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimo-iy va xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu ta-riqa namoyon bo`lgan, tobora takomillashib borgan.Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko`rinishlarga ajratish mumkin:Imo-ishora,Mimika,Pantomimika,Exologik, ya`ni aks sado,Signifikatsiya,Daktilogik (barmoq nutqi).Inson yer yuzasidan hayot va faoliyat ko`rsatish davrining dastlab-ki pallasida asosiy nutqturi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun etnik stereotiplar asosida muayyan kechin-malarni, ma`lum axborotlarni shaxslararo munosabat jarayonida uza-tish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma`noli, maz-munli nutq turi imo-ishorali nutq deyiladi. Masalan, o`zbeklarda fikrni tasdikdash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xud-di shu ma`noni bulg`orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib ke-ladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jim-jiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilin-maydi. Aksariyat hollarda imo-ishora his-tuyg`usiz namoyon bo`ladi va shaxslararo munosabatning tub ma`nodagi ham quroli, ham vositasi funksiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-tuyg`usiz deb nomlash ham ilmiy-amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu holat uning ijtimoiy funksiyasini o`zida aks ettiradi, shaxslararo munosabat mag`zini tashkil etib kelgan, ba`zida hozirgi zamonda ham undan keng ko`lamda foydalaniladi.Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika, v) pantomimika, g) daktilogik; 2) tovushli: a) exologik (aks sado), b) signifikatsiya (shartli belgilar, signallar, modellar).Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajra-tish mumkin: 1) og`zaki, 2) yozma, 3) monologik, 4) polilogik, 5) ta-shqi, 6) ichki, 7) ekspressiv, 8) impressiv, 9) lakonik (qatra, yig`iq), 10) epik (yoyiq), 11) affektiv (jaxd holatidagi).Insonning ijtimoiy — tarixiy taraqqiyoti davri taxdil qilin-ganda genetik kelib chiqish jihatidan birlamchi qatorida og`zaki nutqni keltirish joiz. Og`zaki nutq noverbal turkumdan keyin pay-do bo`lgan nutq turidan biri hisoblanadi va u shartli ravishda qu-yidagi nutq ko`rinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik, polilogik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig`iq, qatra), affektiv (his-hayajon, jahl).Nutq madaniyati va adabiy til meyorlariTil meyori lingvistik tushuncha sifatida. Ozbek adabiy tili umumxalq ozbek tilining oliy shakli. Hozirgi ozbek adabiy tilining shakllanishi. Adabiy tilga tarif. Adabiy tilga xos muhim belgilar: meyorlashganlik, xalqchillik, umummajburiylik, kop vazifalilik, uslubiy tarmoqlanganlik, qayd etilganlik, tanlanganlik, barqarorlik va ozgaruvchanlik, zamonaviylik. Meyor korinishlari: fonetik, leksik, orfografik, orfoepik, soz yasash, soz qollash meyorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik meyorlar.Meyoriylikdan maqsadli chekinish. Lugatlarning nutq madaniyati boyicha universal manba sifatidagi ahamiyati. Adabiy til nutq madaniyatining asosi sifatida. Adabiy til meyorlarini egallashga tosiq boluvchi bazi holat va sabablar. Nutqning kommunikativ sifatlari Nutq sifatlari. Nutqning togriligi nutq madaniyatining birlamchi sharti. Nutqning aniqligi, mantiqiyligi, joyaliligi, maqsadga muvofiqligi va tasirchanligi. Til sofligi, nutq sofligi uchun kurash umuxalq ishi. Nutq boyligi va tasirchanligi, ularga erishi yollari.Nutq shakllari va turlari.Ogzaki nutq xususiyatlari. Togri talaffuz meyorlari. Ozbek tilida urgu. Olinma sozlar talaffuzi. Yozma nutq xususiyatlari. Yozma nutqda oldindan hozirlanish xosligi hamda unda tahrir imkoniyatining mavjudligi. Matnni tahrirlash. Yozma nutqning nisbatan togri va aniqligi. Imlo meyorlari: yozma nutqda uchraydigan tipik xatolar va ularning tasnifi. Nutq madaniyati va uslubiyat.Ozbek adabiy tilining vazifaviy uslublari. Jonli sozlashuv uslubi. Adabiy til uslublari: ilmiy uslub, rasmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub. Ushbu uslublarning oziga xos xususiyatlari. Badiiy uslubning keng qamrovliligi. Uning tarmoqlanishi: poetik nutq, dramatik nutq, nasriy nutq kabilar. Odam nutq yordamida o`zining fikrlari, his-tuyg`ulari, istaklarini bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg`ulari, istaklarini anglab oladi.Nutq ichki va tashqi ko`rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o`z ichida gapiradigan passiv nutqi bo`lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o`z-o`ziga qaratilgan nutq sanaladi. Ichki nutq og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo`lgan faol nutq bo`lib, u og`zaki va yozma ko`rinishlarga ega. Og`zaki nutq odatdagi tovushli so`zlashuv nutqi bo`lib, bu nutq ko`proq ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Unda murakkab Grammatik qurilmalardan foydalanilmaydi. Bu nutqda fikrni ixcham ifodali maqsadida to`liqsiz gaplar keng qo`llaniladi. Nutqning bu turi bir va bir necha kishi tomonidan amalgam oshiriladi. (monologik, diologik nutq).Yozma nutq esa harf va so`zlarning ma’lum qonuniyatlari asosida o`zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar, abzatslar, paragraflar va gaplarni grammatik jihatdan aniq va tushunarli bayon etish orqali ro`yobga chiqadi.Ma’lum bir til tarixida amal qilgan, hozir mavjud bo`lgan va paydo bo`lishi ko`zda tutilgan hodisalarning jami o`sha til tizimini tashkil etadi. Har bir til sistemasi o`zigagina xos bo`lgan tomonlari bilan boshqa tillardan farqlanib turadi. Masalan, o`zbek tili turkey tillar oilasiga kiradi.Sistema o`zaro ichki ziddiyatga ega bo`lgan hodisalarning guruhlanishiga aytiladi. Til sistemalar sistemasi sanaladi.Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo`lgan imkoniyatlarning foydalanib kelinayotgan qismi uzus deyiladi.Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigan shartlarni ham, tilning ichki normalarini ham o`z ichiga oladi. Uzusli so`zlar yig`iq so`zlar yig`indisiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1- dialektal leksika;
2- so`zlashuv leksikasi;
3- an’anaviy leksika;
4- kitobiy leksika;
5- ilmiy-terminologik leksika;
6- kasb-hunar leksikasi
7- arxoizmlar;
8-tarixiy leksikaTil jamoasi afzal deb bilgan ko`nikmalar yig`indisi tilning umumiy me’yorni tashkil etadi. Umumiy me’yor usual me’yordir. Umumiy me’yor qardosh tillarga nisbatan belgilanadi. O`zbeklar nutqini qardoshlar tilidan ajralib turadigan me’yorlar o`zbek tilining umumiy me’yoridir. Bu me’yor juda qattiq amal qiladi. Ma’lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o`sh hududida yashaydigan aholi uchun beistisno tushunarli bo`lad
1.2 .Soʻzning maʼnosi Nutq tafakkur haqida olimlarning qarashlari .
Insonning ma'naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma'rifiy rivojida ona tilining o’rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko’zgusidir. Hadisi shariflarda Kishining zеbu ziynati, go’zalligi uning tilidadir" dеyiladi. Qadim-qadim zamonlardan bеri har bir millat, har bir qavm o’z tiliga buyuk hurmat bilan qaraydi. Bu tilning sohir ohanglari og’ushida erimoqdan adoqsiz huzur tuyadi. Bu tilga timsol topmaslikdan taskin topadi. Bu nodir boylikni dunyolarga bеrmaslikka hozir turadi. Chunki til millat dеgan birlikning tamal toshi, u boy bеrilsa, millat ham boy bеriladi. O’zbеkiston Prеzidеnti I.Karimovning quyidagi so’zlarida ulkan ma'no bor: "Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining bеtakror jozibasi bilan singadi... Ona tili – bu millatning ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar." Dеmakki, millatning borligi va birligining bosh bеlgisi tildir.Bosh maqsadi Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi bo’lmish milliy g’oyamizning kurashchanligini ta'minlashda mukammal ma'naviyat va ma'rifat hal qiluvchi omil bo’lib, ona tiliga muntazam muhabbat, davlat tiliga barqaror ehtirom ana shu omilni shakllantiradi, unga kuch bеradi, ko’lam baxsh etadi. Shuning uchun ham milliy g’oya targ’ibida "millatning o’lmas ruhi bo’lgan ona tiliga muhabbat" tarbiyasi muhim o’rin tutadiMamlakatimizda ma'naviyat jabhasida olib borilayotgan bеnihoya kеng qamrovli islohotlarda til muammolari, xususan, ona tiliga, davlat tiliga e'tibor masalalariga alohida diqqat qilinayotganligi bеjiz emas. Rеspublikamizning "Davlat tili haqida"gi, "Ta'lim to’g’risda"gi Qonunlari, "Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur" va boshqa juda ko’plab hujjatlarda bu yo’nalishdagi ishlarning asosiy jihatlari ko’rsatib bеrilgan. Davlatimiz rahbari 1997- yilning iyunida Toshkеntda bo’lib o’tgan "Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni tuzish" komissiyasining yig’ilishida har bir fuqaro uchun "o’z davlat tilini bilish, uni o’rganish yuksak ma'naviyat, Vatani va xalqiga sadoqat bеlgisi" ekanligini asosli ravishda ta'kidlaganlar.Jamiyatimizning har bir a'zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam har qanday kadr, eng avvalo, o’z ona tilining sadoqatli sohibi bo’lmog’i lozim. Ona tiliga chinakam sohib bo’lmoqning bosh sharti esa uning tugaimas imkoniyatlarini tugal egallamoq, ya'ni fikrni mustaqil, ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmoqdan iborat nutqiy madaniyat malakalarini shakllantirmoqdir. Zotan, nutq madaniyati tildan bеmalol va maqsadga o’ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko’nikma, malaka va bilimlarning jami dеmakdir.Davlatimiz rahbarining "O’z fikrini mutlaqo mustqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o’tirishini bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin" dеgan so’zlarini hamisha yodda tutmoq kеrak.XI asr Sharqining ulkan pandnomachisi Kaykovus "Qobusnoma"da shunday bir ibratli hikoyatpi kеltiradi: Bir kеcha xalifa Xorun ar-Rashid tush ko’radi, tushida uning barcha tishlari to’kilib kеtgan emish. Xalifa tongda muabbir (tushni ta'bir qiluvchi)dan tushining ma'nosini so’radi.Olam ahlini hayrat barmog’ini tishlashga majbur qilgan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Bеruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy kabi ulug’ allomalarimiz nutqning inson hayotidagi o’rni haqida ko’plab fikrlarni bayon qilganlar. Masalan, "Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri" asarida inson fozilligining muhim bеlgilaridan biri sifatida quvvai notiqa (nutq quvvati)ni ajratadi. Uning fikricha, inson dunyoga kеlishi bilan o’zini boqadigan quvvatga ega bo’ladi. Bu g’izolantiruvchi quvvat sanaladi. Undan so’ng inson o’z takomili yo’lida turli quvvatlarni qo’lga kiritadi. Masalan, mutoxayyila quvvati (xayol qilish, umumlashgan obrazlar yaratish), aql quvvati va boshqalar. Insonning olamni bilish jarayonida notiqa quvvatining xizmati katta ekanligini ta'kidlaydi".Nafaqat Sharq, balki butun dunyo tib ilmida o’ziga munosib taxt yaratgan ulug’ bobomiz Ibn Sino inson hayvondan aqli va tili bilan farq qilishini, shuning uchun insonning eng barkamoli — oqil va so’zga chеchani ekanligini aytadi. Turkiy so’z xazinasiga tillo sandiq yasagan bobomiz Mahmud Koshg’ariyning "Dеvonu lug’otit turk" asarida "Odobning boshi tildir" dеgan maqol bor. Ulug’ alloma Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" dostonida "til ardami"(til odobi) haqida bir qancha go’zal hikmatlar mavjud:
"So’zingga ehtiyot bo’l, boshing kеtmasin,
Tilingga ehtiyosh bo’l, tishing sinmasin."
"Bilib so’zlasa, so’z donolik sanaladi,
Nodonning so’zi o’z boshini еydi."
"Akl ko’rki so’zdir va til ko’rki so’z,
Kishi ko’rki yuzdir, bu yuz ko’rki ko’z."
"Tug’ilgan o’ladi, ko’r, nom-nishonsiz qoladi,
So’zingni ezgu so’zla, o’zing abad o’lmaysan.
Ulug’ bobokalonimiz Amir Tеmur nutqiy ifodaning aniqligi va rostligini yuksak qadrlagan, boshqalardan ham shuni talab qilgan. "Tarixchi Nizomiddin Shomiyning guvohlik bеrishicha, Amir Tеmur uni milodiy 1401 yilning 11 avgustida huzuriga chaqirtiradi. O’z hayoti va faoliyati haqida yozilgan.Arablarda payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) zamonidan boshlaboq tilga e'tibor, nutq mahoratini egallashga da'vat kuchaygan. Xalifa Abdumalik notiqlik san'atini еtarli darajada bilmagan, arab tili go’zalligini namoyish eta olmagan kishi hokimiyatni boshqarishi mumkin emasligini ta'kidlagan. Shuning uchun o’g’li Validni ham bir nеcha marta klassik arab tilida to’g’ri gapira olmaganligi tufayli koyigan. Shunday qilib, jamiyatda va fanda katta nufuzga ega bo’lish uchun har bir shaxs o’z tilining boy imkoniyatlarini to’la egallashi va uni amaliy qo’llay olishi shart qilib qo’yilgan.Shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nutqning sodda, ravon va aniq bo’lishiga, nutqiy malakaning yuqori bo’lishi lozimligiga alohida e'tibor bеrgan. Uning xoh nazmiy bo’lsin, xoh nasriy bo’lsin, barcha asarlarida nafis nutqning nodir namunalarini ko’rib, huzurlanish mumkin. So’z va sarkardalik ilmining bеnazir bilimdoni bo’lgan Bobur o’z farzandlarining ham adib va arbob sifatidagi kamolini ko’zlab, ularning nutq san'atini egallashini, o’ta savodli inshoga ega bo’lishini eng jiddiy vazifa dеb hisoblagan. Bobur o’g’li Humoyunga yozgan maktubida ayni shu vazifani yana bir bor eslatadi: "Xatingni xud tashvish bila o’qusa bo’ladur, valе asru mug’laqtur (juda chalkashdir). Nasri muammo hеch kishi ko’rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xеyli rost emas, iltifotpi "to" (harfi) bila bitibsеn, qulunjni "yo" (harfi) bila bitibsеn, xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, valе bu mug’laq alfozingdin (chalkash so’zlaringdan) maqsud tamom mafhum bo’lmaydur (tushunilmaydi). G’olibo xat bitirda kohillig’ing (bo’shlig’ing) ham ushbu jihattindir. Takalluf (hashamat, bеzak) qilay dеysеn, ul jihattin mug’laq bo’ladur. Bundin nari bеtakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham sеnga tashvish ozroq bo’lur va ham o’qug’uvchig’a."Ma'lumki, o’zbеk tilidagi "nutq" va "notiq" so’zlarining asosi kеlib chiqishi nuqtai nazaridan birdir. Nutq ustasining, nutqiy madaniyatni mukammal egallagan shaxsning nomi "notiq" bo’lib, Sharqda nutqqa ustalik an'anasi san'at darajasiga ko’tarilgan, "notiqlik san'ati" dеb yuritilgan. Insonning o'tmishda ham, hozirgi paytda ham umuminsoniy tajribasidan foydalanishga imkon bergan eng muhim yutug'i - bu mehnat faoliyati asosida rivojlangan nutq aloqasi. Nutq harakatdagi tildir. Til - bu belgilar tizimi, shu jumladan ularning ma'nosi bo'lgan so'zlar, shuningdek, sintaksis - jumlalar tuziladigan qoidalar to'plami. Bu so'z o'ziga xos belgidir, chunki ikkinchisi turli xil rasmiylashtirilgan tillarda mavjud. Og'zaki belgining nazariy faoliyatni belgilovchi ob'ektiv xususiyati so'zning ma'nosi bo'lib, u qanday ifodalanganidan qat'i nazar (mavhum ravishda) belgining (bu holda so'z) voqelikda belgilangan ob'ektga munosabatidir. individual ongda.So'zning ma'nosidan farqli o'laroq, shaxsiy ma'no - bu ma'lum bir shaxsning faoliyati tizimida ma'lum bir ob'ekt (hodisalar) egallagan joyning individual ongidagi aksidir. Agar ma'no so'zning ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyatlarini birlashtirsa, shaxsiy ma'no uning mazmunining sub'ektiv tajribasidir.Tilning quyidagi asosiy funktsiyalari ajralib turadi:ijtimoiy-tarixiy tajribaning mavjudligi, uzatilishi va o‘zlashtirilishi vositasialoqa vositalari (aloqa)intellektual faoliyat vositasi (idrok, xotira, fikrlash, tasavvur)Birinchi funktsiyani bajarib, til ob'ektlar va hodisalarning o'rganilgan xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni kodlash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Til orqali oldingi avlodlar tomonidan olingan atrof-muhit va insonning o'zi haqidagi ma'lumotlar keyingi avlodlarning mulkiga aylanadi. Aloqa vositasi vazifasini bajarib, til suhbatdoshga to'g'ridan-to'g'ri (agar biz nima qilish kerakligini to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatsak) yoki bilvosita (agar biz unga faoliyati uchun muhim bo'lgan ma'lumotlarni aytsak, u tomonidan boshqariladi) ta'sir o'tkazishga imkon beradi. darhol yoki boshqa vaqtda tegishli holatlarda).Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalari ko‘p yillar mobaynida ishlab chiqilgan. Ushbu davr tadqiqotchilarni nutq rivojlanishining nafaqat muayyan davrda, balki bolaning kelgusi rivojida ham katta rol o‘ynaydigan tomonlari bilan o‘ziga jalb qiladi. Nisbatan katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi nuqsonlar va kechikishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarning ko‘pchiligi ko‘pincha ilk bosqichlarda bola nutqi shakllanishining o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu jihatga Ye.I.Tixeyeva ham e'tiborni qaratgan. Ilk yoshlardagi bolalar nutqini o‟rganish ishiga Ye.I.Tixeyeva, N.M.Shelovanov, V.I.Fradkina, N.M.Aksarina, G.M.Lyamina, V.A.Petrova kabi taniqli olimlar, amaliyotchi pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‟shdilar.Bolaning faol nutqqa o‘tishi paytida uning nutqini rivojlantirishga oid ko‘p sonli tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, ushbu asosiy qoidalarni bayon qilamiz.Ilk yoshda nutqni rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: bola nutqini takomillashtirish va uning o‘z faol nutqini shakllantirish. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish chog‘ida nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish muddati va sur'atlaridagi individual farqlar juda sezilarli bo‘ladi, odatda faol nutq 2-2,5 yoshlarga kelib paydo bo‘ladi. Bolaning o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar bilan muloqotga ehtiyoji nutqni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rivojlantirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Kommunikativ funksiya nutqning birlamchi vazifasidir.Ushbu davrda nutq bolani ijtimoiy tajriba bilan tanishtirish, uning faoliyatini kattalar tomonidan boshqarishning eng muhim vositasiga aylanadi, nutq ta'siri ostida barcha psixik jarayonlar qayta quriladi. Bolaning kattalar bilan amaliy hamkorligiga oid vaziyatlarda faol nutqdan foydalanishi nutq shakllanishining uchinchi bosqichiga - uni muloqot vositasi sifatida takomillashtirish davriga o‘tishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Nutq ontogeneziga oid ko‘p sonli tadqiqotlar aynan shu bosqichga bag‘ishlangan.90-yillarning oxiridan boshlab A.S.Vo‗gotskiy, A.A.Leontyev, F.A.Soxin, A.M.Shaxnorovich, Ye.I.Negnevitskaya va boshqa olimlar tomonidan yaratilgan qoidalarga tayangan holda R.M.Qodirovaning ilmiy rahbarligi ostida ona tilida va shu bilan birga chet tillardagi nutq ontogenezi qirralarini tadqiq qilish ishlari olib borilmoqda.Xususan, D.Babayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarni atrof-olam bilan tanishtirish jarayonida ularda nutqni (ona tili - o‘zbek tilida) rivojlantirish, N.Nurmuhammedova tomonidan ikki tillilik sharoitida bilingv bolalarda ravon nutqni (rus tilida) rivojlantirish, Sh.Sharipova tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda vaziyatli o‘yinlar asosida nutqiy muloqot (rus tilida) madaniyati ko‘nikmalarini tarbiyalash masalalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan.TIlga o‟rgatish, nuqtni rivojlantirish nafaqat lingvistik sohada (bolaning til ko‟nikmalarini – fonetika, leksika, grammatikani egallab olishi), balki bolalarning o‟zaro hamda kattalar bilan muloqotini shakllantirish sohalarida ham ko‘rib chiqilmoqda. SHundan kelib chiqqan holda, e‘tiborga molik vazifa nafaqat nutq madaniyatini, balki muloqot madaniyatini ham shakllantirishdan iborat bo‘ladi.Vodovozova maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada va jamiyatda tarbiyalash tizimining asosiga xalqonalikni kiritdi. U bolalarni ilk yoshidan boshlab tarbiyalash tizimi xalq nutqi, xalq qo‘shiqlari, topishmoqlari, ertaklari va o‘yinlaridan foydalanish asosiga qurilishi lozim, deb hisoblagan. Bu tizim bolalarda xalqiga, vataniga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalashni ta‘minlashi lozim.Yelizaveta Nikolayevna Vodovozova (1844-1923) K.D.Ushinskiyning shogirdi va izdoshi bo‘lib, u maktabgacha tarbiya masalalarini nazariy ishlab chiqishga sezilarli hissa qo‘shgan. Ayni paytda ye.N.Vodovozova taniqli bolalar yozuvchisi bo‘lib, o‘z davrida Rossiya tabiati hamda g‘arbiy yevropa davlatlari xalqlari hayotidan hikoya qiluvchi ajoyib ocherklar va hikoyalar yozgan.1871 yilda uning maktabgacha pedagogikaga oid asosiy asari – ―Bolalarda ong paydo bo‘lgan paytdan boshlab to 8 yoshgacha ularni aqlan rivojlantirish‖ nomli kitobi chop etildi. Vodovozova tarbiyaning bosh maqsadi – ―Insonni – insoniylik g‘oyalarini o‘zida jo qilgan bo‘lajak ijtimoiy arbob va o‘z vatani fuqarosini tarbiyalashdan iborat, debhisoblagan.Vodovozova maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada va jamiyatda tarbiyalash tizimining asosiga xalqonalikni kiritdi. U bolalarni ilk yoshidan boshlab tarbiyalash tizimi xalq nutqi, xalq qo‘shiqlari, topishmoqlari, ertaklari va o‘yinlaridan foydalanish asosiga qurilishi lozim, deb hisoblagan. Bu tizim bolalarda xalqiga, vataniga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalashni ta‘minlashi lozim.E.N.Vodovozovaning ulkan xizmatlari shundaki, u bolalarda ona tilini rivojlantirish dasturini va bolalarni tarbiyalashda rus folkloridan foydalanish metodikasini ishlab chiqdi. Vodovozova ham xuddi K.D.Ushinskiy kabi ertaklarni, ayniqsa xalq ertaklarini himoya qilib chiqqan. ye.N.Vodovozovaning fikriga ko‘ra ertak bolalarning boy kuzatishlari va bilimlariga tayanadi, u bolalar xayolini rivojlantiradi, bolalar nutqining boyishiga ko‘maklashadi, ularga xalq iboralarini, nutq oborotlarini oddiy va jonli obrazlarni yod saqlab qolishga yordam beradi, ma‘naviy jihatdan tarbiyalashda ko‘maklashadi. Bolalar nutqini rivojlantirishning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishni uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin.Birinchi bosqich - bu 1 yoshu b oydan to 3 yoshgacha bo‘lgan davr. Ushbu bosqichda (ayniqsa, uning boshida) faol lug‘at jadal rivojlanadi. Ilgari shakllanib ulgurgan artikulyatsiya harakatlari yaxlit so‘zlarni talaffuz qilishda ishtirok etgani holda unga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi, ya‘ni bunda aniqlashtirish yuz beradi, u yanada barqarorlashadi. Bolaning yaxlit so‘zni aytishga ongli ravishda taqlid qilish qobiliyati rivojlanadi, shu tufayli tarbiyachi bola nutqining tovush jihatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Turli tovush taqlidlaridan foydalanish nutqning tovush madaniyatiga doir ishlarning asosini tashkil qiladi.Ishning samaradorligi ortadi, chunki ushbu yoshdagi bolalar bilan mashg‘ulotlar kichik guruhlarda olib boriladi.Ikkinchi bosqich - 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr. Bu yoshda so‘zning fonetik va morfologik tarkibini shakllantirish jarayoni boradi. Eng qiyin artikulyatsiya harakatlarini takomillashtirish davom ettiriladi. Bu bola uchun oraliq, affrikat va sonor tovushlarini chiqarish imkoniyatini yaratadi. Ushbu bosqichdagi ishlar bolalarning so‘zning tovush jihatiga nisbatan sezilarli ravishda ajralib turadigan ongli munosabatiga tayanadi va u ona tilining barcha tovushlarini izchil ravishda mashq qilish asosida quriladi.Uchinchi bosqich - 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr. Bu bosqich go‘yoki maktabgacha ta‘lim muassasasida maktabgacha yoshdagi kichkintoylar nutqining tovushtomonini shakllantirishdagi yakunlovchi davr hisoblanadi. Davr boshida eng qiyin artkulyatsiya harakatlari shakllanib bo‘ladi, biroq bunda shu narsa muhimki, artikulyatsiya yoki akustik belgilari bo‘yicha yaqin bo‘lgan (s-sh, z-x, s-z va boshq.) tovushlar bir-biridan aniq farqlanishi (talaffuzda ham, nutqni tinglash orqali qabul qilishda ham) lozim. Bunday tovushlarni tabaqalashtirish, farqlashni takomillashtirishga oid maxsus ishlar bolalarda fonematik tinglash qobiliyatini yanada rivojlantirishga, fonemalarni mazmun farqlovchi tovushlar sifatida o‘zlashtirishga yordam beradi (surat - sur‘at, dur-tur va boshq.)Ilk bolalik chog‗iga taalluqli bo‗lgan nutq o‗sishi va rivojlanishi bosqichlari turli sohalar olimlarini, jumladan pedagog-psixologlar, lingvistlarni, eng avvalo, bu nutq rivojlanishidagi o‗ziga xos davr bo‗lganligi uchun ham qiziqtiradi. Uning o‗ziga xosligi shundaki, u nutqni o‗stirish va rivojlantirish uchun senzitiv hisoblanadi: bu davrda nutq muloqot vositasi sifatida paydo bo‗ladi va takomillashadi; u shunchalik jadal sur‘atlarda rivojlanadiki, nutqning keyingi butun ontogenezi jarayonida ushbu holat boshqa kuzatilmaydi. K.D.Ushinskiyning ta‘kidlashicha, «…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson va tez oʼrganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil oʼqigan taqdirda ham uning yarmini oʼzlashtira olmaydi».Ilk yoshdagi bolalar nutqini oʼrganishga E.I.Tixeeva, M.M.Kolsova, N.M.Askarina, G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa koʼplab taniqli olimlar, pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qoʼshishgan.Ilk yoshda nutqni oʼstirish va rivojlantirish ikki yoʼnalish boʼyicha roʼy beradi:
1 – nutqni tushunishni takomillashtirish;
2 – bola nutqining faolligini shakllantirish.
Bolalar nutqini psixologiya-pedagogika nuqtai nazaridan tadqiq etishni F.A.Soxin va O.S.Ushakovalar tasnifiga ko‗ra, uchta yo‗nalishga ajratish mumkin:- tarkibiy – til tizimining turli tarkibiy darajalari – fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllantirish;- funksional – kommunikativ funksiyada tilni egallash ko‗nikmalarini shakllantirish;- kognitiv – til va nutq hodisalarini eng oddiy usulda anglashni shakllantirish.Ilmiy tadqiqotlar va yo‗nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‗rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.V.I.Loginova, YU.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, E.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‗zlashtirib olishlarining oʼziga xos xususiyatlari yoritilgan.
I.Bob boʻyicha Xulosa.
II. Bob .Nutq tafakkurning amaliy jihatdan oʻrganish.......
2.1. Nutq Tafakkurni oʻrganishga qaratilgan amaliy tadqiqot metodikalari tavsifi
Bolalarning izchil nutqini shakllantirish - muallim tomonidan turli metodlar va o'yin shakllarini qo'llash orqali uzluksiz ta'lim olish jarayoni. Natijada, bola o'z fikrlarini izchil va grammatik jihatdan to'g'ri ifoda etishga, monolog yaratishga, adabiyot texnikasidan foydalanishga kirishishga kirishadi.
“Aqliy hujum” metodi
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo'llanadigan metod sanalib, u mashg'ulot ishtirokchilarini muammoxususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o'z tasavvurlari va g'oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko'nikma va malakalarni hosil qilishga rag'batlantiriladi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg'ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni toppish imkoniyati tug'iladi. ―Aqliy hujum‖ metodi tanlab olingan mavzular doirasidama'lum qadriyatlarni aniqlanadi.
Nutq rigidligi va egotizmni o`rganish
Maqsad : Bolalarda nutq rigidligi va egotizmni metodika yordamida organish.Mazkur metodika L.Krasilnikova tomonidan ishlab chiqilgan bolib, «ha» va «yoq demagin» deb nomlanadi. Kerakli jihozlar: metodika namunasi, sekundomer, javoblarni qayd qilish varaqasi
Korsatma: Biz sen bilan hozir bir oyin oynaymiz. Men senga savollar beraman, sen ularga javob berasan. Lekin savollarimga «ha» va «yoq» degan sozlar bilan javob bermasliging kerak. Masalan, sendan «oyinchoging bormi?» deb sorasam, sen «ha» demasdan «Menda - oyinchoq bor» yoki «Oyinchogim bor» deb, Bogchaga borish senga yoqadimi? (Bogchaga bormasa) Bogchaga borgin keladimi?Bogchadan uzoqda turasizlarmi? (Bogchaga bormasa) Ortoqlaringga javob berishing kerak. Yoki men sendan «Odamlarning qanoti bormi?» deb sorasam, sen «yoq» demay, «Odamlarda qanot yoq deb» javob berishing kerak, tushundingmi? Qaysi sozlarni aytmasliging kerak?Agar bola tushunmasa, korsatma qaytariladi.Metodika materiali 10 ta «ha» javobiga, 10 ta «yoq» javobiga ega va 5 ta betaraf sovoldan iborat.
Savollar.
Isming nima?
Sen ogil bolamisan yoki qiz bolamisan?
Sen bogchaga borasanmi?
O`rtog`ing bogchaga boradimi?
Muzqaymoqni yaxshi korasanmi?
Muzqaymoq qanday rangda boladi?
Qora rangli muzqaymoq yeganmisan?
Sen qolda yura olasanmi?
Sen uchishni bilasanmi?
Adajoning qogirchoq oynaydilarmi?
Kechasi quyosh chiqadimi?
Bori quyondan qorqadimi?
Shifokorga borishdan qorqasanmi?
Shifokor kiyimi qanday rangda?
Shifokorlar bolalarning sochini oladimi?
Sening isming mi? (Boshqa ism aytiladi)
Sigir uchishni biladimi?
Sen hozir uxlayapsanmi?
Sen maktabga borasanmi?
Hozir boshingda qalpoging bormi?
Qishda ot boladimi?
Ot oq rangda boladimi?
Qor qanday rangda boladi?
Qor issiqmi?
Natijalarni baholash.
Togri javoblar qoida buzilmay berilgan javoblar.Notogri javoblar qoidani buzib berilgan javoblar.
Eslatma: bolaning sukut saqlashi, bosh silkitishi, xatosini togrilashi togri javob bolib hisoblanadi.Togri javoblar miqdori 11 tadan kam bolmasligi kerak.Eslatma: metodikani otkazish vaqtida bolaga javobining togri yoki notogri ekanligi haqida malumot bermaslik kerak.
Nutqning psixolingvistik xususiyatlarini o`rganish
Tadqiqotning maqsadi: gapirayotgan kishining nutqini artikulyasion tosiqlar mavjudligida tushunishni tadqiq etish.
Kirish: Malumki, «nutq harakatini istisno etish nutqni tushunishni qiyinlashtiradi» (A.N.Sokolov, 1968). Agar sinaluvchiga qandaydir matnni eshitib tushunish taklif etilsayu, ammo bunda nutq tosiqlari hosil qilinsa, masalan, matnni eshitish bilan birga raqamlarni sanash yoki tanish sherni aytib berish iltimos qilinsa. Nutqni anglash murakkablashadi va sozlarning tushunchalari darhol unutiladi. Vaqti bilan A.N.Sokolovning fikricha, sinaluvchilar nutqni tinglay oladilar va alohida soz va iboralarni esda olib qoladilar. Biroq bu narsa sinaluvchining sozlarni takrorlashida sher bandida va boshqa nutq tosiqliklarining tanaffuslarida sodir boladi.
Stimul materiali va zaruriy anjomlar: matn majmuasi, toza oq qogoz, natijalarni qayd etish protokoli, ruchka.
Tadqiqotning borishi:
Eksperiment uch bosqichda (uch topshiriq asosida) otkaziladi. Har bir topshiriqda sinaluvchiga bir vaqtning ozida matnni esda olib qolish hamda bir qator artikulyasion tosiqlarni amalga oshirish taklif etiladi:
1. Sinaluvchi matnni eshitadi va ratmik ravishda boginlarni talaffuz qiladi.
2. Sinaluvchi matnni tinglash vaqtida ritmik ravishda birdan boshlab sanashni boshlaydi.
3. Sinaluvchi matnni eshitish vaqtida sher oqiydi (tanlovga kora).
Sinaluvchi topshiriqni bajarib bolgandan 1015 sekund otgach qogozga esida qolganlarini tushiradi. Tadqiqotni otkazishda alohida vazifani bajaruvchi ikkita eksperimentator ishtiroki talab etiladi. Birinchi eksperimentator sinaluvchiga matnni oqib eshittiradi, ikkinchi eksperimentator esa sinaluvchining nutq ozgarishini qayd etib boradi. Har bir sinov bosqichida maxsus korsatma beriladi va birinchi eksperimentator taklifiga kora matnni taqdim etmay turib topshiriqni bajarib korish, mashqlanib korish tavsiya etiladi.
Sinaluvchi mashqlanib bolgach asosiy eksperimental bosqich boshlanadi. Sinaluvchi oz vazifasini asta ritmik ravishda bajara boshlaydi. 8-10 sekunddan song birinchi eksperimentator sinaluvchiga eslab qolishi talab etilayotgan matnni oqiy boshlaydi.
Matnni oqishni tugatgach sinaluvchi bir necha sekund mobaynida oz vazifasini bajarishda davom etadi, keyin esa matnni qogozga qayd etadi. Har bir sinovni amalga oshirish vaqtida ikkinchi eksperimentator sinaluvchining nutq xatoliklarini, nutqning tempi, ritmi, balandligi, tushunarliligi, xorsinish va toxtalishlarni qayd etib boradi. Sinaluvchiga korsatma:
Birinchi korsatma: «Hozir sizga matn taqdim etiladi, siz uni iloji boricha aniq esda olib qolib esga tushirish tavsiya etiladi. Bunda siz matnni tinglash bilan bir vaqtda quyidagi boginlarni talaffuz etishingiz lozim (masalan, ka, te, ru , so, bo va h.k.z.). Boginlarni oxista va ritmik ravishda talaffuz qiling. Buni bir urinib koring. Boginlarni talaffuz etishda davom eting, biror soniyalardan song men matnni oqiy boshlayman. Matn tugagach bir necha soniyalar oz vazifangizni ado etishda davom eting. Mening buyrugimga kora qogozga esda olib qolgan matnni qayd etasiz».
Ikkinchi korsatma: «Bu topshiriqning mazmuni avvalgi topshiriqqa oxshash, biroq bu gal boginlar orniga siz ritmik ravishda birdan boshlab sanashni boshlaysiz va matnni yodda olib qolishingiz zarur».
Uchinchi korsatma: «Endilikda sanoq orniga siz ritmik ravishda, toxtalishlarsiz tanish sherni aytib berishingiz kerak. SHerni siz albatta yoddan bilishingiz darkor, uni aytayotganda qiyinchiliklar tugilishi nomaqbul holatdir. Agar siz sherning biror qismini yodga tushirolmasangiz uni qaytadan boshlashingiz mumkin. Eng asosiysi ritmni saqlang».
Natijalar tahlili:
Eksperimentatorlar original matnni sinaluvchi har bir sinovda esga tushirgan matn bilan solishtiradilar va togri esga tushirilgan sozlar miqdori hisolab chiqiladi. Olingan natijalar maxsus jadvalga tushiriladi. Olingan miqdor va sifat natijalarning tahlili asosida turli tosiqlarning (turli sinovlarning) matnni tushunish samaradorligiga tasirini aniqlash va topilgan qonuniyatlarni izohlab berish darkor.
Artikulyasion tosiqlar yordamida nutqni tushunishni tadqiq etish metodikasining stimul materiali
Matn № 1.
Bir donishmand aytgan ekan: «Kattalardan faqat uch narsadagina kichiklar o‘zib ketishi mumkin. Birinchisi: qorong‘uda kichigi kattasidan oldinda harakatlansin, uni xavf-xatardan avaylasin. Ikkinchisi: oqimga duch kelganda, kichiklar kattalarni ogohlantirish uchun ham oldinga o‘tsinlar. Uchinchidan: dushman qo‘shini vatanga hujum qilganda ularni haydab chiqarish va kattalarni himoya qilish uchun oldingi qatorda bo‘lsinlar».
Matn № 2.
Bir donishmand aytgan ekan: «Uch kishinigina kamsitish yaramaydi: sultonni, olimni va suhbatdoshingizni. CHunki sultonni kamsitish ixtilofga sabab boladi, olimni kamsitish iymonni zaiflashishiga olib keladi, suhbatdoshingizni kamsitish esa adolatsizlikka yol ochib beradi. Tort narsa bordurki, ularning kamligi kamlik emas: burch, olov, dushman, xastalik».
Matn № 3.
Bir zamonlarda Basrada yashovchi bir fuqaro safarga chiqibdi va ko‘zlagan manziliga tunda etib olibdi. Qishloq zulmatga cho‘mgan. Uning o‘rtasida sayyoh qo‘lida sham tutib elkasida ko‘z to‘la suv ko‘tarib olib qaergadir shoshayotgan ko‘r kimsani uchratdi. Bu narsa sayyohni ajablantirdi. U korning oldiga kelib soradi: Menimcha senga tun yoki kunligining ahamiyati yoq. Nima sababdan qolingda chiroq olib ketayapsan?Kor bunga javoban: Sendaka qalbi korlar meni turtib yuborib kozamni sindirmasligi uchun deb aytgan ekan.
2.2 Nutq Tafakkurni oʻrganish boʻyicha amaliy ish natijalari.
Quyida Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya 212-guruh talabalari da oʻtkazilgan Nutqning psixolongvistik xususiyatlarini oʻrganish metodikasining diagnostik tadqiqot natijalari tahlili
Dostları ilə paylaş: |