«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə189/220
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#204624
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   220
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu adabiyot so‘z san’ati-fayllar.org

O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
VATANNI SUYMAK («Turkiy Guliston yoxud axloq» asaridan)
Vatan. Har bir kishining tug’ulub o’skan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kirn tug’ulgan, o’skan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi — tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan — uyuridan ayrilsa, o’z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo’lub, har vaqt dilining bir go’shasida o’z vatanining muhabbati turar.
Biz turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho’llarini, eskimular shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi.
Bobolarimiz: «Kishi yurtida sulton bo’lguncha, o’z yur-tingda cho’pon bo’l», — demishlar.


Men ayblik emas, ey vatanim, tog’larim,
Bevaqt tashlab ketdim, oyo, bog’larim.
Hijron qilodur meni judolig’,
Do’ndi g’ama ro’z-u shab-u chog’larim.
Hammaga ma’lumdurki, eng muqaddas diniy yerimiz o’lan Arabistonga bog’larini, hovlilarini sotub hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o’z vatanlariga qaytub kelurlar. Buning sababi, ya’ni bularni tortib keturgan quvvat o’z vatanlarining, tuproqlarining mehr-u muhabbatidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sollallohu alayhi vasallam afandimiz: «Hubb ul-vatani min al-iymani — Vatanni suymak iymondandur», — demishlar.

Vatan, vatan deya jonim tanimdan o’la ravon,
Banga na g’am, qolur avlodima uyu vatanim.
G’ubora do’nsa, g’amim yo’q vujud zeri vahm,
Charoki o’z vatanim xokidur go’r-u kafanim.
Tug’ub o’skan yerim ushbu vatan, vujudim xok
O’lursa, aslina roje' bo’lurmi man g’amnok.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin