Sana________________ Hafta kuni: Dushanba
Mashg’ulot nomi: Ijtimoiy foydali mehnat
Mavzu: Mehnat mehnatning-tagi rohat
Maqsad : Ta’limiy: Mehnat va uning inson hayotidagi o’rni haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy : Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, mustaqillik in’om etgan milliy davlatchilikni, oʻzlikni, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatni tiklash, qadimiy-milliy urf-odat va an’analarni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulugʻlash haqida qisqa suhbat tashkil qilish
Korrektsion : O’quvchilar og’zaki nutqini rivojlantirish,lug’at boyligini oshirish,erkin nutqiy muloqotga tayyorlash,adabiyotga haqida ijobiy munosabat shakllantirish.
Mashg’ulot usuli : noan’anaviy
Mashg’ulot jixozlari: o’qish kitobi darsligi,rasmlar,taqdimot
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)
Asosiy qism:
Ajdodlarimizdan qolgan pandu-nasihat va o‘gitlarda barchani halol mehnat qilish, topilgan rizq-ro‘zni ko‘pchilik bilan birga baham ko‘rish, Alloh bergan hayot va ne’matlariga doim shukr aytish kabi solih amallarga chaqirilgan. Misol uchun “Mehnatning tagi rohat”, “Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq”, “Shukri ko‘pning rizqi ko‘p” kabi ko‘plab purma’no hikmatlarni zikr etishimiz mumkin.
Ma’lumki, har qanday kasbni puxta egallash, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun ana shu kasbga taalluqli ilmni mukammal o‘zlashtirmoq kerak. Kasbiga muhabbatli inson o‘z mehnatidan charchamaydi, balki rohatlanadi. Kasbi tufayli atrofdagilarga yordami tegsa, inson o‘zini baxtli hisoblaydi.
Xalqimizda farzandlarni yoshligidan biror hunarga o‘rgatish maqsadida ustozga shogird berishdek juda yaxshi an’ana bor. Bu odat boshqa xalqlarda uchramaydi desak, mubolag‘a bo‘lmas. Istiqlol sharofati bilan bugun ona zaminimizda sertarovat, jahon andozalariga to‘la mos keladigan yuzlab kasb-hunar kollejlari bunyod etildi. O‘sib kelayotgan yosh avlod bugunning eng ilg‘or texnika va texnalogiyalarini mukammal egallashini ta’minlash maqsadida ushbu ta’lim muassasalari yuqori sifatli anjomlar bilan jihozlanib, talabalarga taqdim etildi. Bu yoshlarga bo‘lgan e’tibor va ishonch timsolidir. Zero, o‘zida ilmu fanning qaysi sohasiga bo‘lsa ham qiziqish uyg‘otib, o‘qib, o‘rganib, ma’lumot hosil qilgan har qanday inson, albatta ma’lum miqdorda odamiylik xususiyatlariga ham ega bo‘ladi. Ushbu imkoniyatlardan foydalanib, foydali kasbni egallagan o‘smir kelajakda boqimandalik, boshqalarga qaram bo‘lish, firibgarlik, tilamchilik va nopok yo‘llar bilan jinoyat sodir etib yengil yelpi pul topish kabi illatlardan omonda bo‘ladi.
Mustahkamlash : savol-javob
1.Siz o’z uyingizda qanday mehnat turi orqali ota-onangizga yordam berasiz?
2. Ota-onangiz qanday mehnat faoliyati bilan shug’ullanadi?
Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.
Ko’rildi:_____________