8-mavzu: tafakkur va kasbni egallash reja



Yüklə 37,69 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü37,69 Kb.
#210059
  1   2   3   4   5
8-mavzu tafakkur va kasbni egallash reja


8-MAVZU: TAFAKKUR VA KASBNI EGALLASH
Reja:
1.Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur shakllari.
2.Tafakkurning individual xususiyatlari. Kasbni egallashda tafakkur o`rni. Kasb turlarida tafakkurni namoyon bo`lishi.
3. Diqqat turlari va ularning xususiyatlari. Shaxs diqqatining rivojlanishi. Kasblarni shaxs diqqatiga qo‘yadigan talablari.
Tayanch tushunchalar: Tafakkur, tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, tafakkurning individual xususiyatlari, kasbni egallashda tafakkurni o`rni, kasb turlari, diqqat, diqqat turlari, diqqat xususiyatlari.


Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo'ladi. Agar diqqat bo'lmasa, odamda aniq maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo'lmaydi.
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo'ljal olish imkonini beradi. Bunday sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli ravishda kechishini va uning sermahsul bo'lishini ta'minlaydi. Har qanday masalaning va har qanday hayotiy vazifaning hal qilinishi odamdan o'z diqqatini ana shu masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab qiladi. Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi. Uning o'ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik faoliyatning mustaqil turi emas, balki boshqa psixik jarayonlarning uyushgan faolligidir.

ATTENTION )
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va
ularni samaradorligini ta'minlovchi muhim shartlardan biridir. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti- harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo'ladi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Bizni o‘rab turgan ko‘p sonli qo‘zg‘atuvchilardan tahlil uchun biz faqat ayrim qo‘zg‘atuvchilarni tanlaymiz. Ultrik Neysser va Robert Beklen ( Neisser and Beclen, 1979) hamda Deniel CHervone (Cervone1983) buni o‘z tadqiqotlarida ko‘rsatib berishgan. Tadqiqot shundan iborat bo‘lganki, unda sinaluvchilarga 1 daqiqali video ko‘rsatilgan. Videoda 3 ta qora ko‘ylakdagi basketbol o‘yinchilari orqa qatorda esa 3 ta oq qo‘ylakli o‘yinchilar basketbol o‘ynayotganlari tasvirlangan. Sinaluvchilarg berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli o‘yinchilar koptokni bir- biriga uzatgan paytlarida sinaluvchilar tadqiqot tugmachasini bosishlari kerak edi. Shu bilan birga klip davomida basketbol o‘yinchilari o‘ynayotgan paytda orada o‘yinchilar o‘rtasidan soyabonli bir ayol o‘tib ketadi. Sinaluvchilarning aksariyati berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli ishtirokchilarni shunchalik diqqat bilan kuzatishganki ayolni ko‘rmay qolishgan. Video sinaluvchilarga qaytadan ko‘rsatilib, soyabonli ayol o‘yinchilar orasidan o‘tganligi aytilganda sinaluvchilar o‘zlari ayolni ko‘rmay qolganliklaridan hayratda qolishgan.

Yüklə 37,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin