8-mavzu: tafakkur va kasbni egallash reja



Yüklə 37,69 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü37,69 Kb.
#210059
1   2   3   4   5
8-mavzu tafakkur va kasbni egallash reja

DIQQATNING TURLARU
Ixtiyoriydan so'nggi diqqat - diqqatning muayyan obyektga avvalo ixtiyoriy ravishda qaratilib, so'ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o'z-o'zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi bo'lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga psixolog olim N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Ixtiyoriydan so'nggi diqqat biror obyektga uzoq muddat qaratilishi bilan belgilanib, bunda hech qanday sezilarli irodaviy kuch-g'ayrat sarflanmasa ham bo'ladi. Insonning yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi mehnatning yuqori, samarali ko'rsatkichi diqqatning shu turi bilan bog'liq bo'ladi. Diqqat tanlovchanligi va baxtsiz hodisalar. Mashina haydayotgan paytda telefonda gaplashsangiz e'tibor mashinadan telefonga ko‘chadi. Bunday vaziyatda, tezlik o‘zgartirish ayniqsa qiyin bo‘ladi va halokatni yuzaga keltirish mumkin. Mashina halokatlarining 80%i haydovchilarning chalg‘ishida deb hisoblanadi. Utan universitetidagi haydash tajribalarida talabalarning telefonda gaplashishlari mobaynida yo‘ldagi yo‘l belgilari, reklamalar va boshqa mashinalarni payqashi sekin bo‘lishlari aniqlangan. Diqqat tanlovchanligi bo‘lgani uchun biz qo‘ng‘iroqqa javob beraolamiz (GPS navigatsion Sistema yoki DVD magnitafon) boshqa narsalarga e'tibor berishga sabab bo‘ladi. Suzanne Meevay va uning Sidney universitetidagi hamkasblari (2005,2007) avtomobil halokati paytidan oldingi telefon qo‘ng‘iroqlari sabab hatto qo‘llari bo‘sh payt ham 4 marta ko‘proq riskda bo‘lishlarini aniqlashdi. Yo‘lovchilarda bo‘lsa xavf 1 dan 6 martaga oshadi. Hatto telefonda gaplashayotganda qo‘llar bo‘sh bo‘lsa-da yo‘lovchi bilan suhbatlashganda ham mashina haydash yoki suhbatni to‘xtatib pauza qilish talab qilinadi. Ogaya Universiteti piyoda yuruvchilarni tabiiy ravishda kuzatishlariga binoan gapirgan holda yurish ham xavfni ko‘paytirishi mumkin ekan. Yo‘lni kesib o‘tayotganda uyali aloqadan foydalanayotgan yo‘lovchilarning yarmi va chorak qismida parishonxotirliklik bilan mashina yaqinlashganda yo‘lni kesib o‘tish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Diqqatning obyektga to'planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog'liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo'ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti- harakatlarning o'ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa, faoliyatning maqsadga, uning natijasiga yo'naltirilgan qiziqishdir. Diqqatning ana shu xususiyatlari ustida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Yüklə 37,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin