«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə25/220
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#204624
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu adabiyot so‘z san’ati-fayllar.org

I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
O‘rtancha botir aytdi:
— To‘g‘ri aytasiz, podshoh degani it go‘shtidan ham qaytmaydi. Saralab yemoq faqirning ishi, qo‘yni boqib qo‘yibdimi? Men ham bir narsaga hayron bo‘lib turibman, mana shu shinnidan ham odam isi keladi.
Kenja botir aytdi:
— To‘g‘ri, podshohlik — qonxo‘rlik demakdir. Qon qo‘shilgan bo‘lsa, ehtimoldan uzoqmasdir. Lekin yomonning qoni bo‘lsa-ku, mayli, begunohning qoni qo‘shilgan bo‘lmasin. Men ham bir narsaga hayron bo‘ldim. Shu nonni taxlagan kishining otasi novvoy ekan, taxlovchi novvoyning o‘g‘li ekan.
— To‘g‘ri bo‘lsa kerak, - debdi To‘ng‘ich botir. - Podshoh bizni bu yerga o‘rda voqeasi bilan chaqirgan. Albatta bizdan savol so‘rar, nima deymiz?
— Albatta yolg‘on so‘zlamaymiz, — debdi O‘rtancha botir, — bu voqeaga aralashgan bo‘lsak, aytmoq lozimdir.
Kenja botir:
— Uch kunlik yo‘lda qanday voqealarni ko‘rgan bo‘lsak, o‘rtaga tashlaydigan vaqt keldi, — dedi.
To‘ng‘ich botir birinchi kechada sher bilan olishganini aytib, belidagi tasmasini o‘rtaga olib qo‘ydi. O‘rtancha botir ikkinchi kechadagi voqeani aytib, nishona uchun tasmani o‘rtaga tashladi. Kenja botir uchinchi kechadagi voqeani aytib, olgan narsalarini o‘rtaga tashladi.
Podshoh bilan vazir sirdan xabardor bo‘ldilar. Faqat go‘sht, shinni, non to‘g‘risidagi gaplarni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Birinchi qo‘ychivonni chaqirtirishdi. Podshoh qo‘ychivondan so‘radi:
— To‘g‘risini ayt, kecha so‘yilgan qo‘zining onasi itmidi?
— Podshohim, bir qoshiq qonimdan kechsangiz aytaman.
— O‘tdim, to‘g‘risini so‘yla!
— Qishning o‘rtasida bir qo‘y tug‘ib, o‘zi o‘lib qoldi, shu vaqtda bir katta itim ham tug‘gan edi. Qo‘zichoqqa rahmim keldi. Yetim qo‘zini och qoldirgim kelmadi. Nochor o‘sha itga emizdirib, katta qilgan edim. Boshqa qo‘zi qolmagani uchun o‘shani yuborgandim, - dedi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin