«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə108/220
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#204624
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   220
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu adabiyot so‘z san’ati-fayllar.org

O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
YO‘LCHI
ZYo‘lchiman, manzilim dengizdan nari,
Lojuvard ufqning tubiga yaqin.
Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin,
Chayqalar ko‘zlarim tikilgan sari.
O, yo‘llar!
Chu, qora toychog‘im! Chu, qora yo‘rg‘am!
Murodga qasd qilib yugurgan yetur.
Bo‘ronni sevmasa, dil nechun tepur?
Tiriklik ne kerak bemehnat, beg‘am?!
Chu, qora yo‘rg‘am!
Mazkur she’rni turli yo‘sinda tushunish va talqin etish mumkin. Uni, yuqorida aytilganidek, yashashga tashna o‘spirinning orzularga to‘la hayot dengizi osha yorug‘ manzillarga talpinishi tarzida talqin etish ham xato bo‘lmaydi. Zero, shoir bu she’rni yozganida endigina 23 yoshga kirgan, demak, hayotga shunday yondashishga u to‘la haqli ham edi. Biroq, she’rning uchinchi misrasi «Ko‘nglimda orzular daryodek oqin» shaklida emas, balki aynan «Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin» tarzida bayon etilgani bizni o‘ylantirmasligi mumkin emas. Shu yoshdagi shoirning ko‘ngli ne dardlarga to‘lganki, bu dardlar daryodek oqsa? U ne manzillarni ko‘zlaganki, tikilganda ko‘zlari chayqalsa? Nega u borar manzil ufqning tubida, demakki, ko‘z ilg‘amas uzoqlarda?
«Yo‘lchi» she’rini o‘qirkan, chinakam muxlis ko‘ngli bir narsani aniq ilg‘aydi. U ham bo‘lsa, lirik qahramon — shoir ko‘pchilik oddiy odamlar singari yetishish mumkin bo‘lgan orzular ko‘yida yurgan odam emas. Uning talpingan manzili «murodga qasd qilib yugurish»ni talab qiladi. Bu manzillarga yetmoq hali ne-ne mehnat va g‘amni, qanchalar shiddatli bo‘ronlarni uning boshiga solajak.
Bu qahramonning bizga ibrati shundaki, u o‘zi tanlagan taqdirning olis yo‘lida duch kelishi muqarrar bo‘lgan qiyinchiliklarga tik boqa oladi. Nafaqat tik boqadi, balki qora yo‘rg‘asini mashaqqatlar sari yanada tezlaydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin