O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:OYBEK(1905-1968) Taniqli o‘zbek adibi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida tug‘ilgan. Avval maktabda, keyin pedagogika texnikumida o‘qigan. 1925—1930-yillarda o‘rta Osiyo davlat dorilfununi (hozirgi o‘zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetida ta’lim olgan Oybek o‘qishni bitirib, shu dorilfununda muallimlik qilgan.
She’rlar yozish bilan ijodini boshlagan Oybekning dastlabki to‘plami «Tuyg‘ular» nomi bilan 1926-yilda chop etildi. Shundan so‘ng shoir yirik she’riy janr hisoblangan dostonchilikka qo‘l uradi. Birin-ketin «Dilbar - davr qizi» (1931), «O‘ch» (1932), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1933) singari turli mavzudagi o‘nlab dostonlari e’lon qilinadi. Bilasizki, eng katta daryolar ham dastavval tog‘lardan pildirab tushuvchi arg‘amchidek ingichka jilg‘alardan boshlanadi. Daryoning Siz ko‘rgan qudratli oqimida o‘sha jilg‘alarning har birini o‘ziga yarasha ulushi bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshab Oybekning keyinchalik yozgan yirik nasriy asarlari - «Qutlug‘ qon» (1940), «Navoiy» (1944), «Quyosh qoraymas» (1958) singari romanlarining «xamirturushi» ham kichik-kichik hikoyalar bo‘lgandi. Ular sirasiga «Fanorchi ota», «Musicha», «Singan umid», «Tillatopar», «Gulnor opa» kabi hikoyalarni kiritish mumkin. Shunisi muhimki, bu asarlarning aksariyat qahramonlari keyin ham yozuvchi o‘y va fikrida yashashni davom ettirdi, ijodiy o‘sib bordi. Ma’lum vaqt o‘tib esa, yuqorida sanaganimiz yirik romanlarda to‘laqonli qahramonlar bo‘lib maydonga chiqishdi.
Shunday hikoyalardan biri o‘tgan asrning 30-yillarida yozilgan «Fanorchi ota» hikoyasidir.
Keling, avval bu hikoyani birgalashib o‘qib chiqaylik.
Yangi mavzuni mustahkamlash:Og’zaki savol-javob.
Uyga vazifa. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.