1 3 5
!
Erkin VOHIDOV
(1936–2016)
1936-yilning 28-dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq
tumanida muallim oilasida tavallud
topgan Erkin Vohidovning
bolaligi ancha sertashvish va qayg‘uli kechdi. O‘n yoshga yetar-
yetmas ham ota, ham
onadan ayrilib yetim qolgach, uni Tosh-
kentda istiqomat qiluvchi tog‘asi o‘z qaramog‘iga oldi. Shu
bahona Erkin Vohidov poytaxtga
keladi va shu yerdagi mak-
tabda tahsil ola boshlaydi. Kitobga, adabiyotga muhabbat yosh
Erkinda ancha erta namoyon bo‘la boshladi. U shoir G‘ayratiy
tomonidan o‘quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to‘ga-
rakda ijod sirlarini o‘rganishga kirishdi.
Bu ilk ijodiy maktab
uning iste'dodini charxladi, she’riyatga
havasini yanada alan-
galatib yubordi. Hali o‘smir chog‘laridayoq yozgan she’rlari
ustozlari tomonidan yuqori baholandi.
O‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan Erkin Vohidov
Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston
Milliy univer-
siteti)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi,
aynan shu
ilm dargohida adabiyotga yanada yaqinlashdi, o‘zining ijodi
ham takomillashib bordi. Oliy ta’lim
undagi adabiy bilimlarni
chuqurlashtirish bilan birga ijodiy salohiyatini ham kamolga
yetkazdi.
Dostları ilə paylaş: