9 9
Bu jihatdan G‘. G‘ulom tomonidan tuzilib, «Muqimiy ba-
yozi» deb nomlangan to‘plam katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1950-yilda Moskvada Muqimiyning «Lirika i satira» (Lirika va
satira) nomli ikkinchi to‘plami rus tilida nashr etildi.
1953-yil Muqimiy ijodini o‘rganish
tarixida yangi davr
bo‘ldi. Shu yili vafotining 50 yilligi munosabati bilan Muqimiy
hayoti va ijodiga oid maxsus kitoblar chiqarildi, shoirning
tanlangan asarlari o‘zbek va rus tillarida nashr etildi.
H. Yoqubov, A.
Olimjonov, H. Zaripov, H. Razzoqov, G‘. Kari-
mov kabi olimlar hassos shoir haqida kitoblar yozdilar, ilmiy
tadqiqot ishlariga rahbarlik qildilar.
1850-yilda Qo‘qonning Bekvachcha mahallasida istiqomat
qiluvchi novvoy Mirzaxo‘ja oilasida o‘g‘il
farzand dunyoga
keldi. Bolaga Muhammad Aminxo‘ja deb nom berdilar. Oradan
yillar o‘tib u elga Muqimiy taxallusi bilan taniladi.
Dastlabki tahsilni mahalla maktabida olgan Muqimiy
yoshligidan she’riyatga, badiiy ijodga alohida qobiliyat namo-
yon eta boshladi.
Bunda onasi, ta’bi nozik va so‘zga oshno ayol
Oyshabibining xizmatlari katta. Aynan u aytib bergan ko‘plab
ertak, doston va qo‘shiqlar ta’sirida bo‘lajak shoirning qalbida
so‘zga mehr paydo bo‘lgan edi.
Muqimiy maktab tahsilidan so‘ng Qo‘qondagi «Hokim oyim»
madrasasida, 1872–1873-yillarda esa Buxoroga borib,
u yerdagi
«Mehtar anbar» madrasasida o‘qishni davom ettiradi. 1876-yilda
Qo‘qonga qaytadi va uylanadi. Xuddi shu davrdan boshlab yer
qurilishi mahkamasida mirzalik qiladi, so‘ngra Sirdaryo yoqa-
sidagi Oqjarda parom pattachisi bo‘lib faoliyat yuritadi.
Oradan ma’lum vaqt o‘tib Muqimiy
bu vazifani topshiradi va
Qo‘qonga qaytadi. Moddiy qiyinchiliklar tufayli turmush o‘rto-
g‘i yakka-yu yagona o‘g‘lini onasiga tashlab boshqa kishi bilan
turmush qurib ketadi. Bundan tushkunlikka tushgan shoir ota
uyini tark etib mahalladagi Hazrat madrasasidan bir hujra olib,
o‘sha yerda yashay boshlaydi.
Yolg‘izlik va xonanishinlikda o‘tayotgan
hayotiga shoir muto-
laa, ijod bilan mazmun kiritadi. Muqimiy juda mohir xattot edi.
1 0 0
!
Zamonasining eng yetuk husnixat sohibi Muhammad Yusuf
Xattotdan tahsil olib mahoratini kamolga yetkazgan xushxat
shoirning xizmatidan foydalanishga talabgorlar orta boradi, bu
kasb uning uchun asosiy tirikchilik manbai bo‘lib qoladi.
Muqimiy ijodining dastlabki yillari
qisman shaklbozlik un-
surlari ko‘zga tashlansa-da, yillar o‘tib uning shoirlik mahorati
rivojlanadi, o‘tkir hajvlari, badiiy yuksak g‘azallari
elga mash-
hur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: