shiori shar nimani ifoda etadi?
A) adolatni B) qonun ustuvorligini
C) islom, tinchlik, tenglikni D) adolat va qonun ustuvorligini
13. “Mehr va Suhayl” hikoyatida qaysi qahramon ov ketidan quvib, lashkardan judo bo‘ladi?
A) Nu’mon B) Jobir C) Navdar D) Suhayl
14. O‘lmas Umarbekovning qaysi asarida yosh bir ayolning o‘limi va jinoyatlarni fosh etish qalamga olingan?
A) “Urush farzandi” B) “Sevgim, sevgilim”
C) “Fotima va Zuhra” D) “Yoz yomg‘iri”
15. Mirmuhsinning “Me’mor” romanida kim “Bu xudodan kelgan balo, ustod. Men bu uchun ortiqcha haq ololmayman” deb aytgan?
A) G‘avvos B) Horunbek C) Zulfiqor D) Zavrak
16. Asqad Muxtorning keng jamoatchilik e’tiboriga tushishiga sabab bo‘lgan asar qaysi?
A) “Po‘lat quyuvchi” B) “Daryolar tutashgan joyda”
C) “Opa-singillar” D) “Chinor”
17. Hamzaning tashabbusi bilan qaysi shaharda “G‘ayrat” nomli kutubxona tashkil etilgan?
A) Shohimardonda B) Qo‘qonda
C) Namanganda D) Marg‘ilonda
18. Rasul Hamzatov necha yoshida Dog‘istonning mashhur shoiriga aylandi?
A) 14 yoshida B) 15 yoshida C) 16 yoshida D) 18 yoshida
19. Shuhratning “Mardlik afsonasi” balladasidan olinmagan misrani aniqlang.
A) Qo‘li bog‘liq yashashdan o‘lim a’lodir
B) Uyat bizga dushmanga bosh egib yashash
C) Bizga g‘ov bo‘lolmas shafqatsiz o‘lim
D) Bo‘gzimda qolmasin erk to‘la kuyim
20. Shuhrat qalamiga mansub qaysi balladada fransuz bosqinchilariga qarshi kurashda qahramonlik ko‘rsatgan shaxs yoritib berilgan?
A) “Jamila” B) “Raymonda”
C) “Uch qiz afsonasi” D) “Guldursun”
21. Mirmuhsinning o‘zbek yoshlarininf ruhiyati va dunyoqarshidagi o‘zgarishlar tasvir markaziga olingan asari qaysi?
A) “Chodrali ayol” B) “Tungi chaqmoqlar”
C) “Qamar” D) “Ziyod va Adiba”
22. Quyidagi baytda qaysi tovush raviy sanaladi va u qanday qofiyaga misol bo‘la oladi?
Arzim buki Qori sumalakka,
Arzisa boshi yetsin falakka.
A) mutlaq qofiya, a tovushi B) muqayyad qofiya k tovushi
C) mutlaq qofiya k tovushi D) muqayyad qofiya, a tovushi
23. “Mehrobdan chayon” romanida dor ostiga ketayotgan Anvarning bir qoshiq qonidan kechishni Xudoyorxondan o‘tingan obraz kim edi?
A) Tursun otaliq B) Muhammadniyoz domla
C) Darvesh hudaychi D) Sultonali Mirzo
24. Qaysi ijodkor Samarqandda Hamid Olimjon bilan do‘stlashadi va Yo‘ldosh Oxunboboyevning shaxsiy kotibi sifatida ishlaydi?
A) Qodiriy B) Cho‘lpon C) Oybek D) Mirtemir
25. “Oq kema” qissasida quyidagi ta’rif kim haqida? “….u taqdiridan ranjib yurgan edi, xudo boshqalarga besh-o‘ntadan farzand berganda, uni farzand dog‘ida kuydirib qo‘ygan”
A) Seydahmad B) Mo‘min chol C) Ko‘katoy D) O‘rozqul
26. “Mehr va Suhayl” hikoyatida quyidagi so‘zlar kim haqida?
“Shohni derlar sipohi bilan shoh, Shoh emas u anda bo‘lmasa sipoh”
A) Jobir B) Navdar C) Nu’mon D) Suhayl
27. Qaysi ijodkor devon tuzmagan, balki uning she’rlar 1958-1960 yillarda ikki bora, 2003-yilda150 yilligi munosabati bilan to‘plab chop etilgan?
A) Zavqiy B) Cho‘lpon C) Hamza D) Maxtumquli
28. “Ravshan” dostonida qaysi qahramonning yurti Vayangan edi?
A) Avazxon B) Xon Dalli C) Hasaanxon D) parilar
29. O‘lmas Umarbekovning qaysi asari ifoda maromining shiddatkorligi, sujet to‘qimasining murakkabligi bilan ajralib turadi?
A) “Yoz yomg‘iri” B) “Urush farzandi”
D) “Sevgim, sevgilim” D) “Odam bo‘lish qiyin”
30. Qaysi javobda Mirmuhsinning dostoni berilmagan?
A) “Do‘nan” B) “Cho‘ri” C) “Yashil qishloq” D) “Shiroq”
31. Qaysi shoir g‘ariblikni bir dard ekanini, odamni o‘ldirmaydi-yu, lekin kuldirmasligini qalamga olgan?
A) Asqad Muxtor C) Xayriddin Saloh
C) Mirtemir D) Maxtumquli E) Zavqiy
32. “Mehrobdan chayon”da “Qarg‘a qarg‘anining ko‘zini cho‘qimas” jumlasi kimlar haqida?
A) Anvar va Sultonali
B) Solih maxdum va Mohlar oyim
C) Kalonshoh va Abdurahmon
D) Sharif va Rahim
33. Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” she’rida 46 savdogardan qaysi savdogarni shoir “qattig‘ligi o‘xshar danakka” deya hajv qilgan?
A) Ortiqbachchani B) Bonkaboyvachchani
C) Qosim Oxundni D) Abduqodirni
34. Mirmuhsinning “Me’mor” romanida buyuk me’morning jinoyatchilarga qo‘shilib, fojiaga sabab bo‘lgan o‘g‘li nomini toping.
A) Najmiddin B) Hamidulla C) Abdulla D) Nizomiddin
35. O‘lmas Umarbekovning qaysi asarida Abdulla va Gulchehra kabi yoshlarning muhabbati qalamga olingan?
A) “Sevgim, sevgilim” B) “Fotima va Zuhra” C) “Odam bo‘lish qiyin” D) “Yoz yomg‘iri”
36. Ernest seton Tompsonning qaysi asari uning nomini olamga yoydi. Kitob qo‘lma-qo‘l o‘qildi, tik turib o‘qildi, ovoz qo‘yib o‘qildi, kecha-yu kunduz o‘qildi. Kitobni butun dunyo o‘qidi.
A) “Jonivorlar haqida hikoyalar”
B) “Shimoliy hayvonlar hayoti”
C) “Yovvoyi hayvonlar hayoti”
D) “Men bilgan jonivorlar”
37. “Ishmaktabda ham, bilim yurtida ham o‘zimiz ekar, o‘zimiz tikar, o‘zimiz kiyar edik. Deyarli hamma hunar o‘rgatilar edi. Og‘ir yillar edi: …xo‘ragimiz har kuni ikki yo uch marta bir burdadan qora non va tushlik bir cho‘mich bo‘tqa edi…” tarzida o‘zining mashaqqatli o‘qish yillarini xotirlagan ijodkor kim?
A) Mirmuhsin B) Chingiz Aytmatov
C) Xayriddin Saloh D) Mirtemir
38. Qaysi javobda Abdulla Qahhor qalamiga mansub komediya janridagi namunalardan keltirilgan?
A) “Shohi so‘zana”, “Og‘riq tishlar”
B) “Tobutdan tovush”, “Muhabbat”
C) “Kelinlar qo‘zg‘aloni”, “Kuyov”
D) “Ayajonlarim”, “Sinchalak”
39. Yuzidin bargi gul xijil erdi, Qaddidin sarv munfail erdi, deya Navoiy qaysi qahramoniga ta’rif beradi?
A) Suhayl B) Mehr C) Navdar D) Jobir
40. Qabul qilmay vallamatning so‘zini,
Nomard Avaz bermas bo‘pti qizini,
O‘tib ketdi Avazxonning so‘zlari,
Bizni quzg‘un, lochin qipti o‘zini. Ushbu jumlalar Ravshanjon tomonidan kimga qarata aytilgan?
A) Yunus pariga B) Xon Dalliga
C) Hasanxonga D) Misqol pariga
41. O‘zbek adabiyotidagi vaznlarning qaysi birida misralardagi bo‘g‘inlarning miqdori va guruhlanishidagi bir xillik muhim sanaladi?
A) aruz B) sarbast C) barmoq D) oq she’r
42. Adib asarda aks etgan voqealarni o‘z boshidan o‘tkazganligi uchun romanda tasvir tabiiy chiqqan va u ulkan muvaffaqiyat qozongan”. Ushbu parcha Shuhratning qaysi romani haqida?
A) “Mashrab” B) “Shinelli yillar”
C) “Jannat qidirganlar” D) “Oltin zanglamas”
43. “…Kel, men senga qisqagina doston o‘qiy,
Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy,
Kel, ko‘zingning yoshlarini so‘rib olay,
Kel, yarali tanlaringni so‘rib olay”.
O‘z yurtiga , Vataniga ana shunday murojaat qilgan ijodkor nomi berilgan javobni tanlang.
A) Xayriddin Saloh B) S. Zunnunova
C) A. Muxtor D) Cho‘lpon
44. Ko‘chimning qaysi turida tashqi o‘xshashlik asosiy o‘rinda turmaydi, balki o‘xshatilayotgan va o‘xshayotgan narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy o‘xshashlikka, yaqinlikka, vazifalardagi umumiylikka tayaniladi?
A) ramzda B) istiorada C) majozda D) tashbehda
45. Cho‘lpon o‘zining qaysi she’rida “Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar”, “Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar”, “Shifo istab kelmasin der qo‘noqlar” kabi tasvirlarni qo‘llagan?
A) “Xalq” B) “Binafsha” C) “Buzilgan o‘lkaga” D) “Go‘zal”
46. “Gadomiz, boshlar uzra soya solsin, Humo yetkur”. Mamlakatimiz gerbidagi Humo qushini oldindan bashorat qilgandek tuyuladigan mazkur misra qaysi shoirga tegishli?
A) Turdi B) Hamza C) Cho‘lpon D) Zavqiy
47. Uvaysiyning “Anor” chistoni haqida aytilgan to‘g‘ri hukmlarni toping.
1) bu chiston majoziy chiston
2) bu chiston oddiy chiston
3) bu chiston qofiyasi mutlaq qofiya
4) bu chiston qofiyasi muqayyad qofiya
A) 1,3 B) 2,4 C) 2,3 D) 1,4
48. O‘lmas Umarbekov qalamiga mansub qissalar qatorini toping.
A) “Oqar suv”, “Kurort”, “Odam bo‘lish qiyin”, “Bolgar qo‘shiqlari”
B) “Tungi chaqmoqlar”, “Damir Usmonovning ikki bahori”, “Oltin yaproqlar”, “Yoz yomg‘iri”
C) “Urush farzandi”, “Cho‘li Iroq” , “Sevgim, sevgilim”, “Oq qaldirg‘och”
D) “Ikki soldat haqida qissa”, “Sevgi afsonasi”, “Changalzor qonuni”, Charos”
49. Majnuntol tagiga o‘tqazing meni, Shu kungacha men o‘zli cheklab bo‘ldim, tarzidagi iqror qaysi hassos shoirga tegishli?
A) A. Muxtor B) E. Vohidov C) Mirtemir D) X. Saloh
50. “Dahshat” hikoyasining bosh qahramoni Unsinoy kimning qizi?
A) aravakashning B) tegirmonchining
C) chilangarning D) temirchining