Mustaqil ish:
2-sinf darsligi
14-mashq. O‘qing. Eslab qolishga harakat qiling.
Ziroat opa ishdan qaytganda qizchasi Odila eshik oldida o‘ynab yurgan edi. U yugurib borib, onasini quchoqladi. Ona Odilaning peshonasidan o‘pdi. Sumkasidan uch dona konfet ham olib berdi.
Mahmud Murodov
Nechta gap o‘qidingiz? Gaplarni yana qayta o‘qing. Eslab qolganlaringizni yozing.
Qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushirishga harakat qiladi, o'zlashtirgan mazmunni to'liqroq, aniqroq berish uchun gapiar tuzadi. Bu bilan o'quvchining mustaqillik darajasi va bilish faolligi o'sadi, ijodiy elementlar qo'shila boradi.
79-mashq. Rasmlarga qarang. Gaplarni o‘qing.
Avtobusga bir ayol chiqdi. Xurshid avtobusda oyna oldida o‘tirgan edi. Xurshid darrov o‘rnidan turdi va ayolga joy berdi.
Gaplarni rasmlar tartibida yozing. Bir gap bilan javob bering: Xurshid nima qildi?
O'quvchilaming hayotiga bog'lash (o'rni bilan), ya’ni o'qilgan matn mazmuniga bog'liq holda o'quvchilaming shaxsiy tajribasida uchraydigan va uchragan analogik holatga e ’tibor berish. Boshqacha qilib aytganda, har bir darsda ma’lum ta’lim maqsadi asosida qayta hikoyalashga muntazam o'rgatib borish zarur.
85-mashq. O‘qing.
Uchqun bilan O‘tkir maktabdan kelayotgan edilar. Ular o‘ynoqlab kelayotgan buzoqni ko‘rib qolishdi. O‘tkir buzoqning yo‘lini to‘sdi. Uchqun uni epchillik bilan ushladi. Buzoqning egasi Davron aka bolalarga rahmat aytdi.
Qanday bolalar haqida hikoya qilinyapti?
Savollarga javob yozishga tayyorlaning.
1. Bolalar nimani ko‘rib qolishdi?
2. Ular nima qilishdi?
3. Kim bolalarga minnatdorchilik bildirdi?
131-mashq. O‘qing. So‘zlab bering.
Kaptar ovchining to‘riga ilindi. Ovchi uni tutib olmoqchi bo‘ldi.
Buni chumoli ko‘rib qoldi. Ovchining ko‘ylagi ichiga kirdi. Yelkasini qattiq chaqdi. Ovchi chiday olmadi. U to‘rni qo‘lidan
tashlab yubordi. Kaptar qutulib, uchib ketdi.
Hikoya necha qismdan iborat? O‘rganilgan mavzuga oid so‘zni aniqlang. Sarlavha qo‘yib, yozing.
Matn qismlarini qayta hikoyalash, uning kamchiliklarini tahlil qilish.
173-mashq. Gaplarni o‘qing.
Qurolli kuchlarimiz jonajon O‘zbekistonimizning qo‘riqchilaridir. Ular xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlaydilar. Akalarim Elshod va Durbek harbiy xizmatdalar.
Yozing. Qurolli kuchlarimiz haqida nimalarni
bilasiz? So‘zlab bering.
178-mashq. O‘qing.
CHIN DO‘STLAR
Xayrulla va Akmal bir sinfda o‘qishadi. Ular qalin do‘st. Akmal shamollab, kasal bo‘lib qoldi. Kasali biroz cho‘zildi. Shuning uchun darslardan ham qolib ketdi. Xayrulla maktabdan kelgach,
Akmalga o‘zi olgan saboqlarni o‘rgata boshladi. qoldirilgan darslarni o‘zlashtirib oldi. U chin do‘stiga yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Sinfdoshlari ularga havas qilishdi.
Savollarga javob bering va javobingizni yozing.
1. Kimlar qalin do‘st?
2. Xayrulla do‘stiga qanday yordam berdi?
3. Kimlar ularga havas qilishdi?
193-mashq. Gaplarni o‘qing.
Men Toshkent shahrining Tinchlik ko‘chasida turaman. Mening otam — Jo‘rayev Shuhratjon.
Onam — Abdullayeva Muhayyo.
Buvim — Ahmedova Muhabbat G‘azalkentda yashaydi.
Quyidagi namunaga qarab, o‘zingiz haqingizda yozing.
Namuna: mening ismim—………….. . Men ……………shahrida
(qishlog‘ida), ………….. ko‘chasida turaman. Onamning
ismi — …………... Otamning ismi— …………….. .
194-mashq. Matnni o‘qing, unga sarlavha toping.
Bobomiz Alisher Navoiy 9-fevralda Hirot shahrida tug‘ilgan.
Bolalik chog‘laridayoq hammaning e’tiboriga tushgan. Juda odobli bo‘lgan. Ko‘p kitob o‘qigan. Zehni o‘tkir bo‘lgan. Minglab misra she’rni yod bilgan. Kichiklikda yozgan she’rlariga ustozlari
ham katta baho bergan.
Po‘lat Mo‘min
Savollarga javob bering.
1. Bobomiz Alisher Navoiy qachon, qayerda tug‘ilgan?
2. Bobomiz hammaning e’tiboriga tushganining boisi nimada?
196-mashq. Rasmlarni ko‘rib chiqing.
Berilgan reja asosida uch bo‘limli og‘zaki hikoya tuzing.
Dostları ilə paylaş: |