Mustahkamlash uchun savollar:
1.”Devoni hikmat”qanday yaratilgan.
2.”Devon”da qanday axloqiy masalalar ko’tarilgan.
3.Hikmatlar vaznini aniqlang.
4.Hikmatlardagi tasviriy vositalarni tahlil qiling.
Uyga vazifa:
4ta hikmat yod oling.
8-MAVZU: TAKRORLASH. ORALIQ NAZORAT TESTLARI
1-variant
1. Komil insonlikka intilish, ham ruhan, ham jisman pok bo’lish, bularga maxsus riyozat bosqichlari orqali yetib borish - qanday tizim, ta’limot?
A) Jadidizm B) Ma'rifatparvarlik C) Tasavvuf D ) Majoz
2. Turkiy xalqlarning nomi va asari saqlanib qolgan eng qadimgi yozuvchisi kim?
A) Bilga xoqon B) To’nyuquq C) Yo’llug’ Tigin D) Kul Tigin
3. «Rustamxon» dostonida ajdahoni yengish uchun kutayotgan Rustam
ajdahoni har tarafga o‘t sochib, tog‘ ustidan qaysi ko‘lga tushib kelayotganini
ko‘radi?
A) Sariqqamish ko‘liga B) Charxin ko‘liga
C) Ko‘kqamish ko‘liga D) Hukumu ko‘liga
4. «Вu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim. yalovli otni yugurtirmadim». Bu iftixor so’zlari kimga tegishli?
A) «To’nyuquq» bitigida To’nyuquqqa B) «To’nyuquq» bitigida Eltarish xoqonga
C) «Bilga xoqon» bitigida Bilga xoqonga D) «Kul Tigin» bitigida Kul Tiginga
5. Bitiktoshlarning asosiy mavzusini belgilang.
A) ishq-muhabbat B) ma'rifatparvarlik
C) tasavvuf g’oyalari talqini D) vatanparvarlik
6.Xalq og'zaki ijodining epik turiga qaysi janrlar kiradi?
A)Mif, afsona, rivoyat, ertak B)Afsona, rivoyat, qo'shiq, naql, xalq teatrlari
C)naql, latifa, lof, terma D)A va С
7.Badiiy adabiyotning eng qadimiy shaklini ko'rsating.
A)mumtoz adabiyot B)uyg'onish davri adabiyoti C)xalq og'zaki ijodi D)А, С
8. Mumtoz (klassik) she'riyatda boda qanday tasavvufiy ma'no anglatadi?
A) insonlarni yomonlikka undovchi nafs B ) kamolga yetgan kishining qalbi C) ishq D) iymon
9. O’rxun-Enasoy obidalariga xos bo’lgan asosiy xususiyatni aniqlang.
A) qoliplovchi hikoyaga ega ekanligi B) sujetnnng murakkabligi
C) tasvirda yagona qahramonning yetakchilik qilishi D) qahramonlarning o’zaro ziddiyatda tasvirlanishi
10. «Kultigin» va To’nyuquq» obidalarida qanday g’oyalar ulug’lanadi?
A) mehnatkashlik va qahramonlik B) qahramonlik va vatanparvarlik
C) do’stlik va sevgi-muhabbat D) yoshlik va qahramonlik
11. o’rxun-Enasoy yodgorliklan qanday usul yetakchilik qiladi?
A) she'riy usul B) nasr usuli C) afsonalar usuli D) ertak usuli
12.Tasavvufning eng yuqori bosqichi...
A ma'rifat B) tariqat C) shariat D)haqiqat
13. So’fiylikda inson fe'lining eng katta qusurlaridan biri nima?
A) Kibru havo, manmanlik B) Ochko’zlik, yebto’ymaslik
C) Baxillik, xasislik D) Hasadgo’ylik, ko’rolmaslik
14. Voqealar qahramon tilidan bayon qilingan asarlarni belgilang.
A) «Tunyuquq» obidasi, «Sehrli qalpoqcha» B) «Qutadg’u bilig” «Kecha va kunduz»
C) «Hibat ul-haqoyiq», «Nido» D) «Qisas ul-anbiyo», «Sarbadorlar»
15. O’rxun-Enasoy yozuvidagi yodgorliklar qanday materialga bitilgan?
A)teriga B)yog’ochga S)toshga D) ko’rsatilgan barcha materiallarga
16. Dastlabki yozma yodgorliklardao’rxun-Enasoy yozuvlarini qaysi davrga kelib o 'qishga erishildi? A)XIX asrda B)XIIIasrda C) XV asrda D) XI asrda
17.Rivoyatlarga ko'ra, yer yuzidagi birinchi qo 'shiq kim tomonidan va nima munosabat bilan aytilgan ekan?
A) Odamato tomonidan, Hobil otli o'g'li o'lganda B) Aziz momo tomonidan, o'g'li tug'ilganda
C) Onalar tomonidan, farzandlarini ovutish uchun D) А, В, С
18. «Hikmat»lar Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asardir.Unda qancha she’r bor?
A) 500ta B) 240 ga yaqin C) 183 ta D) 100ga yaqin
19. Yevropaliklar O’rxun-Enasoy yodgorliklari yozuvini nima deb atashgan?
A) "manixizm' (moniylikka oid) B) "runik" (sirli)
C) "epistolyar xatlar" (nomalar) D) "elegiyalar" (qabr toshi yozuvlari)
20.«Ko'ngli ochiqning qo'li ochiq ...» maqolini davom ettiring.
bilimi borning ko'ngli ochiq
qo'li ochiqning yo'li ochiq
o'g'li borning baxti ochiq
ko'ngli ochiqning yo'li ochiq
2-variant
1.«To’nyuquq bitigtosh”i qachon yozilgan?
A) 744-yilda B) 736-738-yilda S)732-yilda D) 712-716-yilda
2. Murojaat, undov, chaqiriq ohanglari yetakchi mavqe tutgan asarni aniqlang.
A) «Shiroq» B) «To’nyuquq» bitigi C) «Devonu lug’otit-turk»
D) «Xurishni eplolmagan kuchukcha»
3. Mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib borgan qahramonlarni belgilang.
A) To’nyuquq, Kultegin B) Kuntug’di, O’zg’urmish
C) Alp Er To’nga, Yo’llug’ Tigin D) Farhod, Iskandar
4. Ushbu jumla qaysi bitigda qayta-qayta qo’llanilgan? «o’sha gapni eshitib. tun uxlagim kelmadi, kunduz o’tirgim kelmadi.
A) «To’nyuquq» bitigida B) «Bilga xoqon» bitigida C) «Kul Tigin» bitigida D) «Irq bitigi» da
5. Ushbu jumla qaysi bitikda qayta-qayta qo’llanilgan? «Xoqoni bahodir ekan. Maslahatchisi alloma екап»
A) «To’nyuquq» bitigida B) «Bilga xoqon» bitigida C) «Kul Tigin» bitigida D) «Irq bitigi»da
6. Quyidagi maqolning davomini toping. Tilni bilish - ...
A) juda yaxshi B) mening baxtim
C)dilni bilishga yo'l ochar
D)oliy himmat
7.Xalq topqirligi, zukko va donoligini bildiruvchi folklor janrlari qaysi javobda to'g'ri kо'rsatilgan ?
A) qo'shiq, terma, askiya B) doston, latifa, rivoyat C) afsona, lapar, masal D) topishmoq, matal, masal
8. Topishmoq va maqolning о 'zaro o'xshashligi nimada?
A) har ikkalasida ichki qofiya bo'ladi
B) har ikkalasida fikr aniq, tugal bo'ladi
C) xulosa mavjudligi
D)o'zaro o'xshashlik yo'q
9. To’nyuquq bitigtoshida eng ko’p qo’llangan badiiy tasvir vositasi qaysi javobda to 'g 'ri ko 'rsatilgan ?
A) sifatlash B) talmeh C) o’xshatish D) alliteratsiya
10. To’nyuquq bitigtoshidagi voqealar kimning tilidan hikoya qilingan?
A) Eltarish xoqonning B) Bilga xoqonning C) To’nyuquqning D) Kul Tiginning
11. To’nyuquq bitigidagi yozuv necha satrni tashkil etadi?
A)66satrni B)62satrni C)50satrni D) 72 satrni
12. Turk so’zining ma'nolari qaysi javobda to 'g 'ri berilgan ?
A) "qalpoq", "dubulg’a" B) "go’zal", "yetuklik chog’i" C) "tarqalmoq", "kuch-quvvat" D) barchasi to’g’ri
13. «Xoja Ahmad Yassaviy –Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish” Ushbu ta’rif qaysi asarda keltirilgan?
A) “Majolis un-nafois” B) «Nasoyim ul-muhabbat»
C) “Devonu lug’otit-turk” D) “Qutadg’u bilig”
14. «Rustamxon» dostonida qaysi obraz doston voqealari davomida juda
ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi?
A) Sultonxon B) Huroyim C) Oftoboy D) Rustamxon
15. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlarda qo‘llanilgan «lanqa»
so‘zining ma’nosini toping.
«Rustam otasini chopibdi» degan
Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.
A) ta’na B) yolg‘on C) qo‘pol D) achchiq
16. O’zbek adabiyoti ko’p ming yillik tarixga ega. Agar "Avesto" ko’zda tutilsa, u nechayillik tarixga ega?
A) 2700 B) 3000 C) 1000 D) 1400
Dostları ilə paylaş: |