Kim ko‘rubtur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshiliq?
Kimki ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshiliq.
907 (1501–1502)-yillar voqealari bayonida esa Toshkentga borib xon qoshida bir ruboiy o‘qigani eslanadi:
Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni g‘urbatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘aribliqta shod o‘lmadi hech,
G‘urbatda sevunmas emish, albatta, kishi.
Xuddi shu yil voqealari bayonida u:
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim, –
degan 7 baytli g‘azalini tugatganligini ham aytadi. Kobul atrofiagi Gulbahor degan bir joydagi lolalarni sanatganda, u yerdan 34 xil lolani keltiradilar. Mana shu asnoda shoirning quyidagi g‘azali yaratiladi:
Mening ko‘nglumki, gulning g‘unchasidek tah-batah qondur, Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmoqi ne imkondur.
Asarda 1508–1520, 1525, 1530-yillardagi voqealar aks etmay qolgan.