Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə107/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Tayanch tushunchalar: Yassi, to’rtlik, Arslon bobo, Buxoro, “Munojotnoma”, “Faqrnoma”, payg’ambar Yoshi, tasavvuf, mano, radif, vazn, barmoq vazni.
Ahmad Yassaviyning tarjimai holi haqida ma’lumotlar juda kam, borlari ham afsonalardan iborat. Ixtiyorimizda mavjud bo’lgan ilmiy manbalarda uning vafoti yili 1166-yil deb ko’rsatiladi va u 63 yil yoki 130 yil umr ko’rganligi aytiladi. Basharti 130 yil yashagani hisobga olinsa, shoir XI asr boshlari va XII asrning 1-yarmida yashab o’tgan bo’lib chiqadi. Agar 63 yoshga kirib vafot etgani inobatga olinsa, u holda adibning yashab ijod etgan zamoni XII asrning 1-yarmiga to’g’ri keladi. Har holda Ahmad Yassaviy yashagan davr XI asr oxirlari XII asrning 1-yarmi, yoki 60-yillari bilan bog’liqlik kasb etadi.

XI-XII asrlar Qoraxoniylar davlatiga kirgan Markaziy Osiyo sarhadining ko’plab viloyatlarida turkiy tilda so’zlashuvchi aholi yashar edi. Bu asrlar turkiy adabiy tillarning, jumladan eski o’zbek va uyg’ur adabiy tilining vujudga kelishida katta bir bosqich bo’ldi. Qoraxoniylar davrida Markaziy Osiyoga turkiy qabila va elatlarning ko’chib kelishi yanada kuchayib, turkiy tillar guruhidagi tillarda so’zlovchi aholining nufuzini oshiradi. Natijada XII asrga kelib Ettisuv, Farg’ona, Xorazm, Toshkent va boshqa tumanlarda aholining asosiy ko’pchiligi turkiy xalqlar bo’lib qoladi. Turkiy tillarida so’zlovchi aholining nufuzi cho’l tumanlarida va qishloqlaridagina emas balki, Toshkent, O’zgand, Qashqar, Sayram, Balasog’un hamda Samarqand va Buxoro kabi shaharlarda ham oshib bordi. Bu davrga kelib turkiy tillarda ilmiy va adabiy asarlar yaratish harakatlari, an’analari boshlangan edi. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qtadg’u bilik», Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat», «Mnojotnoma», «Hikoyat me’roj» «Faqrnoma», Sulaymon Boqirgoniy (vafoti 1186-y)ning she’rlari, hikmatlari, «Me’rojnoma», «Oxir zamon muxammasi», «Bibi maryam», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarlari shu davrning samarasi sifatida maydonga keldi.

XII asrda etishib chiqqan Ahmad Yassaviy turkiy tasavvuf adabiyotining yirik vakili, Yassaviya (yoki jahriya) tariqatining asoschisidir. Ahmad Yassaviyning hayoti afsona va rivoyatlarga qarishib ketgan. Uning to’g’risida shu qadar ko’p va qisman bir-biriga zid afsona va rivoyatlar yaratilganki, Markaziy Osiyo, Qozog’iston, Tatariston, Turkiya va boshqa o’lkalarda o’tmishda keng shuhrat topgan bu shayxning shaxsiga doir tarixiy haqiqatni aniqlab olish nihoyatda mushkuldir. Ahmad ssaviy Yassi hozirgi (Turkiston)da ruhoniy shayx oilasida dunyoga keldi, uning otasi Ibrohim ismli kishi bo’lib, Yassi va Sayrem shaharlaridao`zoq yillar shayxlik qiladi va ko’p muridlari bo’lgan. Rivoyatlar shayx Ibrohimni va uning otasi Mahmud, bobosi Iftixor va boshqalar orqali Muhammad payg’ambarning qizi-Fotima bog’laydi. Ahmad Yassaviyning onalarini Qorasoch momo deganlar, uning aka-ukalari Latif ota va Mustafoquli otalarining hamda qizlari Jamolxonim va Gavxar Xushtariylarining ismi bizga ma’lum. Yosh Ahmadning bolalik yillari sayramda o’tadi, go’daklik chog’ida otasi o’lib, Arslonbobo degan eshonning qo’lida qoladi. Bu haqda Yassaviy o’z hikmatlarida ishoralar ham qiladi:


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin