Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Etti yoshda Arslon bobom berdim salom



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə108/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Etti yoshda Arslon bobom berdim salom,

Haq Mustafo omonatin qildi in’om

Etti yoshda Arslon bobom izlab topdi,

Har sir kutib parda birla bukib yopdi.

Yassaviy hikmatlari orasida:

Arslon bobom so’zlarin eshitingiz tabarruk,-naqoratli o’ttiz bandli (har bandi to’rt misrali) she’r mavjud.

Arslon bobo vafotidan so’ng Yassaviy Buxorogo borib, mashhur mutasavvir Yusuf Hamadoniy (vaf. 1148)dan tasavvuf bo’yicha ta’lim oladi. Yusuf Hamadoniy qazo qilgach, Yassaviy uning o’rnida xalifa (o’rinbosar)lik qiladi, nihoyat yirik mutasavvir sifatida Turkiston muzofotiga qaytib keladi. Bu erda Yassaviyning shayxlik faoliyati avj oladi va katta obro’-e’tibor qozonadi.

Ahmad Yassaviydan ulkan adabiy meros etib kelgan, ushbu badiiy obida rang-barang, diniy-falsafiy mazmunga boy, uning diniy falsafasi sirli, sehrli qirralarga ega, uning insonlarga ta’sir kuchi behad. Yassaviy dunyoqarashi bilan hozirgi kishisi dunyoqarashi, o’rtasida keskin tafovut mavjud, zero shoir yashagan davr bilan hozirgi davr ijtimoiy hayot tarzi bir-biridan mutlaq farq qiladi. Lekin Yassaviy she’riyatining hozirgi zamon kishisiga ta’siri beqiyos, sababi, u kishilarning dilidagini topib yozgan, bu jihatlar biz bilan Yassaviyni ancha yaqinlashtiradi. Yassaviy she’rlarining tili sodda, samimiy, o’qilishi ravon, tushunilishi oson, chunki har bir so’z, ibora, misra, bayt chuqur hikmatona g’oyalar yo’g’rilgan. Yassaviy she’riyatida ziddiyatli tomonlar ham sezilarli, darajada bu hodisalar zamon va zamin murakkabliklari bilan bog’liqliklar kasb etadi. Shoir yashagan hayot muammolari hayot va muhit murakkabliklari, turmush injiqliklari, diniy va dunyoviy falsafaga doir munozaralar ilohiy ishq va dunyoviy ishq bahslari hamda boshqa masalalar uning ijodida to’kis in’ikos topadi. Har bir xalqning o’z tarixi, o’z madaniyati, o’z an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlari bor, badiiy adabiyot shu zaminda, ana shu zamonda vujudga kelib, uni o’zida aks ettiradi. Shunga ko’ra Yassaviy hikmatlari o’z xalqi, o’z davri va o’z muhitining adabiy hujjati hamdir.

Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Ahmad Yassaviyga shunday ta’rif beradi: «Xoja Ahmad Yassaviy –Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)». «Hikmat»lar Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asardir.Unda 240 ga yaqin she’r bor. Asar xalq orasida «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Hikmatlarga «Qul Xoja


Ahmad», «Xoja Ahmad Yassaviy», «Ahmad ibn Ibrohim»,«Sulton Xoja Ahmad Yassaviy», «Yassaviy miskin Ahmad», «Miskin Yassaviy», «Xoja Ahmad», «Ahmad», «Ahmadiy»,«Qul Ahmad», «Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qo‘yilgan.
Ahmad Yassaviy – mutasavvuf shoir. Tasavvufdagi to‘rt asosiy bosqich: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat mohiyatini she’riy misralariga singdirgan Ahmad Yassaviy shu yo‘nalishda katta shuhrat qozondi. Bu bejiz emas. Adib tasavvufni inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida biladi. Bundan maqsad insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga da’vat etishdir.To‘g‘ri yo‘l haqiqatni anglashga olib kelmoq kerak. Haqiqatni
anglash o‘zlikni anglashdir. Bunga erishmoq uchun kishining hidoyat yo‘liga kirmog‘i, butun kuch va vujudini shu yo‘lga qaratmog‘i kerak


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin