Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Alisher Navoiy haqida uning zamondoshlari



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə155/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Alisher Navoiy haqida uning zamondoshlari
Abdurahmon Jomiy: «Kel, Jomiy, umr bo‘yi mashaqqat tortib, ko‘nglingdan shu «besh ganj»ni dunyoga chiqarding. Sening bu «Besh»ing («Xamsa»ng) shunday kuchli panja bo‘ldiki, daryokaflr qo‘li buralib ketdi... Biroq har xazina o‘lchovchi (ya’ni yetuk shoir) qalamidan bu o‘tar dunyo «Besh xazina» bilan boyigandir. U «Besh»liklarga sening «Besh»ing qachon tenglashardi? Ularning bir xazinasi sening
yuz xazinangdan yaxshidir. Xususan, u panjaki, ganjadan sarpanja urganda Sher kabi o‘z sarpanjasini urdi, turkiy tilde bir ajoyib qo‘shiq kuyladiki, jodu nafaslilar og‘zi muhrlandi. Bu qalamga falakdan ofarinlar yog‘ilsin! Chunki bu yoqimli naqshni o‘sha qalam yaratdi va forsiy til egalari, forscha nazm durlarini tuzuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda boshqalarga so‘z aytishga majol qolmasdi. Bu
mo‘jizakor nazm tarozisi qarshisida Nizomiy kim-u, Xusrav kim bo‘ldi? U boshqa tilda so‘z yuritganidan aqlga oradagi farqni ajratish uchun yo‘l qolmadi. Ey (Navoiy), sening tab’ing so‘z ustodidir. Qalaming ochqichi bilan so‘z eshigini ochding. Ravnaqdan qolib ketgan va xorlik burchagidan o‘rin olgan (turkiy) so‘zga sen yangidan obro‘ berding. Uni ijod maydoniga olib chiqding. U sening ra’ying nuridan safoli
bo‘ldi, lutfig navosi (boyligi)dan navoli (bahramand) bo‘ldi».
Rashidiy: «U (Alisher Navoiy)ning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi. Otasini «Kichkina baxshi» deyishgan, u saroyda amaldor bo‘lgan. Mir Alisher bolalikdan Sulton Husayn mirzo bilan do‘stlashgan. Sulton Husayn mirzo podshoh bo‘lgach, Alisher Navoiy uning xizmatiga kelgan, mirzo uni behad qadrlab, g‘amxo‘rliklar ko‘rsatgan, Mir Alisher esa xalqqa xuddi shunday g‘amxo‘rlik qilgan».

Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin