Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə156/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Hakimshoh Qazviniy: «Hech kim turkiy she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan».
Xondamir: «874-yilning boshlarida Mirzo Yodgor Muhammad Hasanbek turkman yordami bilan Xurosonni qo‘lga kiritish payiga tushdi. Sultoni Sohibqiron (Husayn Boyqaro) esa bir to‘da amir va qo‘shinni dushmanga qarshi yuborib, ular orqasidan o‘zi ham jo‘nadi. Nusrat nishonli bayroqlar Mashhaddan o‘tganda, dushmanning yaqinlashgan xabari ilg‘or askar boshliqlariga ketma-ket eshitildi. Shu sababdan zafar bayroqli podsho dushman tomonga tezlik bilan harakat qilish xohishini bildirdi. Ammo uning muborak tiliga vaqt belgilash uchun munajjim chaqirilsin degan so‘z keldi. Bu vaqtda ulug‘ martaba egasi va hazrat sultonning yaqin do‘sti (Alisher Navoiy) arz qildiki, munajjim chaqirib, paytning yaxshi-yomonligini hozirda tekshirishning foydasi yo‘q. Chunki payt muvofi bo‘lsa yo bo‘lmasa ham ishini kechiktirish mumkin
emas va tezlik bilan harakat qilish lozim»... Biroz yurilgandan keyin ishni boshlash uchun otlanib hiqishning maqsadga g‘oyatda muvofi ekanligi aniq ma’lum bo‘ldi».«Garchi oliy hazratga o‘zidagi tab’ quvvati va qobiliyati ko‘pligi jihatidan har ikki nav, ya’ni turkiy va forsiy she’rlar muyassar bo‘lsa-da, uning o‘tkir tab’i (ning moyilligi) forsiychadan ko‘ra turkiychaga ortiqroq edi».Navoiy ,,Xamsa” yozish niyati to’g’risida ustozi Abdurahmon Jomiy bilan maslahatlashganda, u Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi. Shoir ustozidan oq fotiha olib, og’ir, mashaqqatli ishga kirishadi. Nizomiy bilan bellashish — uning panjasiga panja urish (,,Xamsa”siga ,,Xamsa” bilan javob qilish) maqsadida maydonga kirish ulkan jasorat talab qilardi. Sherga yuzma-yuz bo’lish uchun sher bo’lmaganda ham yo’lbars bo’lmoq lozim edi:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher oldida ham sheri jangi,
Agar sher o’lmasa, bori palangi.

1500- yil dekabrining oxirlarida Husayn Boyqaro Astrobod yurishidan qaytar edi. An’anaga ko’ra, saroyning barcha e’tiborli kishilari shohni kutib olishga yo’lga chiqadilar. Ular orasida Navoiy ham bor edi. Sog’lig’i juda yomonlashganiga qaramay, shoir safardan qaytgan sulton huzuriga yetib keldi va hamrohlari yordamida uning ko’ksiga bosh qo’yib, hushidan ketadi. Shu ahvolda yarim tunda uni uyga olib keladilar. Ertasiga mashhur tabiblar maslahatga to’planib, qon olmoqqa qaror beradilar. Ammo buning foydasi bo’lmaydi. Uch kun hushsiz yotgan Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun xalq: shohdan gadogacha, olimdan

cho’pongacha, shoirdan dehqongacha ulug’ farzandining o’limiga qayg’u va iztirob bilan motam tutadi.


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin