Topshiriq: keltirilgan asarlar haqida ma’lumot yozing.
Asarlar
|
Tahlili
|
“G’aroyib us-sig’ar”
“Layli va Majnun”
“Vaqfiya “
“Mahbub ul qulub”
“Devoni Foniy
“Xazoyin ul maoniy”
“Lison ut tayr”
“Munshaot”
“Xamsat ul-mutahayyirin”
“Majolis un nafois”
|
|
Tayanch so’z va iboralar: “Xazoyin ul-maoniy”, “G’aroyib us-siga’ar”, “Navodir ush-shabob”, “Badeye’ ul-vasat”, “Favoyid il kibar”; “Devoni foniy”, g’zal, musaddas, tarkiband, ruboiy, qit’a, tarix, muammo, qasida, lug’uz.
Alisher yetti-sakkiz yoshlaridan she’r mashq qila boshlagan edi. She’riyat umr bo’yi unga hamroh bo’ldi. U 15 yoshida ,,zamonasining malik ul-kalomi” deb nom olgan Lutfiyni lol qoldirdi. 24—25 yoshlarda muxlislar uning she’rlarini to’plab, devon tuzdilar. Bu devon Navoiy she’rlarining dastlabki to’plamidir. Navoiyning o’zi tuzgan birinchi devon ,,Badoye’ ul-bidoya” deb nomlanadi. ,,Badoye’ ul-bidoya”— badiiylikning boshlanishi demakdir. Shoir bu devonini do’sti, podshoh Husayn Boyqaroning topshirig’iga ko’ra tuzgan edi. Devon Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan keyin, ya’ni 1469- yildan so’ng tuzilgan. Shoirning ikkinchi devoni ,,Navodir un-nihoya” (,,Nihoyasiz nodirlikiar”) deb ataladi. Va u mutaxassislar fikricha, 1480—1487- yillarda tuzilgan bo’lib, birinchi devondan keyin yozilgan turkcha she’rlardan iborat.
Alisher Navoiy 1492—1498- yillarda yana Husayn Boyqaroning taklif va da’vati bilan o’zining barcha she’rlarini, shu jumladan, oldingi, o’zi tuzgan ikki devoniga kirgan she’rlarini ,,Xazoyin ul-maoniy” (,,Ma’nolar xazinasi”) nomi ostida bir yerga yig’ib, ular asosida to’rt devon tartib qiladi. Bu to’rt devonning har biriga inson umrining fasilariga moslab nom beradi. Shoir 7—8 yoshidan 20 yoshigacha bo’lgan davrini umrining ko’klami hisobladi va shu davr devonini ,,G’aroyib us-sig’ar” (,,Bolalik g’aroyibotlari”) deb atadi. 20 yoshidan 35 yoshigachasini umrining yozi deb belgiladi va ,,Navodir ush-shabob” (,,Yigitlik nodirlikiari”) deb atadi. 35—45 yoshini umrining kuziga qiyos etdi va ,,Badoye’ ul-vasat” (,,O’rta yosh badialari”) deb nomladi. 45—60 yoshini umrining qishiga o’xshatib, ,,Favoyid ul-kibar” (,,Keksalik foydalari”) deb nomladi. Har bir devoniga 650 tadan g’azal kiritadi, shunga muvofiq boshqa she’riy janrlarga ham joy ajratadi.
,,Xazoyin ul-maoniy” Navoiy she’riy merosining kulliyoti (to’plami)dir. Unda 45 ming misraga yaqin 3200 dan ortiq she’r bor. Bu she’rlar o’sha davrda keng tarqalgan o’n olti lirik janrga mansub. Tabiiyki, ,,Xazoyin ul-maoniy” 1498-yilda yakunlangani uchun shoirning so’nggi 2—3 yillik she’rlari kirgan emas. Holbuki, hazrat Navoiy biror kun bo’lsin ijoddan to’xtagan emas. Shu jihatdan, ,,Xazoyin ul-maoniy” ulug’ shoirning barcha o’ zbekcha she’rlarini qamrab oladi, deb aytib bo’lmaydi. Shunga qaramasdan, Chiqishda ,,Chor devon” nomi bilan shuhrat topgan mazkur to’plamni Navoiyning ona tili—turkiydagi she’riy merosining kulliyoti deyilsa, mubolag’a bo’lmaydi.
Navoiy forscha she’rlarini ham yig’ib, ,,Devoni Foniy” nomli to’plam tuzdi. Unda g’azal, musaddas, tarkibband, ruboiy, qit’a, tarix, muammo, qasida, lug’z kabi janrlardan tashkil topgan 1131 she’r bor edi. Devondagi she’riy merosning umumiy miqdori 12 ming misradan ortiq edi. Shu tariqa, buyuk shoirning she’riy merosi hayotlik chog’ida sakkiz devonda jam bo’lgan, shulardan birini muxlislari tuzgan edilar. Bunday ulkan she’riy meros mumtoz adabiyotimiz tarixida ko’rilgan emas edi.
Alisher Navoiyni mashhur olim va adib Maqsud Shayxzoda ,,G’azal mulkining sultoni” deb atagan edi. Haqiqatan ham, u turkiy g’azalchilikning eng buyuk vakilidir. Faqat turk emas, umuman, Chiqish g’azaliyotida u mumtoz o’rinlardan birini egallaydi. Chunki g’azal uning qalamida yangi bosqichga ko’tarildi. Aslida g’azalning Navoiygacha ham maqomi juda baland edi. Fuzuliy shoirlar haqida to’xtalganida, arab adabiyotidan Abu Nuvosni, forsiy she’riyatdan Nizomiyni, turkiydan Navoiyni tilga oladi. Jumladan, Navoiy haqida fikr yuritib, uni ,,Navoiyi suxandon”, ,,Manzuri shahanshohi Xuroson” deb ta’rif etadi. Buyuk Navoiy Xuroson shahanshohi Sulton Husaynga g’azallari bilan ham, dostonlari bilan ham manzur bo’lgan edi.
G’azalga xos muhim xususiyatiardan biri—undagi har baytning mustaqilligidir. Bu mustaqillik gohida shu darajaga boradiki, har bir bayt alohida asar darajasiga ko’tariladi. Bu— bir tomondan yaxshi. Lekin, ikkinchi tomondan, she’rning yaxlithigiga putur yetadi. Muayyan fikr yoxud nozik ma’noni g’azalning boshidan oxirigacha rivojlantinshga xalaqit beradi. Shu sababli, g’azaliyotda baytlarni bir-biniga bog’lab borish, fikr yoxud obrazni darajama-daraja o’stirish tamoyili ham bo’lgan. Buni tadrij deganlar. Mumtoz adabiyotda bu yo’ldagi g’azallar kam edi. Alisher Navoiy g’azaldagi bu usulga alohida e’tibor berdi va tadrijdan foydalanib o’nlab go’zal she’rlan yaratdi. Bu xildagi g’azallarning eng mashhurlaridan biri ,,Yordin ayru ko’ngul...” she’ridir. Shoir butun bir she’rda yoridan ayrilgan ko’ngilning ahvoli va manzarasini sekin-asta kuchayib boruvchi tashbihlar yordamida chizib beradi:
Yordin ayru ko’ngul mulkedurur sultoni yo’q,
Mulkkim sultoni yo’q, jismedururkim, joni yo’q.
Matla’da yorsiz ko’ngil—sultonsiz mamlakatga, sultonsiz mamlakat—jonsiz jismga mengzaladi. Bu hol ohorli fikrdan tashqari, o’ziga xos kayflyat ham hosil qiladi. Lekin na flkrda va na hissiyotda to’la tugallikka erishilgan. Buning uchun keyingi baytga ehtiyoj seziladi. Keyingi baytda oldingi fikr va tuyg’u yanada kuchaytiriladi:
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul,
Bir qaro tufrog’dekdurkim, gulu rayhoni yoq.
Bu baytda ko’ngil va ruh kengliklaridan vujud hamda yerdagi unsurlarni aks ettirishga tutinilgan. Jonsiz jism— gul-u rayhonsiz, ya’ni hosilsiz tuproq. Keyingi satrlarda oldingi baytdagi o’xshalmish o’xshatilmishga aylanadi:
Bir qaro tufrog’kim, yo’qtur gul-u rayhon anga,
Ul qarong’u kechadekdurkim, mahi toboni yo’q.
Lirik qahramon gul-u rayhonsiz tuproqni oysiz qorong’i kechaga o’xshatadi. Bunday holat yetti baytlik g’azalda to’liq davom etadi. Tasvir shunchaki davom ettirilmaydi, balki baytdan baytga ifoda muayyanlashib, tasvir kuchayib boradi. Shuning uchun ham maqta’da qahramonning nadomati avjiga chiqadi, hijron ohanglari cho’qqiga ko’tariladi:
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki bor,
Hajridin dardi va lekin vasidin darmoni yo’q.
G’azal xotimasida tazod san’atidan ham foydalaniladi. Unda bor bilan yo’q bir-biriga qarshi qo’yiladi. Lekin qahramondagi ,,bor” narsalarning ,,yo’q” bo’lgani avloroq edi. Chunki unda uqubat — ,,bor”, hajr —,,bor”, dard —,,bor”, ,,yo’q” narsa esabirgina — visol!
G’azalning har bir baytida yorsiz ko’ngilning bir qiyosi berilgan va bu qiyos, o’z navbatida, yorsiz ko’ngilning g’ayri insoniy, g’ayritabiiy mohiyatini ochishga yordam beradi. She’r Navoiy ijodi uchun bosh masala bo’lgan insonlikning mohiyati unda ishqning borligidir degan xulosaga olib keladi. Shoir boshqa bir o’rinda: Bo’lmasa ishq ikki jahon bo’lmasun, Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun,deb ochiq yozgan edi. Ishq degani oshiq va ma’shuqa deganidir. Oshiq bor joyda yor—ma’shuqa ham bor. Ma’shuqani oshiqsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. She’r mana shu mantiq asosiga qurilgan. Ikkinchidan, yorni faqat bir ma’noda tushunmaslik kerak. Bu yerdagi yorni lirik qahramon bir ko’rib, sevib qolgan qiz deb qabul qilish juda ham to’g’ri deb bo’lmaydi. To’g’ri, g’azalda bunday ma’no ham yo’q emas. Lekin shoir ko’zda tutgan ma’no bundan ancha keng. Shu yerda shoirning ishq haqidagi qarashlarini keltirish o’rinlidir. U ,,Mahbub ul-qulub”da ishqni avom ishqi, xos ishq, siddiq ishqi tarzida uchga bo’ladi. Avom ishqi, shoir fikricha, yigit bilan qizning bir-biriga bo’lgan, nari borsa, shar’iy nikoh bilan yakunlanadigan tabiiy intilishidir. Xos ishq undan farq qiladi. Navoiy uni shunday izohlaydi: ,,...xos ishqqa mansub shaxslar pok ko’zni pok niyat bilan pok yuzga soladilar va pok ko’ngil u pok yuzning shavq-zavqi bilan beqaror bo’ladi. Va bu pok yuz vositasi bilan pok oshiq haqiqiy mahbubning jamolidan bahra oladi “. Bu toifadagi oshiqlar uchun visol emas, ishqning o’zi—maqsad. Yorning qiyofasida Alloh jamolini ko’radigan shoir-u valiylar ishqi xos ishqdir. Siddiqlar ishqi valiylar, ya’ni avliyolardan yuqori, ammo nabiylar, ya’ni payg’ambarlardan pastroq martabadagi yetuk shaxslarning yaratganga bo’ lgan beg’araz muhabbatlarini ifodalaydi. Ishqning uchinchi turi oliy —Alloh jamoliga eltuvchi bosqichdir. Tasavvufda majoz va haqiqat degan tushuncha bor. Unga ko’ra, dunyo go’zalliklari ilohiy go’zallikning belgilariginadir. Zotan, dunyoning o’zi Allohning tajallisidir. Shu jihatdan, nihoyatda mukammal yaralgan inson o’zida haqni mujassam etadi. Demak, unda ilohiylik bor. Xos ishq dunyoga mana shu nuqtayi nazardan qarashdir. Go’zal ma’shuqaning ta’rifini bermoq, aslida Aliohni vasf etmoqdir. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ,,yorsiz ko’ngil” deyilganda, ishqqa begona ma’nosidan tashqari, haqqa intilmagan, muqaddas narsasi yo’q, e’tiqodsiz odam degan ma’no ham yashiringan.
Hazrati Navoiyning ishqiy g’azallari kutilmaganda ijtimoiy ma’no kasb etishi, unda tasvir maromi, belgilangan estetik mo’ljal tezgina o’zgarib ketishi ham o’ziga xos mahorat belgisidir. Shoir g’azaliyotining ko’lami va yo’nalishi haqida to’liq tasavvur hosil qilishda hazrati Alisher Navoiyning ,,Ko’rgali husnungni zor-u mubtalo bo’ldum sango” satri bilan boshlanadigan she’ri alohida ahamiyat kasb etadi.
Ko’rgali husnungni zor-u mubtalo bo’ldum sango,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sango.
Ko’rinadiki, g’azal ishqiy mavzuda. Unda iztirob va tasalli ajib bir uyg’unlikda tasvirlangan. She’r an’anaviy, oshiqning ma’shuqaga dil izhori bilan boshlanadi: oshiq—yor husnini ko’rishga zor. U ishq deb atalgan dardga mubtalo bo’lgan. Shu sababli, u yor bilan oshno bo’lgan kunni ,.balolig” (balo keltirgan kun) deb hisoblaydi. Baytdagi so’zlarni tushunish qiyin emas. Ularning ko’pchi1igi bugungi kunda ham tez-tez ishlatiladi. Shoir, bir tomondan, yor husnini ko’rishga zor bo’lganini aytadi. Ikkinchi tomondan, unga yo’liqqan kunini ,,balolig’ kun” (balo keltirgan, baxtsiz kun) deydi. Buni qanday tushunish kerak? Bu yerda tazod bor. Bu tazodni birinchi satrdagi ,,mubtalo” (oshiqlik, bog’lanib qolish) va ikkinchi qatordagi ,,balo” so’zlari ta’kidlab turibdi. ,, Mubtalo”likka esa, chindan ham ,,oshno”lik sabab bo’lgan. Shu bois yorga oshno bo’lgan kun ,,balolig”dir. Baytning mazmuni asosan ..zor-u mubtalo”, ,,balo”, ,,oshno” so’zlari orqali berilgan. Oshiq bu mubtalolikdan qutulishga urinadi. Har kun uni o’ziga mubtalo qilgan yordan ko’ngil uzishga harakat qiladi. Lekin kundan kun yordan uzilish o’rniga, aksincha, unga batarroq bog’lanib boradi:
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko’ngul,
Vahki, kun-kundin battarroq mubtalo bo’ldum sango.
Shoir yordan vafo qilmog’ini so’raydi, biroq jafo ko’radi. ,,Sen menga fido bo’lgil, deganingda bo’lmadimmi?!”— deya undan gina ham qiladi. Ma’shuqa esa, vafo o’rniga zulm qilishda davom etadi:
Men qachon dedim vafo qilg’il, manga zulm aylading,
Sen qachon deding, fido bo’lg’il mango, bo’ldum sango.
Yor—juda beparvo. U beparvogina emas, o’zini bilmaslikka solib, ,,bu qadar telbalarcha sevib qolgan pari paykaring kim o’zi?”—deb o’yin ham qiladi. Betoqat oshiq o’zini tamom unutib, ,,U—sen! Seni deb telba bo’ldim!”—deya hayqiradigan holatga keladi:
Qay paripaykarga, dersen, telbabo’ldung bu sifat,
Ey, paripaykar, ne qilsang, qil mango, bo’ldum sango.
Oshiq sevgisi uchun rag’batdan umid qilmaydi, jazolanmog’i mumkinligini ham biladi. Shu bois: ,,...ne qilsang, qil...”,— deya xitob aylaydi. Har bir insonning asl hamdami — ko’ngli. Keyingi baytda shoir shu bois o’z ko’ngli bilan muloqotga kirishib, o’zining qaysarligidan, nasihatga quloq osmaganidan noliydi. Uning ishqi sabab sanoqsiz ozorlar tortgan ko’ngilga yordam berish o’rniga, necha yuz ranj-u balo ustiga o’zi ham qo’shimcha ,,bir balo” bo’lganidan o’ksinadi:
Ey ko’ngul, tarki nasihat ayladim ovora bo’l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sango.
Oltinchi baytda jomi Jam va Xizr suvi haqida gap ketadi. Ishqdagi dunyoviy belgi yo’qolib, ilohiy-tasavvufiy mazmun namoyon bo’la boshlaydi. Shoir soqiyga murojaat etib, mol-dunyodan kechib huzuringga kelganimdan buyon nasibam ,,Jomi Jam birla Xizr suyidir” ,— deydi:
Jomi Jam’ birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarkijon aylab gado bo’ldum sango.
Rivoyatlarga ko’ra, jomi Jam, ya’ni Jamshid jomiga quyilgan may ado bo’lmaydi. Sehrli qadah esa o’z egasiga ikki dunyo sirlarini namoyon etadi. Xizr suyi tirikilk suvidir. Uni ichgan kishi abadiy yashaydi. Baytdan ,,gado bo’1”ish, ya’ni Alloh jamolidan o’zga narsalardan yuz o’girish oshiqni dunyo saodatiga erishtirdi,— degan so’fiyona ma’noni uqish mumkin bo’lganidek, senga ko’ngil qo’yganimdan buyon nasibam g’am mayi to’latilgan, hech tugamaydigan qadah va tinimsiz oquvchi ko’z yoshlar bo’ldi tarzidagi mazmunni ham anglash mumkin. G’azalning so’nggi bayti—maqta’da so’fiyona fikr yanada kuchayadi. Navoiy yorga ,,asir-u benavo” bo’lganidan buyon ishq ahli (ushshoq) orasida ,,g’ussa changidan navo”, ya’ni g’am-qayg’udan zarracha ham asar topmaganini ma’lum qiladi:
G’ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo’ldum sango.
G’azalda ,,bo’ldum sango” birikmasi qofiyadan so’ng takrorlanib, radif vazifasini bajargan. Matla’dagi qofiya (mubtalo— oshno) g’azalning butun mazmuniga yo’nalish berib turibdi. Ramal bahrida yozilgan (ramali musammani mahzuf: foilotun foilotun foilotun foilun foilotun foilotun foilotun foilun). She’rda tazod, tajnis, talmeh san’atlaridan samarali foydalanilgan.
Alisher Navoiy chindan ham g’azal mulkining sultoni edi. Oradan shuncha vaqt o’tganiga qaramay, hanuzgacha turk tiida g’azal yozish bobida u kabi darajaga erishgan boshqa shoir yo’q.
Dostları ilə paylaş: |