Tushunchalar
|
Tahlili
|
“Vaqfiya”
“Muxtasar”
“Harb ishi”
“Mubayyin al-zakot”
“Musiqa ilmi”
“Hind devoni”
“Qobil devoni”
“Qoldimu?”
“Topmadim”
“Boburnoma”
|
|
Tayanch so’z va iboralar:”Boburnoma”, Samarqand, Humoyun, Umarshayx mirzo, yurish, ijod…
To‘qqiz yuz o‘ttiz oltinchi (1529) yil voqealari
Muharram oyining o‘n uchinchisida, seshanba kuni Shihobiddin Xisrav bilan Shayx Muhammad G‘avs Gvaliyardan Rahimdodning gunohlarini so‘rab keldi. Darveshvash va aziz inson edi. Rahimdodning gunohini u kishiga bag‘ishlab, Shayx Guran bilan Nurbek Gvaliyarga yuborildi. Gvaliyarni bularga
topshirib...
... Bularni ko‘makka yubordik. Keyin Muhammad Ali Jangjang jo‘natildi. Ilgari borishi tayinlangan Mullo Muhib Ali askarlari yetib borgunicha, Abdulaziz ularni joyidan quvlab,bayrog‘ini olib, Mullo Ne’mat, Mullo Dovud, Mullo Opoqning ukasi va yana bir necha kishini qo‘lga tushirib, shahid qilibdi. Bular yetib borishgach, Muhib Alining tog‘asi Zohir Tabariy bostirib borib jang qiladi, lekin unga yordam yetib
bormaydi, Zohirni o‘sha yerdayoq qo‘lga oladilar, Muhib Ali ham urush payti otdan yiqiladi. Boltu yon tarafdan kirib, Muhib Alini olib chiqadi. Bir kuro‘hgacha bularning ortidan quvib keladilar. Muhammad Ali jang-jangning qorasi ko‘ringach, to‘xtaydilar. Bizga dushmanning odamlari yaqin kelib qoldi degan xabarlar ketma-ket kela boshladi. Jiba1 kiyib, otlarga kejim2 solib, qurollanib jangga otlandik. Aravalarni
tortib kelishlarini buyurdim. Bir kuro‘h yo‘l bosdik. Dushman odamlari orqaga qaytgan ekan. Daryoyi Xo‘rd kattagina ko‘l edi. Suvning tashvishini qilib shu yerda to‘xtadik. Aravalarni oldinga istehkom qilib, zanjirlar bilan ularning gir atrofii bog‘lab chiqdik. Raana Sangaa3 benihoya ko‘p jangchilari va qo‘shini bilan oldinga yurish boshladi. Hinduston odatiga ko‘ra, yuz mingni bir lak4 va yuz lakni bir karo‘r5 deb aytadilar. Uning jangchilari va lashkari ikki mingga, viloyati o‘n karo‘rga yetgan ediki, unga bir lak otliq joylashib, yashashi mumkin edi. Hech bir urushda unga yordam qilmagan, itoat etmagan va va’dalashmagan bosh va
boshliqlar unga qo‘shilib, uning hukm-u farmonlarini bajara boshladilar. Uning lashkari tafsiloti mana bunday: Raay Sing va Sarangpur hukumatining egasi Salohiddinda o‘ttiz ming otliqqa yetadigan yer va suv bor edi. Raval Uday Sing Bagariy o‘n ikki ming otliqqa ega edi. Mevatning hokimligi qo‘lida bo‘lgan Hasanxon Mevatiyning o‘n ikki ming, Bahodir Hamloydariyning to‘rt ming va Satraviy Keychiyning olti ming,
1 J i b a – metalldan to‘qib yasalgan qadimgi urush kiyimi, jeva, sovut.
2 K e j i m – urush vaqtida otga kiydiriladigan o‘q o‘tmas maxsus sovut.
3 R a a n a S a n g a a – rojput, Boburning Hindistondagi eng kuchli raqibi.
4 L a k – yuz ming.
5 K a r o‘ r – bir million.
Jarmal Param Dev va Mevat hokimining to‘rt ming va Bir Sing Dev Chavhanning to‘rt ming otliqqa yetadigan yer-suvi bor edi. Sulton Iskandarning o‘g‘li Mahmudxonning, garchi viloyati bo‘lmasa ham, sardorlikni havas qilib, o‘n ikki ming otliq lashkarni saqlardi. Bular hisoblab chiqilsa, dushman ikki
ming lak kishiga yetib qoladi. Dushmanning kelishini sezib, o‘z qarorimizni qabul qilib, askarlarni shunday safldik. Markazga podshoh huzuridagi xos otliq askarlar qo‘yildi, markazning o‘ng qanotiga Chin Temur
Sulton, Mirzo Sulaymon, Xoja Do‘st Hovand, Yunus Ali, Shoh Mansur barlos, Darvesh Muhammad sorbon, Abdullo kitobdor va Do‘st eshikog‘ani boshqa amirlar bilan qo‘yishga qaror qildik. Chap qanotiga sulton Bahovuddin Bahlul Lo‘diyning o‘g‘li Alovuddin, Shayx Zayn Xavofi, Nizomiddin Ali xalifaning o‘g‘li Amir Muhib Ali, Qo‘chbekning ukase Turdibek, Qo‘chbekning o‘g‘li Sherafgan hamda Oroyishxon,
Xoja Husayn va boshqa kishilarimizni safldik. O‘ng qanotga o‘zimiz turib, Hinduston amirlaridan Xonixonon Dilovarxon, Malikdod Karaniy va Shayx Guran kabi kishilarni xizmatimizda ushlab turdik. O‘ng qanotga yana Qosim Husayn Sulton, Ahmad Yusuf o‘g‘loqchi, Hindubek qavchin, Xisrav ko‘kaldosh, Qivombek, O‘rdushoh, Vali xozin, Qaroqo‘zi va Marquli Siystoniy va Xoja Pahlavon Badaxshiy va Abdushukur hamda Malik Qosim Bobo Qashqa, uning ukasi boshqa mo‘g‘ul bahodirlari bilan tayinlandi. Ularning ortidan Mirhama, Muhammadiy ko‘kaldosh, Xojagi Asad bir necha yigit bilan mo‘ljallandi. Chap qanotning o‘ng qo‘li belgisi qilib Mahdiy Xoja, Muhammad Sulton mirzo, Mahdiy Sultonning
o‘g‘li Odil Sulton, Abdulaziz miroxo‘r va Muhammad jangjang, Qutluqqadam qarovul, Shoh Husayn Yorakiy, Jonibek atka va Hinduston amirlaridan Sulton Alovuddinning o‘g‘illari Jalolxon va Kamolxon hamda Alixon, Shayxzoda Farmuliy, Nizomxon Bayana, Mo‘min atka, Rustam turkman saroydagi
xos amaldorlari bilan, boshqa bahodirlar, g‘oziylar ixlos bilan saflnib, urushga bel bog‘ladilar.
Nizomiddin Ali Xalifaga Rum g‘azoti tartibida lashkarlarimiz oldida boradigan miltiqlilar va a’dandozlarni1 pana qilish uchun aravalarni keltirib zanjir bilan bog‘lashlarini buyurdik. Sulton Muhammad baxshiga yaqinimizda turish buyurildi. Zarur ish chiqib qolganida unga buyurishimizni, u esa yasovullar va tovachilarga aytishi, ular esa boshliqlariga yetkazishini tayinladik. Lashkarning yurishi tartibga solingach,
boshliqlar o‘z qo‘li ostidagi askarlari bilan borib, joy-joylariga turdilar. Undan keyin biz: «Buyruq bo‘lmagunicha o‘rnidan biror kishi qo‘zg‘almasin va to ruxsat bermagunimizcha maydonga kirib jang boshlamasin», – deb farmon berdik. Kunning birinchi posi2 o‘tishi bilan chap va o‘ng qanotlarda shunday urush bo‘ldiki, go‘yo zaminni zilzila va zamonni to‘polon bosdi. Dushman bizning o‘ng qanotimizdan kirib kelib, Xisrav ko‘kaldosh va Malik Qosim Bobo Qashqaga qarshi hujumga o‘tdi. Chin Temur Sultonga ularga ko‘mak berish uchun yetib borish buyurildi. U jasorat ko‘rsatib, dushmanni quvib, qo‘riqchilari safii buzib, ularni markaz qo‘shini yaqiniga surib borib qo‘ydi va bu g‘alabaning mukofotini uning nomi bilan atadik. Mustafo Rumiyga aravalarni markazdan oldinroqqa eltish buyurildi. Miltiq va zarbzan bilan dushman
lashkarini to‘xtovsiz o‘qqa tutdilarki, bahodirlarning ko‘ngillari yorishdi. Dushmandan juda ko‘pchiligining tanasi yer bilan bitta bo‘ldi – ularni fano yeli olib ketdi. Lekin voqea shunday bo‘lgan ediki, Raana Sangaaning lashkari saf-saf bo‘lib kelaverardi. Men ham odamlarimdan yaxshilarini terib-terib olib, bir-birining ortidan yordamga yuborardim. Dastlab Qosim Husayn Sulton, Ahmad Yunus va Qivombekka farmon berdim. Undan keyin Hindubek qavchinga farmon berdim. So‘ngra Muhammad ko‘kaldosh va Xojagi Asadga hukm qildim. Undan so‘ng Yunus Ali, Shoh Mansur barlos va Abdullo kitobdor, ularning ortidan Do‘st eshikog‘a va Muhammad Xalil axtabegi ko‘makka yuborildi. Dushmanning o‘ng qanotidagi askarlari bizning javong‘orga hujum qildi va har safar bizning ixlosi baland g‘oziylarimiz dushman-
1 R a ’ d a n d o z – olov otadigan qurolni boshqaruvchi.
2 P o s – kun (sutka)ning sakkizdan biri.
ning bir to‘dasini o‘q yomg‘iri bilan yerga sanchardi. Qolgan qismini esa qilich va xanjar chaqmog‘i bilan to‘ppa-to‘g‘ri jahannamga ravona qilardi. Mo‘min atka, Rustam turkman, Mullo Mahmud, Ali atka, Muhammad Sulton mirzo, Odil Sulton, Abdulaziz miroxo‘r, Qutluqqadam qarovul, Muhammad Ali jang-jang va Shoh Husayn Borakiy mo‘g‘ul g‘onchi qo‘l bilan urushga tushib, bir joyda qattiq olishdilar. Xoja Hasan devon devoniylar (mahkamadagilar) bilan ko‘makka ketdi. Barcha bahodirlar jon olib, jon berib kurashib, dushmandan qasos oldilar. Chunki dushmanning ko‘pligidan urush uzoq cho‘zildi. Xos xizmatkorlar aravalar ortida xuddi zanjirdagi sherdek turishardi. Ularga markazning o‘ng va chap taraflaridan miltiqlilarni o‘rtaga olib jang qilishlarini buyurdim. Bu yigitlar xuddi zanjirni g‘ajib, uzib chiqqan sherdek o‘z boshiga tushganini ko‘rib, o‘zlarini kofilar to‘dasiga urib, qo‘llaridan nimaiki kelsa, qildilar. Nodir ul-asr Ali Quli qo‘li ostidagilar bilan markaz oldida turdi, uning odamlari miltiq,
zarbzan va tosh otish bilan band edilar. Qarasak, dushmanning yengilishi ancha cho‘zildi. Markazdagi aravalarning oldinroqqa yurishiga buyruq berdik. O‘zimiz ham uning ortidan yurdik. Qo‘riqchilarim o‘ng va so‘l tarafdan o‘ng va chap qanotlarga qarab, oldinga intilib, dushmanga hamla qildilar. Shunday urush-jang bo‘ldiki, bizning o‘ng va chap tomonlardagi qo‘shinimiz dushmanning o‘ng va chap taraflridagi qo‘shinini surib borib, bir joyda to‘xtab urushdilar. Dushman qo‘lidan hech ish kelmay, hayot iplarini kuydirib, bizning o‘ng va chap qanotdagi jangchilarimizga hujum qilib, o‘zlariga juda yaqinlashtirdilar. Oyog‘imizda mustahkam turganimiz uchun dushmanning turishga majoli qolmay, beixtiyor qocha boshladi. Ko‘pchiligi o‘sha maydonda jon berib, jahannamga ravona bo‘ldi. Qolgan oz qismi sarosimaga tushib, qum sahrosiga qochdi. Hasanxon Mevatiyga o‘q tegib, fano gardiga aylandi. G‘animning Raval Uday Sing, Manikchand
Chavhan, Raay Chandarban, Dilpat Raay, Kangar va Karamsing kabi boshliqlari yo‘qlik yo‘lining g‘ubori bo‘ldilar. Bir necha ming kishi askarlarimiz otlari tuyog‘i ostida poymol bo‘ldi. Muhammad ko‘kaldosh, Abdulaziz miroxo‘r, Olamxon va yana bir necha amirlarga Raana Sangaaning ortidan ta’qib qilib borish buyurildi. Mening o‘zim ham bir necha kuro‘h quvlab bordim, Raana Sangaaning boshiga qorong‘i
kun tushdi. To shu kecha kirgunicha dushmandan xotirjam bo‘lib, maqsadimizga yetib qaytdik. Bir necha soatdan keyin manzilga yetib bordik. Taqdirda bo‘lmagani uchunmi, u kofini qo‘lga tushirolmadik. Ortidan yuborilgan kishilar g‘ayrat qilmabdilar.
Bularga ishonib o‘tirmay, o‘zimiz ta’qib qilishimiz kerak edi deb pushaymon bo‘ldik. Fozil bilimli kishilarimizdan Shayx Zayniddin bu g‘alabaga «podshohi islom» degan ta’rixni topdi. Kobuldan Mir Gisu ham shu ta’rixni bitib yuboribdi. Ilgarigi mana shunday g‘alabalarimizdan biri Dipalpur fathiga ikki kishi «vas’ati rabi ul-avval» degan ta’rixni topdi.
Bu fath mana shunday qo‘lga kirgach, Raana Sangaaning ortidan viloyatiga ta’qib qilib borishga sabab yo‘q edi. Lashkarni to‘xtatib, Mevatni zabt etishga himmat qildik. Muhammad Ali jang-jang, Ali Guran va Abdumalik qo‘rchini juda ko‘p odam bilan Ilyosxonning ustiga yubordik. U ikki daryo orasida bosh ko‘tarib, Ko‘yil shaharchasini jang qilib egallagandi. Ko‘yil shaharchasining hokimi Kichik Alini ushlab, bandi qilib qo‘ygan ekan. Biz jo‘natgan qo‘shin yetib borganida dosh berolmay, qochibdi. Bir necha kundan keyin Ograga yetib bordik. U yerga kirishimiz bilan bu baxtiqaroni bog‘lab, chirmab olib keldilar. Jazosini oldi. Undan keyin Mevat taraflrga borish kerak degan firga keldik. Rajab oyining oltinchisida, chorshanba kuni Mevat hokimligi joylashgan Alvarga bordik. Uning xazinasini osonlik bilan qo‘lga kiritdik. Bu viloyat ham himoyamizdagi mamlakatlar qatoriga o‘tgach, biz poytaxtga qarab yo‘l oldik. Muhammad Humoyunga Kobul va Badaxshonga ketishiga ruxsat berib, o‘zimiz markazga boradigan bo‘ldik.
To‘qqiz yuz o‘ttiz to‘rtinchi yili Xon mirzo olamdan o‘tdi. Badaxshon hukumatini ko‘zimizning nuri Muhammad Humoyunga berib edik. O‘sha yili rajab oyining to‘qqizinchisida Muhammad Humoyunga o‘sha mamlakatga borishga ruxsat berildi. Shu paytlari Biban afg‘on bosh ko‘targan edi. Qosim
Husayn Sulton, Muhammad Qosim Bobo Qashqa, Abdullamuhammad nayzador, Husaynxon hamda Hinduston amirlaridan Alixon Farmuliy, Malikdod Karaniy, Tatarxon va Xonijahonni Muhammad Sulton mirzoga yo‘ldosh qilib yubordik. U badbaxt qo‘shin tayinlanganini eshitib, boshini qo‘liga olib
dunyodan chiqib ketadi. O‘zimiz o‘sha yilning oxirlarida Fathpur va Bariyni aylanib, Ograga keldik. To‘qqiz yuz o‘ttiz to‘rtinchi yili Ko‘yilni tomosha qilishga bordik. U yerdan Sanbalga ovga chiqdik. Ko‘histonni sayr qilib, dor ul-xilofaga keldik. Safar oyining yigirma sakkizinchisida Faxrijahonbegim va Xadicha Sultonbegim bola-chaqasi bilan Kobuldan keldilar. Biz kemaga tushib, ularni kutib oldik va vaqtni yaxshi o‘tkazdik. Biroz vaqtdan so‘ng Chanderiy hokimi Mediniy Rav va Raana lashkar yig‘ayotgan emish degan xabar keldi. Bunday xabarlar yetib kelishi bilan olti-yetti ming yigitni Chin Temur Sultonga yo‘ldosh qilib, Kalpiy hududidan Chanderiyga yuborildi. Jumod ul-avval oyining yettinchisida, chorshanba kuni
Chanderiy zabt etildi. Uning ta’rixini «dor ul-harb» deb topdilar. Chanderiy qo‘lga kirgach, uni Sulton Nosiriddinning nabirasi Ahmadshohga in’om qildik. Jumod ul-avval oyining o‘n birinchisida, yakshanba kuni qaytib dor ul-xilofa – poytaxtga kirdik. Undan ilgariroq Chanderiyga boradigan edik, Raana lashkari bilan oldinga yurib, bizning xizmatimizdagilar turgan Irijga kelib, uni qamal qilmoqchi bo‘ladi. O‘sha kecha ulug‘lardan biri uning tushiga kirib qo‘rqitadi. U uyqudan seskanib uyg‘onib ketadi, uni isitma tuta boshlaydi. O‘sha isitmada lashkarga ortga qaytishni buyuradi. Yo‘lda unga ajal hamroh bo‘lib, jahannamga
yuborgani ayon bo‘ldi.
Bizning qo‘shinimiz Burhonpur daryosidan o‘tayotganda shunday xabar keldi: Ma’ruf, Biban va Boyazid Qanno‘jdan qochib, Irijga kelib, Shamsobod qal’asini Abulmuhammad nayzabozdan kuch bilan tortib olibdilar. Shu bois jilovni o‘sha tarafga burib, bir necha yigitni o‘zimizdan oldinroq yubordik. Bu xabarni eshitganidan so‘ng Ma’rufning o‘gli Qanno‘jdan qochib qoladi. Biban, Boyazid, Ma’ruf ham Gangdan o‘tib
Qanno‘jning to‘g‘risida Gangning kunchiqar tomonidan borib, kechikni to‘sib qo‘yish niyatida o‘tiradilar.
To‘qqiz yuz o‘ttiz beshinchi yili, muharram oyining uchinchisida, juma kuni Mirzo Askariyni Mo‘lton maslahati uchun chaqirtirgandik, Kobuldan yetib kelib, Gvaliyarda iltifot ko‘rsatdi. O‘sha kuni Raaja Bikramajit va Man Singning imoratlarini aylanib, poytaxtga jo‘nab ketdik. O‘sha oyning yigirma beshinchisida, payshanba kuni u yerga kirib bordik. Rabi ul-avval oyining o‘ninchisida, dushanba kuni Muhammad Humoyundan elchilar kelib, iltifot ko‘rsatdilar, xat ham olib keldilar. Unda: «Tangri taolo bizga bir o‘gil bergan edi, otini Al’amon qo‘ydik», – deb bitilgandi. Bu ism menga yoqmadi. Undan so‘ng turk va hind amirlarini chorlatib, ziyofat berdik. Bu ziyofatda sharq tarafdagi viloyatlarga hokimiyat o‘rnatish kerak degan maslahatni kengashdik. Mirzo Askariy og‘ir lashkar bilan oldinda jo‘nasin. Gang daryosining u tarafiagi amirlar unga yo‘ldosh bo‘lib, bu ishga jahd qilsinlar. Rabi ul-oxir oyining yettinchisida, dushanba kuni Mirzo Askariyga jo‘nab ketishi uchun ruxsat berildi. O‘zimiz Dahpur tarafga ovga otlandik. Jumod ul-avval oyining uchinchisida Mahmud Iskandarning o‘gli Biharni olib, g‘avg‘o-to‘polon ko‘tarish niyatiga tushgan, degan xabar keldi. Ovdan qaytib, dor ul-xilofaga – poytaxtga tushdik. Shu payti Badaxshondan Muhammad Humoyunning elchilari keldi. Maktubda bitilishicha, Muhammad Humoyun qirq-ellik
ming askar yig‘ib, Sulton Vaysni o‘ziga yo‘ldosh qilib, Samarqandga borish niyatiga tushibdi. Orada sulh so‘zi ham bor. Uning xatiga javobda: «Tangri taolodan umidvormizki, hademay Hinduston o‘lkasi qo‘lga kiradi, – deb yozdim, – xayrixoh va munosib kishilarimizni Hinduston o‘lkasiga qo‘yib, o‘zimizga meros o‘lkamizga boramiz. Bu yurishda butun xalqimiz Humoyunga yo‘ldosh bo‘lib, ixlos ko‘rsatadilar».
O‘sha oyning o‘n yettinchisida, payshanba kuni Juun daryosidan o‘tib, sharqqa qarab jo‘nadik. O‘sha kuni Bangola vorisi bo‘lgan Nusratshohdan elchilar kelib, tortiqlar keltirib, qullik izhor qildilar. Jumod ul-oxir oyining o‘n to‘qqizinchisida, dushanba kuni Mirzo Askariy kelib bizni ko‘rdi. «Siz lashkaringiz bilan
Gang daryosining narigi tarafia to‘xtang», – deb farmon berdik. Ogra yaqinida Iskandar Sultonning o‘gli Mahmudxonning shikast topganligi haqida xabar yetib keldi. G‘ozipur yerlarigacha borib, Bajpo‘r va Bahatda to‘xtadik. O‘sha yerda Bihar viloyatini Mirzo Muhammad Zamonga berdik. ... Muhammad Humoyun, bir yildirki, Badaxshonda, diydorimizdan ayro tushgandi. Bizni sog‘inib, Badaxshonni kuyovi
Mirzo Sulaymonga topshirib, bir kunda Kobulga keladi. Mirzo Komron ham Qandahordan Kobulga kelgan ekan. Iydgohda uchrashib qolib, hayron bo‘lib, kelishi sababini so‘rabdi. Muhammad Humoyun ham bizni sog‘inganini aytib, Mirzo Hindolni Kobuldan Badaxshonga yuborib, bizning tarafga kelaveribdi. Bir necha kunda dor ul-xilofa – Ograga yetib keladi. Biz uning onasi bilan otini aytib, so‘zlashib o‘tirgan edik
hamki, kelib qoldi. Ko‘ngillar gul yanglig‘ ochilib, ko‘zlar chirog‘dek yorishdi. Har kuni ziyofat berilardi. Keyin uning o‘ziga to‘y berib, xursandchilik qildik. Ancha paytgacha bir yerda bo‘lib, bir-birimiz bilan do‘stona munosabatda bo‘ldik. Haqiqatda, suhbatda tengi yo‘q edi va agar komil inson deyish mumkin bo‘lsa, u o‘sha edi. Muhammad Humoyun Badaxshondan kelgan vaqtlari Koshg‘ar xonlaridan va bizga qarindoshligi ham bo‘lgan Sulton Saidxon Rashidxonni Yorkentga qo‘yib, xomxayollik qilib Badaxshon tomonga jo‘nabdi. U Badaxshonga yetgunicha, undan ilgariroq Mirzo Hindol borib, Qal’ayi Zafarga kirgan
ekan. Sulton Saidxon u yerni uch oy qamal qilib, qo‘lidan hech ish kelmay, ortiga qaytibdi.
Badaxshonni koshg‘ariylar egalladilar degan xabar bizga yetib keldi. Biz Xoja Xalifaga Badaxshonga borib, qo‘lidan nima kelsa qilsin deb farmon berdik. U fahmsizlikdan qabul qilmadi. Muhammad Humoyunga: «Sen borsang qanday bo‘ladi?» – deb aytdik. U: «Farmonga chora yo‘q, lekin o‘z ixtiyorim bilan diydordan ayrilmayman deb ahd qilganman», – deya javob berdi. Shuning uchun Mirzo Sulaymonga Badaxshonga borishga ruxsat berildi. Shunday bo‘lsa-da,Sulton Saidga: «Bizda sizning qancha haqqingiz borki, siz
bunday qildingiz? Juda g‘alati bo‘ldi», – deb yozdik. Darhol Mirzo Hindolni chaqirib, Mirzo Sulaymonni yubordik. «Agar huquqni nazarda tutib, Badaxshonni farzandimiz Sulaymon mirzoga bersangiz yaxshi bo‘lardi», – dedik. Illo, biz gunohni o‘zimizdan soqit qilib, merosni merosxo‘rga topshirdik, bilsinlar.
Mirzo Sulaymon undan ilgari Kobulga yetib boradi. Badaxshonni dushman qo‘ldan berib, u yerda omonlik bo‘lgan ekan. Mirzo Sulaymon Badaxshonga borganidan so‘ng, Mirzo Hindol Badaxshonni unga topshirib, o‘zi Hindustonga yo‘l oladi. Muhammad Humoyunga o‘zi joylashgan yer – Sanbalga ketishi uchun ruxsat berildi. Olti oygacha o‘sha yerda turdi. Ko‘rinishicha, u joyning yer va suvi unga yoqmadi. Uni isitma tutar ekan, bora-bora uzoq cho‘ziladigan bo‘libdi. Buni eshitishim bilan Dehliga olib kelishlarini va «U yerdan kemaga solib olib kelsinlar, bu yerda uni ziyrak hakimlar ko‘rib, dardiga da’vo qilsinlar» degan farmon berildi. Bir necha kunda uni daryo yo‘li bilan olib keldilar va tabiblar har qancha dori-darmon bermasin, yaxshi bo‘lmadi. Ulug‘ kishilardan Mir Abdulqosim: «Bunday dardlarga biror yaxshi narsani sadaqa
qilib berish kerak, shunda Tangri taolo shifo beradi», – deb aytdi. Mening ko‘nglimga keldiki, «Muhammad Humoyunning mendan boshqa yaxshi narsasi yo‘q». «Men o‘zim unga tasadduq bo‘layin, Xudo qabul qilsin», – dedim. Xoja Xalifa va boshqa yaqinlar: «Muhammad Humoyun sihat topadi, siz
nega bu so‘zni tilingizga keltirasiz?» – deyishdi. «Maqsad shuki, dunyo molidan yaxshisini sadaqa qilish kerak. Bas, o‘sha Ibrohim bilan bo‘lgan urushda qo‘lga kiritilgan olmosni Muhammad Humoyunga in’om qilgan edingiz, o‘sha olmosni sadaqa qilish kerak», – deyishdi. «Uning evaziga dunyo molini berish qanday bo‘ladi, men unga o‘zimni fio qilurmanki, u juda mushkul ahvolda qolibdi», – degan so‘zlar tilimga keldi.
Undan nima o‘tgan bo‘lsa, o‘zimga olaman, uning kuchiga kuch, bardoshiga bardosh bo‘laman. O‘sha holatga kirib, uch qatla boshidan aylanib: «Har qanday darding bo‘lsa, men oldim», – dedim. O‘sha zamon men og‘ir bo‘ldim, u yengil tortdi. U sog‘ayib o‘rnidan turdi. Men noxush bo‘lib yiqildim. Davlat a’yonlari va mamlakat arboblarini chorlab, bay’at (ahd-paymon) qo‘llarini Humoyunning qo‘liga topshirib, u
o‘rnimda qoladigan valiahd ekanligini tayinladim. Taxtni unga topshirdim. Xoja Xalifa, Qanbar Alibek, Turdibek, Hindubek va boshqa kishilar ham bu nasihatlarimda bor edilar, hammasi qabul qilib, hech nima deyolmadilar.
* * *
Varaqlarni qoralovchi – kotib aytadiki1, to‘qqiz yuz o‘ttiz yettinchi yili, jumod ul-avval oyining oltinchisida o‘sha podshoh o‘z qo‘li bilan obod qilgan Chahorbog‘da ahvoli o‘zgarib, bu bevafo olamni tark etdi.
Zamonning dono kishilari ta’rix, marsiya, qasida va tarkiblar bitdilar. Shu jumladan, Mavlono Shihob Muammoyi mana bu misradan ta’rix topdi: «Humoyun bud vorisi mulki vay»2. U qobil podshohning yaxshiliklarini aytib va yozib tugatish mahol. Lekin lo‘nda qilib aytganda, uning asli zotida mana bu sakkiz sifat hamma vaqt mujassam edi: birinchisi shuki, muvaffaqiyatlari baland edi; ikkinchisi – himmati arjumand (aziz himmatli) edi; uchinchisi – viloyat olmoq; to‘rtinchisi – viloyat saqlamoq; beshinchisi – ma’murlik; oltinchisi – Tangri taolo bandalariga turmush kengchiligi (yaxshi ahvol) niyati; yettinchisi – lashkarning ko‘nglini qo‘lga olish; sakkizinchisi – adolat qilmoqlik. Fazilat bobida kamchiligi yo‘q edi, nazm va nasrni turkiy va forsiyda aytishda tengsiz edi. Xususan, turkiy devoni bor. Unda yangi ma’nolar ham topib, she’rlar aytgan. «Mubayyin» deb nomlangan masnaviy kitobi ham bor. Til biladigan dono kishilar orasida uningdek latif (go‘zal) so‘z aytuvchi yo‘q. Xoja Ahror aytgan «Volidiya» risolasini shu podshoh nazm qilibdi. Ushbu kitob «Boburiya»3 bo‘lib, Bayramxon-
1 Shu joydan boshlab asarda bayon etilgan voqealar «Boburnoma»ni ko‘chirgan kotib tomonidan yozilgan.
2 H u m o y u n b u d v o r i s i m u l k i v a y – Humoyun uning mulkining vorisi edi.
3 «B o b u r i y a» – «Boburnoma»ning nomlaridan biri.
ning o‘g‘li Mirzoxonga turkiydan forsiyga tarjima qilishni buyurdilar, toki turkiy bilmagan kishilarga oson bo‘lsin. Ul podshohning musiqa ilmidan ham xabari bor edi va mana bu ruboiyni forsiyda aytgan edilar:
Dostları ilə paylaş: |