Asarlar
|
Navoiy
|
Atoyi
|
Bobur
|
“Jamolin vasfin”
“Bo’ldim sanga”
“Ul sanamki…”
“Begim…”
“Yod etmas emish…”
“Risolayi volidiya”
“Qaro bo’lubtur”
“Tarixi mulki ajam”
|
|
|
|
Tayanch tushuncha va iboralar: Nodir Muhammad, ,,Turkona xirom aylamoq”, ,,Dil mulkini yag’mo aylamoq”, ,,Tufrog’da jon bitishi”, quyoshning ko’rinmog’i uchun ,,subh yaqo yirtmog’i”, ,,Qassomi azal”
Ulkan hajviy va lirik iste’dod egasi, shoir Turdi Farog’iy haqidagi dastlabki ma’lumotlar XX asrning 20- yillarida paydo bo’ldi. Kattaqo’rg’onlik adib Abdulhamid Majidiy (1902—1938) uning bir dasta qo’lyozma she’rlarini topib, matbuotda e’lon qildi va u haqda dastlabki ma’lumotni berdi. So’ng mashhur yozuvchi va olim, professor Abdurauf Fitrat maqola bilan chiqdi. Sekin-astalik bilan u haqda tadqiqot ishlari boshlandi. Turdining ismi sharifi, hayot yo’lidagi sanalar to’la ma’lum emas. ,,Turdi” taxallusidir. Ayrim she’rlanida bu taxallus ,,Farog’iy” bilan yonma-yon keladi. Shunga qaraganda, uning ikki taxallusi bo’lgan. Shu sababli, uni Turdi Farog’iy deb atagan ma’qul. Shoirning bizgacha yetib kelgan she’rlari orasida bir qator tarixiy shaxslarning nomlari uchraydi. Turdi ularning ayrimlariga she’r bag’ishlagan, ba’zilarini tanqid qilgan. Xullas, bu she’rlar bizga ular muallifining qaysi davrda yashaganini aniqlashga yordam beradi.
Ma’lum bo’lishicha, Turdi o’zbeklarning yuz degan uru’idan. Buxoroda, ashtarxoniy hukmdorlardan Nodir Muhammad va uning o’g’illari hukmronligi yillarida yashagan. Nodir Muhammad 1640- yilda taxtga chiqqan. 1645- yilda u Xorazmga qo’shin tortadi. Bundan foydalangan xo’jandlik Boqi Yuz (u yuz urugidan bo’lgani uchun shunday atalgan) degan kishi xonga qarshi isyon ko’taradi. Nodir Muhammad uni bostirish uchun o’g’li Abdulazizni yuboradi. Abdulaziz isyonchilar tomoniga o’tib ketadi. Uni xon qilib ko’taradilar. Nodir Muhammad hajga ketadi. Mutaxassislar Turdini mana shu isyonchilar safida bo’lgan, deb taxmin qiladilar. Tabiiyki, isyonchi larni qo’llagan Abdulazizxonning ishonchli kishilaridan biriga aylangan va saroyga yaqin bo’lgan.
Biroq zamon alg’ov-dalg’ov bo’lganidek, shoirning qismati ham g’oyat murakkab kechadi. Nodir Muhammadning ikkinchi o’g’li Subhonqulixon Balx hokimi edi va otasidan so’ng Buxoroga qattiq ko’z tikkan edi. Aka-uka o’rtasidagi kurash o’ttiz yildan ortiqroq davom etdi. Nihoyat, 1680- yilda Subhonqulixon Buxoro taxtini akasidan tortib oladi. Turdining tashvishli kunlani boshlanadi.
Negaki, Abdulazizxonning yaqin kishisi bo’lgani uchun Subhonqulixon o’ziga uni ham dushman hisoblar edi. Shu sababli, Turdining 80- yiliardan keyingi hayoti darbadarlikda, xor-zorlikda kechadi. U Subxonqulixonni ayovsiz hajv qiluvchi asarlar yaratdi, undan tinmay nolidi. Lekin keyingi tadqiqotlar Subhonqulixonning ilm-ma’rifatli, hatto tibbiyotga oid maxsus kitob yozgan bir ziyoli odam bo’lganligini ko’rsatdi. Turdining she’rlarida uning bu xislatlari tasvirlanmaydi. To’g’ri, barcha imtiyozlaridan mahrum bo’lgan Turdidagi alamzadalikni ham hisobga olgan taqdirda, birgina Subhonqulixonning o’z akasiga qarshi o’ttiz yildan ortiqroq vaqt mobaynida tinimsiz kurash olib borganligining o’zi bu shaxsdagi fazilatlarga bir muncha soya tashlaydi.
Turdi taxminan 1640- yillarda tug’ilib, XVII asrda Buxoro xonligida yashagan. Murakkab hayot yo’lini bosib o’tgan. Mutaxassislar uning 1699—1700- yillarda vafot etganini taxmin qiladilar. Shoirning bizgacha hammasi bo’lib o’n sakkiz she’ri yetib kelgan. Hajmi — 434 misra. She’rlarning o’n ikkitasi — g’azal, beshtasi — muxammas, bittasi — fard. She’rlardan ikkitasi fors tilida, qolganlari o’zbekcha yozilgan.
Turdining she’rlarini mavzu yonalishiga ko’ra ishqiy-falsafiy va ijtimoiy-siyosiy kabi ikkiga bo’lish mumkin. Chamasi, shoirning ishqiy-falsafiy she’rlari uning siyosiy ishlarga aralashuvidan oldin yozilgan. Shulardan ikkitasi alohida e’tiborga sazovor. Biri — boryo’g’i uch baytdan iborat ixchamgina g’azal:
Turkona xirom ayladi ul sho’xi diloro,
Dil mulkini bir go’shai chashm ayladi yag’mo.
Tufrog’da jon bitsa ravodur, na ajab gul,
Cho’x sarvi sihi etdi nihon ko’zlari shahlo.
Har qanda g’ami do’sti dilporani istar,
To subh yaqo yirtmadi, mehr o’lmadi paydo.
Ul sho’x go’zal turkona yurib keldi. (Nega turkona? Mumtoz she’riyatda bu so’z ,,shiddatli” ma’nosini beradi. Demak, satrdan ,,Ko’ngil bezagi bo’lgan bu sho’x go’zal shiddatli yurish qilib keldi” ma’nosi chiqadi). Yor ko’zining bir cheti bilan ko’ngul mamlakatini talon-taroj etdi, bosib oldi. Tuproqda gul emas, jon unsa ajablanmang, zero, bu shahlo ko’zlar qanchadan-qancha sarvqomat go’zallarni yerga kirgizmadi. Tong yoqasini yirtmaguncha, quyosh paydo bo’lmaganidek, har qayerda ham g’amning do’sti dili g’amdan pora bo’lgan do’stni istaydi.
G’azalda yorning kirib kelishi g’oyat jonli va rangin tasvinlangan.
Dostları ilə paylaş: |