MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOGIYALARI UNIVERSITETI
URGANCH FILIALI
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
931-22 guruh talabasi Do’schanova Zamiraning
Dinshunozlik fanidan yozgan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Mahmud Koshg‘ariyning «Odob as-solihin» asarining tarbiyaviy ahamiyati.
Topshirdi : Do’schanova.Z
Qobul qildi: Jumaniyazov F.B
Urganch-2023
Reja:
Kirish
1.Muhammad Sodiq Koshg`ariy buyuk siymolardan biridir.
2.Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari
3.“Odob as-solihin” asarining tarbiyaviy ahamiyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mahmud Sodiq Qoshg'ariy XVII-XIX asrlar oralig'ida yashab o'tgan tarixchi, filolog, shoir hisoblanadi. "Tazkirai azizon", "Tazkirai as'hob ul qahf", "Risolayi kasbdor" va shu kabi qator asarlar muallifi sanalmish Mahmud Sodiq Qoshg'ariy "Sodiq" taxallusi ostida ijod qilgan. Bundan tashqari, Mahmud Sodiq Qoshg'ariy yetuk tarjimon hisoblanib, Tabariyning "Tarixi Tabariy", Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" kabi asarlari aynan Mahmud Sodiq Qoshg'ariy tomonidan tarjima qilingan. Mahmud Sodiq Qoshg'ariy ijodidan turli janrdagi asarlar o'rin olgan bo'lib, xususan, g'azal, muxammas, ruboiy, masnaviy, qit'a va shu kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin[10].
Mahmud Sodiq Qoshg'ariy asarlari(l-chizma).
Mahmud Sodiq Qoshg'ariy pedagogika sohasida ham yetakchi olim hisoblanib, u opining pedagogik qarashlarida turli fikrlarni ifoda etgan. Uning "Odob as-solihin", yani "Solihlar odobi" asari pedagogik fikrlarning tayanch manbasi bolib hisoblanadi. Bu asarda har bir inson ijtimoiy faoliyati davomida amal qilishi lozim bolgan odob-axloq qoidalarini bayon qiladi va ularni mazmunan ikki guruhga ajratadi:
a) Zohiriy(tashqi) ;
b) Botiniy(ichki)
"Odob as-solihin" asarida odob-axloq qoidalarining guruhlanishi(2-chizma).
zohiriy
botiniy
"Odob as-solihin" asarida quyidagi inson odob-axloqiga oid quyidagi pedagogik qarashlar ilgari suriladi
- inson xulq-atvorining kundalik turmushdagi o "rni;
- xulq-atvorningyaxshi bolishi lozimligi;
- salom berish va salomga alik olish masalalari;
- muloqot odobi;
- suhbatlashishning o "ziga xos qonun-qoidalari va hokazo.
Odob-axloq qoidalarining yuqorida qayd etilgan ko'rinishlari inson , ayniqsa, yoshlar hayotida muhim rol o'ynashi haqida batafsil fikrlar keltiradi. Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning "Odob as-solihin" asarida shaxs xulq-atvorining nega yaxshi bolishi lozimligi va buning ahamiyati nimada ekanligi tavsiflangan. Kishining yaxshi xulq-atvor egasi bolishi jamiyat barqaror bolishiga xizmat qiluvchi muhim omil ekanligini
qayd etib o'tgan Mahmud Sodiq Qoshg'ariy inson odobining butun dunyoga tasiri mavjudligini ham alohida qo'shimcha qilib o'tadi"Odob as-solihm" asari salomlashuv odobi haqida ham malumot beruvchi manba sanaladi. Muallif salom berishga diniy nuqtayi nazardan yondashadi, yani salom berishning Paygambarimiz tomonidan qafiy o'rnatilgan sunnatlari bo'lganligi, salomga alik olish esa farz hisoblanishi haqida asarida fikrlar keltirib o'tadi. Bundan tashqari, salomlashishning , ko'rishishning o'ziga xos turlari, uning vaziyatga mos holda targ'ib qilinishi haqida Mahmud Sodiq Qoshg'ariy oz fikrlarini bayon qiladi. Takidlash lozimki, Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning "Odob as-solihin" asarida oilaviy munosabatlarga doir masalalarning pedagogik yechimlarini ham uchratishimiz mumkin, jumladan, uylanajak yigit bo'lajak turmush o'rtog'ini qanday tanlashi lozimligi, uning qaysi jihatlariga e'tibor berishi kerakligi to'g'risida diniy-pedagogik nuqtayi nazardan kitobxonga ajoyib malumotlar taqdim etadi.
Xulosa sifatida takidlashimiz mumkinki, Mahmud Sodiq Qoshg'ariyni asl pedagog desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Uning turfa asarlaridan o'rin olgan pedagogik qarashlar bugungi kun nuqtayi nazaridan ham ahamiyatli bo'lib, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari
O’zbek xalqining turli an’analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma’no va chuqur tarixga ega.
Mustabid tuzum davrida toptalgan adriyatlarni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlarimizga oid manbalarni o’rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shunday asarlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariy (1740-1843)ning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”) kitobidir.
Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo’lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir.
Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning odob-ahloq me’yorlari va milliy qadriyatlarini o’zida mujassamlashtirgan.Olim 1740 yilda Qashg’arda tavallud topgan.U tarixchi, adabiyotshunos, mutafakkir olim, mutasavvuf shoir va tarjimon sifatida tanilgan.
Qoshg’ariy boshlang’ich ta’limni otasi Mulla Shoh A’lam Ohundan olgach Qashg’ardagi mashhur madrasada Xomidiydna ta’lim olishni davom ettiradi.
U erda arab, fors tillarini, matematika, adabiyot, tarix, jo’g’rofiya, va diniynbilimlarni mukammal egallab, zamonasining ko’zga ko’ringan olimi darajasiga erishadi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy hayoti davomida katta ilmiy meros qoldirgan.Manbalarda uning “Tazkira i Azizon” (Tazkirai Xo’jagon), “Zubdat al-masoyil”,“Tazkira-i ashob al-kahf”, “Tarixi Iskandar va Tojinoma-i shohi”, “Odob as-solihim”, “Qiyofat al-bashar”, “Risola – i kasbdor”, “Durr al-muzohir” kabi asarlari arab tilidan, “Tarixi Rashidiy” asarini esa fors tilidan turkiyga (uyg’urchaga) tarjima qilgan.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy 1849 yilda vafot etgan. U Yusuf Xos Xojib maqbarasi yonidagi qabristonga (Qashg’arda) dafn etilgan.
Olimning odob-axloqqa oid muhim pedagogik asari “Odob as-solihin” (“Solihlarning doblari”) kitobidir. Asar turkiy tilda yozilgan bo’lib, muqaddima, etti bob va xotimadan iborat.
Har bir bob esa to’rt fasldan tashkil topgan. U “ Zubdat almasoyil” nomli asar bilan bir jildda besh marta nashr etilgan: ikki marta Toshkentda (1889, 1901) va uch marta Istanbulda (1891, 1892, 1896). Hozirgi kunda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining fondida asarning ikkita qo’lyozma (1343,1320 y ko’chirilgan) va oltita toshbosma nusxalari saqlanmoqda.
“Odob as-solihin” asarining mundarijasi uning e’tiborga loyiq axloqiy – tarbiyaviy asar ekanligini ko’rsatadi. Asar muqaddima va 7 bobdan, har bir bobi 4 fasldan iborat bo’lib, alloma mazkur asarni yozishdan maqsadini quyidagicha bayon qilgan:
“Tolibi soliqlar odobi zohiriy va odobi botiniyning bilib, unga amal qilmoqlari lozim keldi, toki bular ham talabu suluklaridin foyda topib, urug’lar martabalariga etkaylar....”.
Demak, muqaddimada asarning maqsadi ifoda etiladi, ya’ni insonga yaxshi xulq egallashi zarurligi ta’kidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan muaddab (odobli) va mukazzab (toza) bo’lmasa, nafaqat o’ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqadi, deydi va quyidagi masnaviyni keltiradi:
Barcha holatlarda inson oxir oqibatda axloqiy munosabatlar tizimida boladi. Axloqiy munosabatlarda inson xulqiy faoliyatning ham sub’ekti va ham ob’ekti tariqasida qatnashadi.
Demak, u boshqa odamlar oldida uning o’zi jamiyatga nisbatan, ijtimoiy guruhga nisbatan sub’ekt hisoblanadi, ammo bir vaqtning o’zida u boshqalar uchun bir vaqtning o’zida axloqiy majburiyatlar ob’ekti bo’ladi, chunki ular uning manfaatlarini himoya qilishi, u to’g’risida g’amxo’rlik qilishi lozim.
Axloqiy faoliyat odob-axloqning ob’ektiv tomonini o’zida ifoda etadi.
Axloqiy faoliyat to’g’risida shunda gapirish mumkin-ki, qachonki xatti-hararat- qilmish, xatti-harakat, ularning motivi yaxshilik va yomonlik, loyiq va noloyiq, va b.larning chegaralanish talablari bo’yicha baholanish mumkin bo’lsa. Xulqiy faoliyatning birlamchi belgisi qilmish hisoblanadi, chunki uning zamirida xatti-harakatning maqsadi, motivi va mo’ljal yotadi. Qilmish motivni, mo’ljalni, maqsadni, harakatni, qilmishning natijasini o’z ichiga oladi. Qilmishning xulqiy oqibati insonning o’ziga baho berishi va unga atrofdagilar tomonidan baho beririshidir.
Insonning doimiy yoki o’zgarib turuvshi sharoitlarda sodir etgan xulqiy ahamiyatga ega bo’lgan harakatlari yig’ndisi axloq deb qabul qilinadi. Insonning xatti-harakati axloqiy sifati, xulqiy ko’rinishining birgina ob’ektiv ko’rinishi hisoblanadi.
Axloqiy faoliyat faqat asoslantirilgan va maqsad sari yo’naltirilgan harakatlarni o’z ichiga oladi. Bu erda istak, xohishlar hal qiluvchi o’rinda turadi, chunki inson ularga tayanadi, ularning o’ziga xos xulqiy motivlari yaxshilik qilishni istash, burch hissini amalgam oshirish, ma’lum bir maqsadga erishishdan iborat bo’ladi.
Qashqardagi "Sochiya" madrasasida dunyoviy va diniy ilmlar, arab, fors tillari, sharq mumtoz adabiyotini mukammal egallagan. Muhammad Sodiq Qoshgʻariy. "Tazkirai azizon" ("Azizlar tazkirasi") (1768-69), 1844-yilda yozilgan "Tazkirai Ashob ul-qahf" ("Gʻor egalari tazkirasi") va "Risolai kasbdor" ("Kosiblar risolasi") kabi asarlar muallifi. "Tazkirai azizon" da Maxdumi Aʼzam va uning avlodlarining Sharqiy Turkiston — Yorkend xonligi (1465—1759) dagi fa-oliyati, Yorkend xonligining 16—18-asrdagi siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat tarixini yoritib bergan. Asarda Naqshbandiya tariqati vakillari va ularning tariqatlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar berilgan. Muhammad Sodiq Qoshgʻariy. falsafa va ped.ga oid asarlar ham yozgan. Muhammad Sodiq Qoshgʻariy. tilshunos olim va usta tarjimon. Tabariyning "Tarixi Tabariy" hamda Muhammad Haydarnnng "Tarixi Rashidiy" asarlarini fors tilidan turk (uygʻur) tiliga tarjima qilgan. Tarixiy asarlarning turkiy tarjimasi Markaziy Osiyo, Turkiston, Kavkaz, Kaspiy dengizining jan. etagi, Tibet, Shimoliy Hindiston va Afgʻonistonda yashayotgan xalqlar tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Muhammad Sodiq Qoshgʻariy. "Sodiq" taxallusi bilan turk va fors tillarida gʻazal, muhammas, ruboiy, masnaviy, qitʼalar yaratgan. Muhammad Sodiq Qoshgʻariy. adib sifatida oʻz zamonasida yashab ijod etgan yozuvchi, shoirlar ijodi haqida bizga yangi-yangi maʼlumotlar beradi. Oʻsha qimmatli maʼlumotlar asosida uygʻur mumtoz adabiyoti tarixi yangi namoyandalar bilan toʻldirildi. Muhammad Sodiq Qoshgʻariy. Qashqardagi Yusuf Xos Hojib maqbarasi oldidagi "Oq mozor" qabristoniga dafn etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Mahmud Sodiq Qoshg'ariy "Odob as-solihin" asari.
2.Karimov I. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat// “Xalq so’zi”. 2005, 10 dekabr.
3.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.: O’zbekiston, 2009
4.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. T.: Adolat, 2001
Dostları ilə paylaş: |